Texnik zona.
Texnik zona xalqaro yig’inning 3 qoidasi (2 qaror) ko’rsatilganidek
stadionlarda o’tkaziladigan matchlarda texnik shaxslar va zaxiradagi o’yinchilar
joylashadigan qismni bildiradi. Texnik zonalar har xil stadionlarda o’lchami yoki
joylashishi bilan farq qilishi mumkin.
Quyidagi qaydlar, fikrlar umumiy qullanma sifatida keltiriladi.
- Texnik zona maydonni har ikkala tomonida zaxiradagi o’yinchilar uchun
ajratilgan urindiqdan boshlab yon chiziqga 1m masofa qolganda tugaydi.
- Ushbu zona chegarasini bildirish uchun markirovkadan foydalanish tavsiya
etiladi.
- Texnik zonada bo’lishiga ruxsat berilgan shaxslar, musobaqa qoidasiga ko’ra
match boshlanishidan oldin aniqlanadi.
- Faqat bir kishiga bir vaqtda o’yinchilarga taktik ko’rsatmalar berishga ruxsat
etiladi va bundan so’ng u darrov joyiga qaytishi kerak.
- Muxim xolatlarni xisobga olmaganda jamoaning murabbiyi va rasmiy
kishilari texnik zona doirasida kolishlari kerak.
Masalan: Murabbiy uqalovchi (masajist) yoki murabbiy vrach hakam ruxsati
bilan maydonga, jaroxat olgan o’yinchining axvolini baxolashga chiqishi mumkin.
To’rtinchi hakam va uning vazifasi
Zaxiradagi hakam musobaqa qoidasiga ko’ra hakamlik vazifasini bajarishga
tayinlanishi mumkin shu xolatdaki, agar matchning uchta hakamidan birontasi o’z
vazifasini davom ettira olmaydigan xolatda bo’lsa.
-Match boshlanishidan oldin uning tashkil etilishiga javobgar idora aniq
harakatlar tartibini e’lon qiladi: ya’ni agar hakam o’z vazifasini davom ettiradigan
xolatda bo’lmasa: bu vazifani zaxiradagi hakam o’ziga qabul qiladimi yoki
hakamning birinchi yordamchisi.
-Zaxira hakami agar hakam talab qilsa har qanday ma’muriy vazifalarni
muddatdan oldin, match vaqtida va matchdan keyin bajarishga yordamlashadi.
- U match davomida o’yinchilarni almashtirish xolatiga yordam beradi.
-U zaxiradagi o’yinchilarning o’yin maydoniga chiqishidan oldin ekipirovkasini
tekshirishga xaqqi bor. Agar ular ekipirovkasi o’yin qoidasiga mos kelmasa bu
xaqida hakamga ma’lum qiladi.
-Zaxiradagi hakam hamma vaqt hakamga yordam beradi. Usignal berish kerak
shu xaqdakim, qachonki uyinchini tanishda adashilganligi uchun boshqa o’yinchi
ogoxlantirish olsa yoki o’yinchi ikkinchi ogoxlantirishni olib maydondan chiqib
ketmasa yoki hakam va uning yordamchilariga kurinmayotgan zuravonlik
xolatlariga lekin shunda ham o’yinga bog’liq har qanday xolatlarga qaror qabul
qilish xuquqi hakamda qoladi.
Matchdan so’ng zaxiradagi hakam, xakam va hakam yordamchilari ko’rmagan,
maydondan tashqarida yuz bergan har qanday nojo’ya harakatlar va shunga
o’xshash xolatlar bo’yicha tegishli tashkilotga axbarot berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |