Fakultit: Bialogya o’zbek tili


  yil  29-avgustda  qabul  qilingan



Download 397,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana13.01.2022
Hajmi397,33 Kb.
#354661
1   2   3   4
1997  yil  29-avgustda  qabul  qilingan

)  qabul  qilingach,  ta`lim  tizimi 

tubdan  isloh  qilina  boshlandi.  Bu  muhim  hujjatlarga  ko`ra  respublikamizda  kasb-

hunar kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu 

birinchidan  mutaxassislar  tayyorlash  sifatiga  bog`liq  bo`lsa,  ikkinchi  tomondan 

o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-

hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga 

ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak 

mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg`ularini tarbiyalash 

kabi vazifalarni qo`yadi. 

Milliy  dasturning  asosiy  maqsadi:  ta`lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish,  uni 

o`tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlar  va  sarqitlardan  to`la  xalos  etish, 

rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga 

javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. 

Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar 

ta`lim tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni 

talab  qiladi. Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturining  asosiy  amalga oshirish 

vazifalaridan  biri  ta`lim  oluvchilarning  tayyorgarlik sifati  va  ixtisosiga  zaruriy 

talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat 

ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir. 

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. 

 

 



 

Kasb  ta`limi  metodikasi  fan  sifatida  XX  asrning  ikkinchi  yarmida, 

O`zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllana boshladi. Bunga asosiy sabab esa 

o`rta  umumta`lim  maktablariga  «Informatika  va  hisoblash  texnikasi  asoslari» 

predmetining kiritilishi bo`ldi. 

Informatika  va  axborotlar  texnologiyalari  bilan  bog`liq  bo`lgan  fanlarni 

o`qitish metodikasi bo`yicha ilmiy izlanishlar professorlar M. Z. Ziyoho`jaev, A. A. 

Abduqodirov,  dotsent  T.  R.  Azlarov  va  boshqalar  tomonidan  olib  borilgan  va  bu 

sohada muayyan yutuqlarga ham erishilgan. 



O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimiga yangi bo`g`in, o`rta-maxsus va kasb-

hunar 


ta`limining 

kiritilishi 

bilan 

informatika 

yo`nalishidagi 

fan 

o`qituvchilari

 uchun  informatika  o`qitish  metodikasini  yaratish  kabi  dolzarb 

muammoni hal qilish lozim bo`ladi. 

Bunda asosiy muammolar: 

-informatika yo`nalishlarida maxsus fanlarni o`qitishning maqsadi va vazifalari 

qanday; 


-o`quv predmeti sifatida fanlarning mazmunini nimalar tashkil etishi kerak

-fanlardan  o`quv  materiali  qaysi  ketma-ketlikda  joylashishi  va  o`quvchilarga 

yetkazilishi kerak; 

-fanlardan  o`quv  materialini  to`liq  va  chuqur  o`rganish  uchun  qanday  usul, 

shakl va vositalardan foydalanish lozim. 

Ma`lumki, har qanday fanni o`qitishda dastavval quyidagi an`anaviy savollar 

uchligi qo`yiladi: 

- fanni nima uchun o`rganish kerak (ya`ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)? 

- nimani o`rganish kerak (ya`ni, mazmunni aniqlash)? 

-  qanday  o`rgatish  kerak  (ya`ni,  ta`limning  samarali  usul  va  vositalarini 

aniqlash)? 

Kasb ta`limi metodikasi fani o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi o`qituvchilarini 

kelgusi  kasbiy  faoliyatida  har  tomonlama  tayyorlashni  amalga  oshirish  uchun 

chuqur  ta`lim  berishga  qaratilgan.  U  predmet  sifatida  informatika  yo`nalishidagi, 

o`rta  bo`g`indagi  mutaxassislarni  tayyorlashda  ishtirok  etuvchi  bo`lajak 

o`qituvchilarni  kasbga  yo`naltirish  bo`yicha  nazariy  bilimlar  berishga  asoslangan. 

Zamonaviy ta`limda bu eng avvalo talabaning ijtimoiy hayot faoliyatida ongli, aqlli 

va madaniyatli munosabatda bo`lishga o`rgatishdir. «Ma`lakaviy ta`lim metodikasi» 

fani  bir  necha  mutaxassislik  fanlari  bilan  bog`liq  bo`lgani  uchun  u  bu  fanlarning 

metodologiyalariga  asoslanadi  va  ta`lim-tarbiyaning  umumiy  tamoyillariga 

tayanadi.  Ma`lumki,  ushbu  tamoyillar  pedagogika  va  didaktika  tomonidan  ishlab 

chiqiladi. Bundan tashqari malakaviy ta`lim metodikasi fiziologiya va psixologiya 

tomonidan o`rnatilgan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi. 

Ma`lumki, metodika bu- metod va usullar yig`indisi bo`lib, qandaydir harakatni 

amalga  oshirishdir.  SHunday  jumlalar  mavjud:  o`qitish  metodikasi,  o`rgatish 

metodikasi.  Bu  ikki  tushuncha  ham  amalda  teng  huquqli  bo`lib,  o`qitish  bu 

o`rgatuvchining  faoliyati.  O`qitish  metodikasi-  o`quv  predmeti  sifatida  bo`lg`usi 



muhandis-pedagog oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi. «Qanday va nimani o`qitish 

kerak?», «Nima uchun aynan shunday o`qitish kerak?». 

Ta`lim  va  tarbiyaning  umumiy  maqsadlaridan,  uning  zamonaviy  fanlar 

tizimida  tutgan  o`rni  va  vazifalaridan,  jamiyat  hayotidagi  ahamiyatidan  kelib 

chiqqan holda fanning asosiy maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin: 

o`quvchilarda komp yuter savodxonligini rivojlantirish; 

o`quvchilarda  axborotga  ishlov  berish,  uzatish  va  undan  foydalanish 

jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o`zlashtirib olishlarini 

ta`minlash; 

o`quvchilarga  dunyoning  zamonaviy  ilmiy  ko`rinishini  shakllantirishda 

axborot 

jarayonlarining 

ahamiyatini, 

jamiyatning 

rivojida 

axborot 


va 

kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish; 

hayotida 

komp`yuterlardan 

ongli 

va 


ratsional 

foydalanish 

ko`nikmalarini shakllantirish; 

YUqoridagi  masalalardan  hech  biri  qolganlaridan  uzilgan  holda,  alohida  hal 

etilmasligi  lozim.  Ular  bir  butunlikda,  bir-biri  bilan  chambarchas  bog`liq  holda 

amalga oshirilishi lozim, chunki o`quvchilar tomonidan yo`nalish fanlari asoslarini 

mustahkam  egallash  natijasida  ularni  tafakkurini  tarbiyalash,  ilmiy  va  kasbiy 

dunyoqarash asoslarini yaratish mumkin. 

O`quvchilarni to`g`ri va chuqur xulosalar chiqarishga, mantiqiy mushohadalar 

qilishga o`rgatish, ularda har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondashishga 

olib kelib, turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko`rsata olishlariga imkon beradi. 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, OʻzRning kadrlar tayyorlash milliy dasturi 

—  1997  y.  29  avg  .da  Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  9-sessiyasida 

prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning maqsadi taʼlim 

sohasini  tubdan  isloh  qilish,  uni  oʻtmishdan  qolgan  mafkuraviy  qoliplardan  toʻla 

xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik davlatlar 

darajasidagi, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablariga javob beruvchi milliy tizimini 

yaratishdan iborat. K.t.m.d. OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997 y. avg .) 

qoidalariga  muvofiq  holda  tayyorlangan  boʻlib,milliy  tajribaning  tahlili  va  jahon 

miqyosi taʼlim tizimidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va 

kasb-hunar  madaniyatiga,  ijodiy  va  ijtimoiy  faollikka,  ijtimoiy-siyosiy  hayotda 

mustaqil  ravishda  moʻljalni  toʻgʻri  ola  bilish  mahoratiga  ega  boʻlgan,  istiqbol 

vazifalarini  ilgari  surish  va  hal  etishga  qodir  kadrlarning  yangi  avlodini 

shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini roʻyobga 

chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, taʼlim 

va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta oʻzlashtirish 

uchun  ijtimoiy-siyosiy,  huquqiy,  psixologik-pedagogik  va  b.  tarzdagi  sharoitlarni 



yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida oʻz javobgarligini his etadigan fuqarolarni 

tarbiyalashni nazarda tutadi. 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  tashabbusi  va  bevosita 

rahbarligida  ishlab  chiqilgan  kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli  qator  noyob, 

takrorlanmas  oʻziga  xos  xususiyatlarga  ega.  U  Oʻzbekistonning  xalqaro 

andozalardagi  zamonaviy  taraqqiyotini  taʼminlay  oladigan  dadil,  mustaqil  fikrli, 

malakali,  bilimli  mutaxassis,  ayni  paytda  ezgu  insoniy  sifatlarga  ega  kadrlarni 

tayyorlash  maqsadini  koʻzlaydi.  K.t.m.d.  I.  Karimov  tomonidan  ijtimoiy  ongga 

kiritilgan,  davlatni,  jamiyatni  rivojlantirishga  xizmat  qiladigan  tamomila  yangi 

tushunchadir. 

Dastur 5 boʻlimdan iborat: Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan 

isloh qilish omillari; Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni roʻyobga chiqarish 

bosqichlari;  Kadrlar  tayyorlashning  milliy  modeli;  Kadrlar  tayyorlash  tizimini 

rivojlantirishning  asosiy  yoʻnalishlari;  Milliy  dasturni  roʻyobga  chiqarishga  doir 

tashkiliy chora-tadbirlar. 

Dasturning  1-boʻlimida  OʻzR  davlat  mustaqilligiga  erishib,  iqtisodiy  va 

ijtimoiy  rivojlanishning  oʻziga  xos  yoʻlini  tanlashi  kadrlar  tayyorlash  tizimi  va 

mazmunini qayta tashkil etish zarurligi, bu hol qator chora-tadbirlar koʻrishni taqozo 

etishni,  lekin  sodir  etilgan  oʻzgartirishlar  kadrlar  tayyorlash  sifatini  oshirish, 

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlay 

olmagani qayd etildi. Shuningdek, bu boʻlimda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan 

isloh qilishning muhim omillari bayon etilgan. 

Dasturning  2-boʻlimida  uning  maqsadi,  vazifalari  va  dasturni  roʻyobga 

chiqarish bosqichlari aniq ifoda etilgan. Maqsad va vazifalarni roʻyobga chiqarish 3 

bosqichdan  iborat  boʻlib,  1-bosqichi  (1997—2000  y.lar)da  mavjud  kadrlar 

tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh 

qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-

moddiy  shart-sharoitlar  yaratish,  2-bosqich  (2001—2005  y.lar)da  milliy  dasturni 

toʻliq roʻyobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiyiqtisodiy 

sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish, 3-bosqich (2005 va undan 

keyingi  yillar)da  toʻplangan  tajribani  tahlil  etish  va  umumlashtirish  asosida, 

mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  istiqbollariga  muvofiq  kadrlar 

tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish nazarda tutiladi. 

Dasturning  3-boʻlimida  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  asosiy  tarkibiy 

qismlari  shaxs,  davlat  va  jamiyat,  uzluksiz  taʼlim,  fan  va  i.ch.dan  iborat  ekanligi 

koʻrsatilgan.  Bunda  shaxs  —  kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  subʼyekti  va 

obʼyekti,  taʼlim  sohasidagi  xizmatlarning  isteʼmolchisi  va  ularni  amalga 

oshiruvchisi,  davlat  va  jamiyat  esa,  taʼlim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimining 

faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash 

va ularni qabul qilib olishning kafillari sifatida bayon qilingan. Uzluksiz taʼlim esa, 




malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi boʻlib, u maktabgacha taʼlim, 

umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi (akademik litsey va kasb-

hunar  kollejlari),  oliy  taʼlim  (bakalavriat  va  magistratura),  oliy  oʻquv  yurtidan 

keyingi  taʼlim  (aspirantura,  adʼyunktura,  doktorantura,  mustaqil  tadqiqotchilik), 

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlim 

turlarini  oʻz  ichiga  oladi.  Fan  yuqori  malakali  mutaxassislar  tayyorlovchi  hamda 

ulardan  foydalanuvchi,  ilgor  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  ishlab 

chiquvchidir.  I.ch.  kadrlarga  boʻlgan  ehtiyojni,  shuningdek,  ularning  tayyorgarlik 

sifati va saviyasiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, 

kadrlar  tayyorlash  tizimini  moliya  va  moddiy-texnika  jihatidan  taʼminlash 

jarayonining qatnashchisidir. 

Dasturning  4-boʻlimida  kadrlar  tayyorlash  tizimini  rivojlantirishning  asosiy 

yoʻnalishlari bayon qilingan. Bular taʼlimning uzluksizligini taʼminlash, pedagog va 

ilmiy  pedagog  kadrlar  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini 

oshirishning zamon talablariga moslashuvchan, taʼlimning yuqori sifatli va barqaror 

rivojlanishini  koʻzlovchi  tizimini  vujudga  keltirish,  taʼlim  jarayonini  mazmunan 

isloh  qilish,  yosh  avlodni  maʼnaviy-axloqiy  tarbiyalashda  xalqning  boy  milliy 

madaniy-tarixiy  anʼanalariga,  urf-odatlari  hamda  umumbashariy  qadriyatlarga 

asoslangan  samarali  tashkiliy,  pedagogik  shakl  va  vositalari  ishlab  chiqilib 

amaliyotga joriy etish, iqtidorli bolalar va isteʼdodli yoshlarni aniqlashdan iborat. 

Shuningdek,  uzluksiz  taʼlim  tizimi  va  kadrlar  tayyorlashning  davlat  va  nodavlat 

taʼlim  muassasalarini  tarkibiy  jihatdan  oʻzgartirish  qamda  ularni  izchil 

rivojlantirishni  davlat  yoʻli  bilan  boshqarish,  kasb-hunar  taʼlimi  sifatini  nazorat 

qilish tizimini shakllantirish, taʼlim tizimini moliyalashni takomillashtirish, mavjud 

taʼlim muassasalarini kapital taʼmirlash va yangi taʼlim muassasalari qurish, ularni 

normativ  talablarga  muvofiq,  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalar  darajasini 

hisobga  olgan  holda  jihozlanishini  taʼminlash,  taʼlim  tizimining  yaxlit  axborot 

makonini vujudga keltirish, taʼlim xizmati koʻrsatish bozorini rivojlantirish, taʼlim 

sohasida ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash hamda bu sohani davlat tomonidan qoʻllab-

quvvatlash,  fan  bilan  taʼlim  jarayoni  aloqalarini,  i.ch.  va  taʼlim  tizimi 

integratsiyalashuvini,  taʼlim  va  kadrlar  tayyorlashda  xalqaro  hamkorlikni 

rivojlantirish ham taʼlim tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridir. 

Dasturning  5-boʻlimida  milliy  dasturni  roʻyobga  chiqarishga  doir  tashkiliy 

chora-tadbirlar belgilangan. 

Dasturdan  OʻzR  Prezidenti  I.A.Karimovning  asarlari  va  nutklarida  taʼlim 

masalalari boʻyicha qayd etilgan tamoyillarning barchasi oʻrin olgan. Dastur qabul 

qilinganidan  soʻng  respublika  butun  taʼlim  tizimini  tubdan  isloh  qilishning  aniq 

strategik yoʻnalishiga ega boʻldi va bu borada bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. 

Xususan, respublikaning 24 maktabida umumiy oʻrta taʼlimning 23 oʻquv predmeti 

mazmunini  yangilash,  oʻquvchilar  bilimini  baholashning  yagona  reyting  tizimini 

joriy  etish  yuzasidan  tajriba-sinov  ishlari  oʻtkazildi.  Ularning  natijalari  asosida 

umumiy  oʻrta  taʼlimning  barcha  sohalaridan  davlat  taʼlim  standartlari, 




oʻquv dasturlari, yangi darsliklar ishlab chiqildi. Akademik litseylar va kasb-xunar 

kollejlari  tarmogʻini  barpo  etish  hamda  ularni  samarali  ishlashi  uchun  barcha 

shartsharoitlar  yaratish  boʻyicha  bir  qancha  ishlar  amalga  oshirildi.  Oliy  va  oʻrta 

maxsus  taʼlim  vazirligi  tarkibida  oʻrta  maxsus,  kasb-xunar  taʼlimi  markazi  barpo 

etilib, litsey va kollejlar shu markaz ixtiyoriga oʻtkazildi. 2000 y.gacha bakalavriat 

yoʻnalishlari  boʻyicha  251  davlat  taʼlim  standartlari  ishlab  chiqildi,  dasturning 

kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  yoʻnalishi  boʻyicha  71 

oʻqituvchining  chet  ellarda,  980  oʻqituvchining  chet  el  oʻqituvchilarini  jalb  etish 

yoʻli bilan malakasi oshirildi. Dastur muvaffaqiyat bilan rivojlanib, OʻzR ustuvor 

yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolishiga ishonchli kafolatdir.  

KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI 

 


Download 397,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish