2.5. YUGURIB KELIB UZUNLIKKA SAKRASH TEXNIKASI
Bu sakrashlar uchun mo’ljallangan sektor yugurib kelish yo’lkasidan, depsinish taxtachasidan va yerga tushish uchun qumli chuqurchadan iborat.
Yugurib kelish yo’lkasi uzunligi kamida 40 m, eni 1,22-1,25 m ga teng va 50 mm kenglikdagi chiziqlar bilan chegaralangan bo’lishi kerak.
Depsinish uchun taxtacha yog’ochdan yoki boshqa yaroqli ashyodan tayyorlanishi kerak va uning o’lchamlari quyidagicha: eni – 198-202 mm, uzunligi – 1,21–1,22 mm va maksimal qalinligi – 100 mm. U yo’lka yuzasi bilan teppa-teng tuproqqa mustahkam o’rnatiladi va uning sirti oq rangga bo’yaladi.
Depsinish taxtachasi erga tushish chuqurchasining old chekkasidan quyidagi masofada joylashgan bo’ladi:
- uzunlikka sakrashda – 1 m dan 3 m gacha;
Taxtacha va erga tushish chuqurchasining chekkasigacha bo’lgan masofa quyidagicha bo’lishi lozim:
- uzunlikka sakrashda – kamida 10 m.
“O’lchash chizig’i”ga mos keladigan taxtacha orqasida suratga olinadigan cheti indikatorli to’sin (taxtacha bosib olinganligini qayd qiluvchi moslama) o’rnatiladi. Uning uzunligi 1,21-1,22 sm ga va eni 98-102 mm ga teng. Indikator 0,7 sm balandlikda yuzaga chiqib turadi, uning sirti yugurib kelish tomonidan va erga tushish chuqurchasi tomonidan 30o burchak ostidagi qiyalikka ega.
Indikatorning chiqib turuvchi yuzasi yupqa qatlamda plastilin bilan qoplanadi va unda bosib olingan iz qayd qilinadi.
Taxtachaning ikkala tomonida o’lchash chizig’i bo’ylab sektor yuzasiga eni 10 mm va uzunligi 50 sm bo’lgan oq chiziqlar chiziladi, 10 sm masofa narida ularga taxtachaning joyini bildirib turuvchi to’g’riburchakli ko’rsatkichlar (oq rangli qora yo’l chiziq bilan 45o burchak ostida) belgilanadi.
Uzunlikka sakrashda erga tushish uchun qum to’ldirilgan chuqurcha eni 2,75 m dan 3,00 m gacha bo’lishi va yugurib kelish yo’lkasi o’qiga nisbatan simmetrik tarzda joylashishi lozim.
8-rasm. Uzunlikka sakrash joyi va texnikasi ketma – ketligi/
Chuqurcha qirralar bilan hoshiyalangan bo’ladi, ular yo’lka yuzasidan balandga chiqib turmasligi zarur, depsinish taxtachasiga yaqin bo’lgan qirra yo’lka darajasidan 3 sm ga past bo’lishi kerak. Chuqurchadagi qum nam, yumshatilgan va yo’lka yuzasi bilan bir xil darajada bo’lishi zarur.
Yugurib kelish yo’lkasining ikkala tomonida va chuqurchaning yon qirralari uzunasi bo’ylab xavfsizlik zonasi nazarda tutilishi kerak – kamida 1 m, chuqurchaning uzoq qirrasi orqasida esa – kamida 5 m. Bu zonaning yuzasi yo’lka yuzasi bilan bir xil darajada turishi lozim. Yugurib kelish yo’lkasining qoplamasi yugurish yo’lkalariga qo’yiladigan talablarga javob berishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |