4. MustaqUlik davrida o‘zbek basketbolining rivojlanishi
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgan kundan boshlab yurti- mizda eng ommalashgan sport turlaridan bin bo‘lgan basketbol o‘ziga xos mazmun va yo‘nalishda rivojlana boshladi. O‘sha davrda soha bo‘yicha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan mutaxasis-rahbarlar, Respublika basketbol federasiyasi va trenerlar oldida o‘zbek basketbolini mustaqil rivojlantrish uchun xalqaro pog‘anaga ko‘tarish yo‘llarini izlash bilan tashkiliy ilmiy uslubiy va amaliy vazifalami hal qilish muomolari yuzaga keldi. Agar “ittifoq davrida terma jamoalarimizga o‘zga respublikalar basketbol klublarida “to‘p suruvchi” o‘yinchilami “keldi-ketdi” asosida jalb qilish anana sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, endi mahalliy basketbol ustalari, mutaxasis-trenerlar tayyorlash o‘zbek basketbol kulublari va terma jamoalarimizni Osiyo va jahon mikiyosiga olib chiqishdek murakkab masala ko‘ndalang bo‘lib turgan edi.
Lekin birinchi Prezidentimiz LA.Karimovning tashabbusi va uning bevosita rahbarligi ostida jismoniy tarbiya va sportni 1991- yildanoq davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari doirasiga kiritilishi, hamdo‘stlik davlatlari ichida 1992-yildayoq “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi” qonuni qabul qilinishi mamlaka- timizda ommaviy sportni, shu jumladan bolalar sportini ham, profesional sportni ham jadal rivojlanishiga turtki berdi. Bu borada o‘zbek basketbolida ham keskin ijobiy burilishlar ro‘y berdi. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi tasar- rufidagi awalgi “SSKA” markaziy harbiy sport klubi deb nomlana boshlandi va ushbu klub qoshida basketbol jamoasi tuzildi. Yurtimiz taraqqiyotini bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda rivojlantirish tamoyili sport jamoalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash, zaruriyatmi tug‘dirdi. Ushbu masalada ham mamlakatimiz rahbari tomonidan boshlab berilgan va bugungi kungacha bosqichma- bosqich amalga oshirilayotgan ijtimoiy iqtisodiy siyosat bolalar sportini ham professional sportni ham moddiy jihatdan qo‘llab- quvatlash imkoniyatini yaratdi.
O‘zbek basketbolini nafaqat yurtimizda, balki xalqaro maydonga olib chiqishda uning moliyaviy muammolarini hal etishda ilk bor namuna ko‘rsatgan “O‘zqurilishmexanizasiya” boshqarmasi shu nom bilan atalgan erkaklar basketbol jamoasini tashkil etilishiga asos soldi. Aynan shu tashkilot homiyligida “O‘zqurilish- mexanizasiya” basketbol jamoasi “Basketbolning vatani” bo‘lishi Amerika Qo‘shma shtatlariga uzoq muddatli musobaqa serialarini o‘tkazish uchun xizmat safariga yuborildi. Albatta bu safer jamoa uchun katta saboq bo‘ldi. 1991-yildanoq ushbu jamoa keyinchalik tashkil etilgan “SUM” jamoasi Respublikamiz birinchilklarida va sobiq ittifoq miqiyosidagi musobaqalarida ishtirok etib, o‘z mahoratlarini yanada shakllantirdi.
1992-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan trener AXAdisman, trenerlar A.M.Vlasov va S.G.Kamzalovlar rahbar- ligida “O‘zqurilishmexanizasiya” jamoasi mustaqil hamdo‘stlik davlatlri “MDH” birinchiligida ishtirok etib, 5-o‘rinni egalashga muaffaq bo‘ldi.
Shu yillardan boshlab erkaklar o‘rtasida muntazam o‘tkazi- ladigan milliy chempionatdan tashqari Mamlakat kubogi musoba- qalari joriy etildi. Birinchi kubok musobaqalarida Respub- likamizning turli viloyatlarida tashkil etilgan ko‘plab basketbol jamoalari ishtirok etgan bo‘lib, “O‘zqurilishmexanizasiya” Kubok sohibi bo‘lishga erishdi.
1992-yilda O‘zbekiston basketbol Federasiyasi (O‘BF) yangi maqomda qayta tashkil etilib, shu yili Xalqaro basketbol federasiyasi (XBF)ga teng huquqli a’zo sifatida qabul qilindi. Shu vaqtdan boshlab O‘BF yurtimizda ommaviy va professional bas- ketbolni rivojlantirish, uning tashkiliy, me’yoriy va uslubiy asos- larini takomillashtirishga “bosh-qosh” bo‘ldi. Turli yosh guruhlari va sport malakalariga mansub bolalar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalar, milliy chempionatlar, Kubok musobaqalari va o‘ta nufuzli xalqaro musobaqalar (Osiyo klub chempionatlari, Osiyo o‘yinlari, olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlariga saralov musobaqalari, va hokazolar)ga tayyorgarlik ko‘rish, tenna jamo- alarini shakllantirish ulaming faoliyatini nazorat qilish va boshqarish ishlariga aynan O‘BF yo‘lboshchilik qilib kelmoqda.
O‘zbekiston milliy chempionati ilk bor 1993-yilda o‘tkazildi mazkur chempionatda murabbiylar AXAdisman va S.G.Kamzalov rahbarligi ostida ishtirok etgan “O‘zqurilishmexanizasiya” jamoasi
birinchi o‘rinni olishga sazovar bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Buxoro jamoasiga (murabbiy I.I.Bumashev) nasib etdi. Uchinchi o‘rinni Respublika oliy sport mahorati maktabi jamoasi band etdi. Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, “O‘zqurilishmexanizasiya” jamoasida 1991- yil AQSHda o‘tkazilgan “Turne” musobaqalarida ishtirok etgan A. Vilgelm, A.Ryazanov, R.Djumaniyazov, B.Filyushkin,
D.Sheglinskiy, S.Demurin, O.Levin, S.Makshevlardan tashqari yana V.Telegin, A.Firsov, A.Kavardak va S.Gavrilovlar ham “to‘p surishdi”.
1992-yilda Toshkent shahrining birinchi milliy chempionatida murabbiy S.V.Taraborin rahbarligida inistitutaing “SKIF” ayollar basketbol jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shu yilning sentyabr oyida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro tumirga taklif etildi va ushbu musobaqalarda uchinchi o‘rinni olishga muyassar bo‘lishdi. “SKIF” klubi bas- ketbolchi qizlari asosida shakllantirilgan O‘zbekiston terma jamoasi yildan yilga o‘z mahoratini shaldlantirib borishga muvaffaq bo‘ldi.
1994-yilda “Elektromontaj poyezdi-757” (temir yo‘llami elektr- lashtirish) “SKIF” jamoasining homiysiga aylandi. Shu yilning o‘zida “SKIF’ Omsk shahrida o‘tkazilgan Sibir va Uzoq Sharq Kubogida ishtirok etdi. O‘zbekistonlik basketbolchilar Rossiyaning eng kuchli jamoasi Novosibirskning “Dinamo” jamoasiga 3 ochko, Omskning “Neftyanik” jamoasiga 2 ochko, Krasnoyarskning “Sheien” jamoasiga 8 ochkoni boy berib magiubiyatga uchradi. Lekin bu tumirda “SKIF” jamoasi o‘zining munosib raqib ekanini ko‘rsatdi, Yevropa darajasidagi Rossiya chempionatlarida yuksak o‘yin tajribasiga ega bo‘lgan Rossiyalik jamolarga u kattagina muammolar tug‘dirdi. Bizning qizlarimiz uchun bunday tumirlar mahoratni takomillashtirish vositasi sifatida suv bilan havodek zarur edi.
1994-yilning kech kuzida “SKIF” ayollar jamoasi Toshkentda tashkil etilgan Rossiya birinchi ligasining “Neftyanik” (Omsk), Toshkent shahrining yoshlar terma jamoasi “ROSMM-757”, Samar- qand shahri ayollar terma jamoasi ishtirokidagi tumirda qatnashdi. Bu musobaqada “Neftyanik” jamoasiga yutqazib, u ikkinchi o‘rinni egalladi. Samarqand terma jamoasi uchinchi bo‘ldi.
1994-yilnng kech kuzida O‘zbekiston kubogi bellashuvlarida murabbiylar S.V.Taraborin va G.X.Yakubov yetakchiligidagi ROSMM-757 g‘olib chiqdi. Yosh istiqbolli basketbolchi qizlardan tashkil topgan bu jamoa Respublikamizning birinchi jamoasi uchun asosiy zahira hisoblanadi. Tez orada bu guruhning o‘yinchilari
E.Mustafma, M.Ostashenko, I.Soy, I.Yunusova, A.Litkina, N.Raximovalar xalqaro darajada ham nom qozonishga ham muyassar bo‘ldi.
1995-yilda Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi kubogi musobaqalari o‘tkazildi, afsuski unda bor-yo‘g‘i uchta jamoa qatnashdi. ROSMM, ROSMM-757 va Angren shahrining yoshlar terma jamoasi. ROSMM-757 kubok sohibi bo‘ldi.
1995-yilning dekabrida Respublika Chempionatining birinchi turi bo‘lib o‘tdi, unda to‘rtta jamoa ishtirok etdi. ROSMM yoshlari, Samarqand va Andijon terma jamoalari. Bunda birinchi o‘rin ROSMM jamoasiga, ikkinchi o‘rin Samarqandliklarga, uchinchisi ROSMM yoshlariga nasib etdi.
O‘zbekiston ayollar basketbolida asta-sekin ahvol ijobiy tomonga o‘zgardi.
Keyingi 1996-yildagi Respublika chempionatida oltita jamoa qatnashdi. Jumladan, chempionat ishtirokchilari safiga endi Chirchiq va Guliston jamoalari ham qo‘shildi. Shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida O‘zbekiston Respublikasi spartakiadasi doirasida basketbol bo‘yicha ayollar tumiri o‘tkazilib, unda 12 ta jamoa ishtirok etdi. Birinchi o‘rinni Toshkent, ikkinchini Samarqand, uchinchini Navoiy shaharlari terma jamoalari oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |