Sanzar – 6 (V. yerythrpermum) O’zbekiston "DON" IIChBda Red-River-68 x Rannaya-12 duragayi kombinasiyasidan tanlash yo’li bilan yaratilgan. Duvarak. Boshog’i prizmasimon. Qishga, qurg’oqchilikka chidamli, donlari to’kilib ketishga chidamli. Doni yirik, 1000 donasining vazni 37-53 g. Non yopish sifatlari yaxshi. Doni tarkibida 15,3 % oqsil, 32,9 % kleykovina saqlaydi. Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining lalmikor yerlarida tumanlashtirilgan.
Intensivnaya (V. ferrugineum). Qirg’iziston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida Bezostaya va bahori Kozig’iston 126 navlarini chatishtirish va yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan. Duvarak. Qurg’oqchillikka chidamli, doni to’kilmaydi. Qattiq qorakuya bilan o’rtacha zararlanadi. Unshudring, sariq zang kasalliklariga chidamli. Doni o’rtacha kattalikda, 1000 ta donnining vazni 35-41,5 g. Non yopish sifatlari yaxshi. Sug’oriladigan yerlarda tumanlashtirilgan. Respublikaning hamma viloyatlarida keng tarqalgan.
Sanzar-4 (V. ferrugeneym). O’zbekiston "DON" IIChBda Sidi-Madix x Bezostaya 1 duragay kombinasiyalaridan tanlash yo’li bilan yaratilgan. Duvarak. Boshog’i prizmasimon, o’rtacha uzunligi 9-11 sm, g’ovak, qiltiqlarining uzunligi 9-10 sm, tarqoq joylashgan, lansetsimon. O’simlikning bo’yi 110-115 sm. Doni yirik, dumaloq-uzunchoq. Donining 1000 donasini vazni 40,4-44,2 g. Qo’ng’ir zang kasalligiga unchalik chidamli emas. Sovuqqa chidamlligi o’rtacha, qurg’oqchillikka bardoshli, doni boshog’idan to’kilmaydi. Tegirmonbop, non sifati yaxshi. Respublikaning sug’oriladigan yerlarida 1990 yildan boshlab tumanlashtirilgan.
Surxak-5688. (V. yerithrospermum). Tojikiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan. Bahori, boshog’i o’rtacha uzun, qiltiqli, tuksiz oq. Doni qizil, yirik, 1000 donasining vazni 42-56 g. Qurg’oqchilikka chidamli, tezpishar, ammo Qizil Sharq naviga nisbatan kechroq pishadi. Chidamliligi o’rtacha, sariq zang va chang qorakuya bilan kam zararlanadi. Tegirmon tortish va non yopish sifatlari o’rtacha. Lalmikorlikning tog’ oldi va tog’ mintaqalarida ekiladi. Samarqand, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida kuzda va bahorda, Qashqadaryo va Surxondaryoda faqat kuzda ekish tavsiya etiladi.
Kizil Shark (V. yerithrospermum). O’zbekiston "DON" IIChBda Sobiq Millyutin davlat mahalliy nav namunasidan tanlash yo’li bilan yaratilgan. Bahori. Boshog’i yirik, qiltiqli, urchuqsimon, oq, tuksiz. Doni oval shaklida, qizil o’rtacha yirik, 1000 donasining vazni 30-35 g. Qurg’oqchilikka chidamli, yaxshi qishlaydi, serhosil. Sariq zang bilan o’rtacha, qo’ng’ir zang bilan kuchsiz zararlanadi. Quattiq va chang qorakuyasiga chidamliligi o’rtacha. Tegirmon tortish, non yopish sifatlari yaxshi. Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida tekislik, tekislik-tepalik, tepalik, Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida tekislik-tepalik mintaqalarida kuzda va bahorda ekishga tumanlashtirilgan.
«Kupava» navi (V. Lutescens). Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institudi yaratilgan. Kuzgi yumshoq bug’doy. O’rta pishar. Bo’yi 90-100 sm. boshog’i yirik, uzunligi 10-12 sm, qiltiqsiz, 1000 dona donining vazni 40-45 g. Donining tarkibiga ko’ra qimmatbaho bug’doylar turiga kiradi. Yotib qolishga, qurg’oqchilikka chidamli. Qorakuya, unshudring va boshoq fuzarioziga o’rtacha chidamli. Septarioz, qo’ng’ir zang kasalliklariga chidamli, sariq zang kasalligiga o’rtacha chidamli. 1999 yil hosili uchun ekilgan maydonlarda sariq zang kasalligi bilan 10-20 % gacha kasallangan. Ekish me’yori gektariga 4,5-5 mln unuvchan urug’ hisobida. 1 oktyabrdan 25 oktyabrgacha bo’lgan ekish davri eng maqbul muddat hisoblanadi. Noyabr oyida ekilgan maydonlarda ko’chatlarning tuplanishi keskin kamayadi, ko’chatlar o’ta siyrak bo’ladi. Mineral va mahalliy o’g’itlarga talabchan. O’rtacha hosildorligi gektaridan 75-80 sentner.
«Polovchanka» navi (V. lutescens). Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institutida yaratilgan. Kuzgi. O’rtapishar, bo’yi 105-110 sm, qiltiqsiz. Don tarkibiga ko’ra qimmatbaho bug’doylar guruhiga kiradi. Doni qizil, 1000 dona donining vazni 40-44 g. Yaxshi tuplaydi. Yotib qolishga chidamli. Zang kasalliklariga, qorakuya, septarioz, unshudring va boshoq fuzarioziga o’ta chidamli. Kimyoviy ishlov berish talab qilmaydi. Xarakterli hususiyatlaridan biri ildiz sistemasi kuchli rivojlanishi hisobiga sho’rlangan maydonlarga ekilganda ham yaxshi natija beradi. O’tmishdosh ekinlarni tanlamaydi. Suvga va ma’danli o’g’itlarga talabchan. Ekish me’yori har gektar maydonga 4,5 – 5,5 mln unuvchan urug’ ekish tavsiya etiladi. Ekish muddati 1 oktyabrdan 30 oktyabrgacha. Bu muddat eng maqbul hisoblanadi. O’rtacha hosildorligi gektaridan 75-80 sentner.
Do'stlaringiz bilan baham: |