Ekma arpa turlarini don va boshqa belgilariga qarab aniqlash
Ikki qatorli arpani boshoqcha uzagining har bir bo’g’imida-gi rivojlangan boshoqchalar soniga qarab olti qatorli arpadan farq qilish mumkin (ikki qatorli arpada rivojlangan boshoqchalar bittadan va olti qatorli arpada uchtadan bo’ladi), bundan tashqari, bu turlarni donining yirik maydaligiga qarab ham bir-biridan oson ajratish mumkin.
Ikki qatorli arpada donlar boshoqcha uzagining pogonasida erkin rivojlanadi, shuning uchun ular shaklan simmetrik va boshoq doirasida deyarli bir xil, bundan tashqari ancha yirik bo’ladi.
Olti qatorli arpa donlari har qaysi uch qushalok boshoqcha doirasida siqilib turadi va juda notekis bo’lishi bilan farq qiladi. 5'rtadagi boshoqchalarda birmuncha yirik va simmetrik don tugilsa, yon boshoqchalarda ancha mayda va nosimmetrik, ya’ni bir tomoni qiyshik. don tugiladi.
Ikki qatorli arpaning hamma don shaklan simmetrik bo’-ladi, olti qatorli arpada nosimmetrik donlar simmetrik donga Karaganda ikki hissa ko’p, shunga ko’ra ularning nisbati 1:2 ga teng bo’ladi. Saralanmagan don analiz qilinganda ana shunday nisbat saqlanib qoladi. Saralangan donda bu nisbat o’zgaradi, chunki nosimmetrik donlarning bir kismi saralash vaqtida ajratib tashlanadi. Donning nechogli buliqligiga qarab, simmetrik donlarning nosimmetrik donga nisbatini 1 : 1,5 yoki 2:3 deb, ya’ni 40:60% deb belgilash mumkin.
Shunday qilib, namunadagi donning hammasi simmetrik bo’lsa, bu—ikki qatorli arpa, bordi-yu usha namunada simmetrik don 40% va bundan kam bulsa, olti qatorli arpa xisoblanadi.
Arpa namunasidagi simmetrik donlar 40% dan ortiq bo’lgan hollarda namuna ikki qatorli arpa bilan olti katorli arpa aralashmasi xisoblanadi. Ko’p katorli arpaning bu aralashmadagi prosentini hisoblab chiqish uchun topilgan nosimmetrik donlar prosenta koeffiqiyent 2/3 ga ko’paytiriladi va olingan ko’paytmaga nosimmetrik donlar prosenti qushiladi. Masalan, 100 ta aralashma donning 30 tasi nosimmetrik don bulsa, ko’p qatorli arpa simmetrik donlarining soni bundan kamroq chiqishi va 30 x -t =20 ga teng bo’lishi kerak. Demak, aralashmadagi ko’p qatorli arpa donining hammasi 30 -f 20 = 50 yoki 50 % bo’lishi kerak, ikki qatorli arpa donining ulushiga ham 50% tugri keladi.
Arpa turini doniga qarab, boshqacha usul bilan, ya’ni po’st-li don asosidagi egatchada bo’ladigan dagal tuk tabiatiga qarab ham aniklash mumkin. Bu tuk uzun yoki qisqa bo’lishi mumkin. Ikki qatorli arpada dagal tuk asosan uzun bo’ladi. Olti qatorli arpa, aksincha, asosan kalta tuk chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |