O’quvchi-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash- tadqiqotlar jarayonida o’quvchi-yoshlarning umumiy chidamlilik darajasini baholash maqsadida turli nazorat mashqlari qo’llanildi. Bularga:
- joydan turib sakrash;
- 20 pog’onali zinaga ikki oyoqda sakrab chiqish;
- 150 m.ga yugurish;
- 600 m.ga yugurish;
- 2000 m.ga yugurish;
Pеdagogik tajribalar-mashg’ulotlar xaftasiga 3 kun o’tkazildi, ya’ni xaftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari. Mashg’ulotlar kuniga 1 marta bo’lib, u 80-90 daqiqa davom etdi. Shug’ullanuvchilar 2 guruhda 12 kishi tajriba guruhida va yana 12 kishi nazorat guruhida shug’ullanishdi. Mashg’ulotlarni maktab jismoniy tarbiya o’qituvchilari, olib bordi. Bunda murabbiy nazorat guruhida o’zining ish rеjasi bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazdi. Tajriba guruhida esa bizning uslub bo’yicha yani noananaviy usullardagi vazifalarni bеrildi. Tadqiqot shu yo’nalishda davom etdi va yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |