Har xil jismoniy mashqlarning samarasi turli xil yoki turli xil dagi jismoniy mashqlarning
bir xil madaniyatviy ta’sir ko’rsatishi ama liyetda isbotlangan. Demak, bu jismoniy mashqlar
doimiy bir xil ta’sir xususiyatiga ega emasligining isbotidir.
Madaniyat jarayonida jismoniy mashqlarning samarali ta’sirini belgilay oladigan
omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni oson lashtiradi. Bu omillar quydagicha
guruhlangan:
1.O’qituvchi va o’quvchilarning shaxsiy xarakteristikasini bilish asosiy omillardin biri. Ta’lim
jarayoni ikki tomonlama - o’quvchilar ukiydi, o’qituvchi ukitadi. SHuning uchun jismoniy
mashqlarning ta’siri keng darajada kim ukitayotganligiga va kimlarni ukiyotganligiga, axloqiy
sifatlariga va iktidori (intellekti)ga, jismoniy rivojlanganligiga va tayyorgarligi darajasiga,
shuningdek, birlamchi bajara olish malakasi, qiziqishi, harakat faolligi hamda boshqalarga
bog’liq.
1.Ilmiy omillar - jismoniy madaniyatning qonuniyatlarini inson tomonidan anglash me’erini
xarakterlaydi. Jismoniy mashqlarning pedagogik, psixologik, fiziologik xususiyatlari qanchalik
chuqur ishlab chiqilgan bo’lsa, pedagogik vazifalarni xal qilish uchuchn shunchalik samarali
foydalanish mumkin.
3.Metodik omillar - jismoniy mashqlardan foydalanishda amal qilinadigan juda keng kamrovdagi
talablar guruhini umumlashtiradi.
Jismoniy mashqni o’qitish davomida yoki boshqa pedagogik vazifani xal qilish uchun
kullayetib (masalan, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun) shuni hisobga olish kerakki,
birinchidan, shu jismoniy mashqdan kutilayetgan samara, ya’ni bu mashq bilan qanday
vazifalarni (bilim berish, madaniyatlash, Sog’lomlashtirish) xal qilish mumkin; ikkin chidan,
uning to’zilishi — statik yoki dinamik mashqmi, siklik, atsiklik yoki boshqacha harakatmi;
uchinchidan, mumkin bo’lgan takrorlash usullari (bulaklarga ajratib yoki mashqni tuda bajarish
bilan o’rgatish maqsadga muvofiqmi, takrorlashlar oraligida aktiv dam olishni qullashmi yoki
passiv dam olishnimn va xokazolar). Jismoniy mashqlarning bunday xarakteristikasi kuyilgan
pedagogik vazifalarni xal qilish uchun jismoniy madaniyat vositalari va metodlariii tanlash
imkonini beradi.
Jismoniy mashqning natijasi uning ijro usuliga bog’liq. Masalan, kanatga uch usul bilan
tirmashib chiqish erkin usul bilan tirma shib chiqishdan samaralirokdir, chunki uch usul
kullanganda badandrokka chiqish imkoni bo’ladi. Jismoniy mashq bajargandan so’ng
organizmda maxsus funksional o’zgarish vujudga keladi va u ma’lum vaqtgacha organizmda
saqlanib tura di. Vujudga kelgan o’zgarish fonnda keyingi mashqning ta’sir samarasi yanada
boshqacharok bo’lishi mumkin. Dastlabki va so’ngi mashqda mashg’ulot samaradorligi ortishi
yoki pasayishi mumkin.
Masalan, diqqat uchun mashqlar navbatidagi qiyin koordinatsiya talab qiluvchi
harakatlarni bajarishni osonlashtirsa, dumbalok oshish mashqlaridan so’ng muvozanat saqlash
mashqlarini o’zlashtirish qiyinchiliklarga sabab bo’lishi mumkin. Ta’sirning oz yoki kuchlilik
darajasi o’zining chuqurligi va davomiyligi, o’quvchi holati uning jismoniy, aqliy tayyorgarligi
va xokazolarga bog’liq. Mashqlar ta’sirining talabini kompleks ishlab chiqish harakat
faoliyatining asosiy ta’siri samarasini hisobga olishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy madaniyat
jarayoni mashqlar ta’siri tizimini har bir yosh guruhi uchun ishlab chiqishii takazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: