Falsafa 21-mavzulari mundarija


MAVZU JAMIYAT IJTIMOIY SIYOSIY VA MANAVIY TIZIMI



Download 0,61 Mb.
bet21/47
Sana18.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#820195
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
Falsafa 21-mavzulari mundarija

11 MAVZU JAMIYAT IJTIMOIY SIYOSIY VA MANAVIY TIZIMI
REJA:
1. Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi. Jamiyat paydo bо‘lishining ilmiy asoslari
2. Jamiyatning iqtisodiy,ma’naviy,siyosiy va ijtimoiy asoslari.
3. Jamiyat hayotiga sivilizasiya ta’siri, sivilizasiya tiplari
Jamiyat tushunchasi. Jamiyat fanga ma'lum tizimlar orasida eng murakkabi bo‘lib, uni o‘rganish jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Jamiyat hayoti juda faol bo‘lib, har bir xalq o‘zining alohida, betakror tarixiga ega. Jamiyat hayotining barcha jarayonlari bir-biri bilan shu darajada uzviy bog‘liqki, ba'zan turli vaziyatlarda belgilovchi va belgilanuvchi jarayonlar o‘rin almashadi. Tarixiy jarayonda tasodiflar va sub'ektiv omil ayniqsa muhim rol o‘ynaydi.
Jamiyat hayoti asrlar osha olimlar va faylasuflarning tadqiqot ob'ekti bo‘lib kelmoqda. U turli fanlar, chunonchi: sotsiologiya, tarix, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, etnografiya, iqtisodiy nazariya va hokazolar doirasida o‘rganiladi. Fanning vazifasi – jamiyat tuzilishini o‘rganish, tarixiy jarayonda takrorlanuvchi, umumiy xossalar, jihatlar, omillar va qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Ilmiy bilim tarixiy jarayondan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada qashshoqroq bo‘lsa-da, u jamiyatga zarur, chunki uning haqiqiy tarixini o‘rganish, uning o‘tmishda va hozirgi davrda rivojlanishining muqobil imkoniyatlarini aniqlash, bugungi kunning muhim vazifalarini hamda hozirgi zamon va kelajakka ta'sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash imkonini beradi.
Muayyan fanlardan farqli o‘laroq, falsafaning vazifasi tarixiy jarayonning umumiy jihatlarini o‘rganishdan iborat. Falsafa muayyan hodisalarning sabablari nimada degan savolga javob topish vazifasini o‘z oldiga qo‘ymasada, tarix fanining metodologik asoslarini yaratadi, mazkur sabablarni aniqlashga nisbatan qanday yondashish kerak, degan savolga javob beradi. U dunyoqarashga doir o‘z mo‘ljallariga tayanadi, ijtimoiy va gumanitar fanlarning kategoriyalar apparatini ishlab chiqishda ishtirok etadi. O‘z kategoriyalarining ijtimoiy mazmunini yoritar ekan, falsafa shunga asoslanib muayyan-tarixiy jarayonlarni tahlil qilishni amalga oshiradi. Tarix falsafasining muammolaridan biri bu tarixiy jarayonning birligi muammosi va tarixni davriylashtirish tamoyillarini belgilashdir. Falsafaning vazifasi jamiyat hayotining asosiy negizlarini, uning tizim tashkil etadigan omillarini aniqlashdan iborat. Tarix falsafasida dunyoqarashga doir mo‘ljallarining rang-barangligi bilan ajralib turadigan ko‘plab oqimlar va yo‘nalishlar mavjud bo‘lgan. Shu sababli har bir faylasuf, odatda, o‘z mo‘ljallariga amal qiladi, nafaqat dunyoni, balki jamiyatni ham o‘ziga xos tarzda tushuntiradi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish