II BOB. ELEKTRON KUTUBXONANING TASHKILIY TA’MINOTINI SHAKLLANTIRISH
2.1. O‘zbekistonMilliykutubxonasiningtashkiliyta’minoti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015 yillarda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot resurs xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatidan rivojlantirishni davom etttirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2011 yil 23 fevraldagi PQ-1487- sonly qarorini[3] bajarish yuzasidan Vazirlar mahkamasi qarori tarkibida elektron kutubxona to‘g‘risida namunaviy nizom ishlab chiqilgan bo‘lib, elektron kutubxonaning vazifalari va funksiyalari, axborot-kutubxona fondini shakllantirish, elektron kutubxona faoliyatini tashkil etish va shu kabi umumiy qoidalar belgilab o‘tilgan. Ushbu namunaviy nizomga [4] ko‘ra, elektron kutubxonaning asosiy vazifalari quyidagicha:
■ Kitobxonlarga taqdim etish qiyin bo‘lgan yoki cheklangan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
■ Faqat elektron shaklda mavjud bo‘lgan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
■ Katta hajmli axborot bilan ishlashda foydalanuvchilarga shart-sharoitlar yaratish;
■ Ximat ko‘rsatishning sifati va tezkorligini oshirish, foydalanuvchilarga Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari xizmatlari ro‘yhatini kengaytirish;
■ Kutubxona texnologiyalarini modernizatsiya qilish;
■ Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini jahon makoniga integratsiyalash;
■ Elektron axborot-kutubxona resurslarini uzoq muddat saqlash.
Mamlakatimiz miqyosida elektron kutubxonalar yaratishga kirishilgan bo‘lishiga qaramay, ularning rivojlanish darajasi tashkiliy ta’minotni to‘g‘ri tashkil etilishi muhim sanaladi. Elektron kutubxonalarni shakllantirishda, rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqishda uning tashkiliy ta’minoti, shakl
va uslublarini ishlab chiqish, O‘zbekistonda mavjud axborot-kutubxona muassasalari boshqaruvi faoliyatini yengillashtirish, kutubxona jarayonlarini tez va sifatli amalga oshirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, xodimlarning ish o‘rinlari, vazifalarini to‘g‘ri taqsimlash va kutubxona ishini samarali tashkil etish axborot- kutubxona faoliyatining asosiy tashkiliy masalalaridan biri hisoblanadi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi - axborot resurs markazi (keyingi o‘rinlarda Milliy kutubxona deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida milliy va jahon madaniyatini, fan va ta'limni rivojlantirish manfaatlari yo‘lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi umumdavlat universal axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi.
Milliy kutubxona o‘zining avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi (AIBS) ga ega bo‘lib, umumiy fondi 6,9 mln axborot resurlarini tashkil etadi (2.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |