27
1.5.
|
Murabbiy, jismoniy tarbiya bo’yicha o’qituvchining professional ko’nikmalari
|
28
|
II Bob. Sport texnikasi, uning tavsifi
|
33
|
2.1.
|
Sport mashqlari texnikasi
|
37
|
III Bob. Sportchilarni tayyorlash tizimining pedagogik jihatlari
|
44
|
3.1.
|
Sport saralashi, uning ko’p yillik tayyorgarlik bosqichlari davomidagi xususiyatlari
|
46
|
3.2.1.
|
Saralashni tashkillashtirish
|
50
|
3.3.
|
Oliy toifali sportchilarni tayyorlash
|
51
|
3.4.
|
Sport zahiralarini tayyorlash
|
55
|
3.5.
|
Ommaviy sport sohasida sportchilarni tayyorlash
|
56
|
3.6.
|
Umumta’lim maktablarida sport seksiyalari va musobaqalari
|
57
|
3.7.
|
Oliy va o’rta ta’lim muassasalarida sport ishlari. Mashg’ulot va musobaqalar. Talabalik sportining shakillanishi
|
58
|
Xulosalar
|
63
|
Tavsiyalar
|
64
|
Аdabiyotlar ro’yxati
|
65
|
KIRISH
Bitiruv ishining dolzarbligi: Sport – bu millatning o‘zligini anglashda, uning aniq maqsadlar sari jipslashuvi va birlashuvida, o‘zidagi bor salohiyatini hamda qudratini jahon uzra namoyon bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. SHu nuqtai nazardan olib qaraganda, mamlakat sportini rivojlantirish dolzarb va nihoyatda muhim masaladir. Zero, jismonan baquvvat va sog‘lom millat qudratli bo‘ladi, uning davlati har tomonlama mustahkam bo‘lib, buyuk taraqqiyot sari rivojlanib boradi.
Barkamol avlod tarbiyasida jismoniy madaniyat va sport qanchalik muhim omil ekanligini, hozirgi kunda hukumatimizni sportga g‘amxo‘rligidan va davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligidan ham anglash mumkin. Jumladan, birinchi Prezident I.A.Karimovning 2000 yil “O‘zbekistonda “Uch bosqichli” (“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”) musobaqalar tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi, 2002 yil 24 oktyabrdagi “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 4 martdagi “Sog‘lom avlod uchun ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi, 1996 yil 13 martdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1999 yil 27 mayda “O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2000 yil 15 fevralda “Sog‘lom avlod” davlat dasturi to‘g‘risida”gi, 2002 yili 31 oktyabrdagi “Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik–har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” ma’ruzasida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning ta’kidlashicha “Umid nixollari”, “Barkamol avlod” va Unversiada musobakalari bilan chegaralanish kerak emas. Iktidorli o‘smir va kizlarni tanlab olish va tarbiyalash bo‘yicha jiddiy seleksiya ishlarini amalga oshirish zarur. Bu sport tashkilotlari, ta’lim muassasalari va ota-onalar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Iktidorli o‘g‘il va kizlarni tanlash, ularni sinov-tajribalaridan o‘tkazish va etuk darajadagi sport mahoratlarini tarbiyalashda ilg‘or pedagogik tajribalar innovatsion texnologiyalar, ma’naviy va moddiy jihatdan ta’minot (seleksiya tarmog‘i) yukori darajadagi tibbiy mezoniy xizmatlarni yanada kuchaytirishga to‘g‘ri keladi deyilgan1.
Yuqorida keltirilgan fikr va ma’lumotlar negizida yurtimiz aholisining salomatlik darajalarini yaxshilash, ta’lim muassasalarida, aynan uzluksiz ta’lim jarayonlarini amalga oshirish, o‘quvchi yoshlarni jismonan barkamol etib tarbiyalash, ularni jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlari hamda ommaviy sport musobaqalariga to‘la jalb etish ko‘zda tutilgan.
Ta’lim tarbiya shunday murakkab jarayonki, bu soha vakillaridan har bir mashg‘ulot uchun o‘ziga xos ijodkorlik, yuksak mahorat va yuqori tajriba talab etiladi. Bundan bir necha o‘n yillar avval ta’lim tizimida foydalanib kelingan usullar va vositalar vaqt o‘tishi bilan o‘zining mazmunan rangini yo‘qotib bormoqda. Buni oddiy ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida odatdagi tarzda ya’ni, faqat o‘qituvchi tomonidan ma’lumotlar va fikrlar keltirlishi, o‘quvchi, talabalar esa faqat tinglovchi sifatida vaqt o‘tkazishi hollarida ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kun ta’lim sohasi oldida turgan asosiy vazifalar shundan iboratki, bu kabi odatiy va eskicha usullardan voz kechib, yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari va xorijiy ilg‘or tajribalarga asosan mashg‘ulotlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida keltirilgan fikr va ma’lumotlardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, qo‘lga kiritilgan yutuq va muvaffaqiyatlar o‘zimizniki, endi esa yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, ta’lim tarbiya sohasini yangi bosqichga ko‘tarish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llagan holda o‘quv mashg‘ulot jarayonini yanada takomillashtirish bugungi kunda jismoniy madaniyat va sport sohasida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning oldilarida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |