1.2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Mamlakat maydoning 96%i cho‘llardan iborat. G‘arbda Liviya cho‘li, sharqda Arabiston cho‘li, janubda Nubiya cho‘li yastanib yotadi.
Misr ijtimoiy-iqtisidiy hayotining asosi – Nil vodiysi hisoblanadi. Nil mamlakatdagi yagona daryo bo‘lib, asosiy suv manbaasidir. Nil vodiysida (Misr maydonining - 4-5%i) mamlakatdagi hosildor yerlarning asosiy qismi va aholisining 95%i to‘plangan.
Vodiy mamalakatni ikkita teng bo‘lmagan qismlarga(taxminan ⅓) ajratadi. G‘arbning katta qismida Liviya cho‘li joylashgan. Liviya cho‘li Misrning ⅔qismini egallagan. U dunyodagi eng katta cho‘llardan biri. U asosan qum, toshlardan iborat. Ayniqsa sharqiy qismi palaxsali va qurum toshlar hamda shag‘allar bilan qoplangan, g‘arbiy qismi esa barxan qumlari va dyunalardan tashkil topgan. Ular orasida “Katta qum cho‘li” (qum okeni) muhim o‘rinni egallab, u mamlakat g‘arbidan to Nil daryosi vodiysigacha yetib keladi. Bu yerdan mashhur Siva, Farafra, Dahla vohalari boshlanadi. Bu “qum dengizi” balandligi 150m bo‘lgan dyunalar bilan uchrashadi. Nildan sharqda Arabiston cho‘li joylashgan bo‘lib, toshloqlardan iborat. Arabiston cho‘lining katta qismini uncha baland bo‘lmagan yassi tog‘liklar egallaydi
Misr hududida sharqdan g‘arbga tomon nishablik ortib boradi. Osiyoga tutashgan Sinay baland va Qizil dengi bo‘yidan reylef Liviya tomon asta-sekin pasayib boradi. Mamlakatning g‘arbiy qismida dengiz sathidan pastda yotuvchi bir qancha cho‘kmalar bor. Sinay yarimoroli osiyo qit’asidan tektonik harakatlar natijasida yorilish tufayli ajralib qolgan. Sinay yarimorolining shimoli cho‘ldan, janubi esa tog‘liklardan iborat. Sinay yarimorolida mamlakatning eng baland nuqtasi – Katerin (2637m) joylashgan. Relyefida eng past joyi – Kattara cho‘kmasi(-133m), maydoni 18 min.km².
Misr foydali qazilmalari ichida nisbatan neft(981mln.t) va gazga (970mld.kub.m) boy Asosiy neft joylashgan rayonlar- Kattara cho‘kmasi( Al-Alamayn, Abu-Garadik va boshqa konlar) va g‘arbda Qizil dengiz suvlari bilan yuvilib turuvchi Sinay yarimorolida ( dengiz shelfidagi konlar- Al-Morgan, Al-Bilayim, Julay, Ramazon va boshqalar).
Iqlimi va ichki suvlari. Misrda cho‘l tropik iqlim, haroratni sutkalik o‘zgarishi katta. Shimoldagi tor sohilbo‘yida nisbatan yumshoq subtropik O‘rta dengiz iqlimi ya’ni uzoq davom etuvchi quruq yoz va qisqa yomg‘irli qish. Asvonda noyabrda kunduzi harorat 40°Cgacha ko‘tariladi, kechasi 3°Cgacha pasayib ketadi, cho‘llarda esa 50°Cgacha ko‘tariladi. Eng issiq oy iyul-sentabr hisoblanadi, yog‘in deyarli bo‘lmaydi. Bahor oylari (aprel-may) issiq va quruq shamollar cho‘l tomondan esadi va 50 kun davomida vaqti-vaqti bilan esadi va “Xamsin” deb ataladi. Bu og‘ir changli bulutlar 6-7km balandlikkacha ko‘tariladi. Havo harorati 40°Cgacha ko‘tarilib, namlik 10%gacha tushib ketadi. Dekabr-mart oylari ancha salqin bo‘ladi. Mamlakat xududining katta qismiga 1yilda 100mm gacha yog‘in tushadi. O‘rta dengiz sohiliga va Nil deltasiga 1yilda 190mm yog‘in tushadi. Qohiraga 34mm, Asvonga 3mm atrofida yog‘in tushadi. Shuning uchu dehqonchilik faqatgina sun’iy sug‘orishga asoslangan. Nil vadiysida va ba’zi vohalarda qishloq xo‘jalik ekinlaridan 1 yilda 2-3 marta hosil olish imkoni bor.
Nil mamlakatning yagona daryosi hisoblanadi. Nilning uzunligi - 6671km, havzasining maydoni- 2,87 mln.km². Nil Sudan hududida Oq va Ko‘k Nilning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Oq Nil daryosi Ruanda hududidan (Kogera), Ko‘k Nil esa Efiopiya hududidan boshlanadi. Nil yiliga 80ming.km³. suv yig‘sa ham, O‘rta dengizga faqat 30ming.km³. suv kelturadi. Bunga sabab Sudan va Misr aholisi Nil suvidan ko‘p foydalansa boshqa qismi issiq natijasida bug‘lanib ketadi.
Tuproqlari – janubda sariq-qo‘ng‘ir cho‘l tuprog‘i, o‘rta qismida bo‘z tuproq, taqir- bo‘z va sho‘rhok tuproqlar, Nil deltasi atrofida botqoq tuproqlar tarqalgan. G‘arbiy qismida ko‘chib yuruvchi qum dyunalari bor. Nil vodiysi va deltasida tuproqlar juda unumdor, bu yerlarda yil bo‘yi hisil olish mumkin.
O‘simlik va hayvonot dunyosi. Misr o‘simlik dunyosiga boy emas. Cho‘llarda o‘simliklar tomariks, cho‘l akatsiyasi, namatak, saksovul yantoqlardan tashkil topgan. Qizil dengiz sohili bo‘yida doimiy yashil butazorlar tarqalgan. Vohalarda, vodiy va nil deltasida madaniy o‘simliklar ustun, asosan paxta va shakarqamish yetishtiriladi. Bu yerlarda hurmo palmasi,dum palmasi, Nil akatsiyasi tarqalgan. Papirus o‘simligi faqat mamlakat janubida qolgan.
Hayvonot dunyosi (qushlardan tashqari) ham boy emas. Cho‘lga hos bo‘lgan hayvonlar - chiyabo‘ri, gepard, antilopa, finik tulkisi, Misr mangusti, yumronqoziqlar, kaltakesaklar, ilonlar, zaharli hashoratlar uchraydi. Nilda timsohlar, gepopatamlar, yirtqich baliq- som, boyat va boshqalar yashaydi. Sohilbo‘yida laylaklar, yovvoyi o‘rdaklar, oq saplyalar, shuningdek pelikanlar, flamingolar, ivolgalar qishlaydi. Qizil dengizda delfin, akula, dengiz tashbaqalari ko‘p. O‘rta dengizda dengiz xo‘rozlari, sakkizoyoqlar, kalmarlar, merlanlar ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |