Turizm industriyasining vujudga kelishi va rivojlanishi
Sayohatchilik to’g’risida qadimgi zamonlardan to hozirgi sanoatlashgan davrgacha fozil insonlarning xilma - xil fikrlari, qarashlari va g’oyalari mavjud. Diniy aqidalar bo’yicha sayohatchilik Ollohning dunyo sathiga Odam-ato va Momo-havoning bihishtdan ―majburiy‖ chiqarib yuborganlik davridan boshlanadi. Shu narsa aniqki, inson sayohatchi nomiga ega bo’lish uchun u o’zining yashash joyini o’zgartirib boshqa manzil, hudud yoki mamlakatga vaqtinchalik ketishini taqozo etadi. Bu sayohatchilikni oddiy alomatlari yoki belgilaridir. Dunyo xalqlarining qadimiy kezishlari, ziyoratchilik, savdo, dunyo bo’ylab sayohatlari ham huddi shunday kechgan.Ilk qadimiy davrlardan boshlab insonlar sayohat maqsadida yakka yoki birlashgan individiumlar, guruhlar yoki bir butun ekspedisiyalar tarkibida o’nlab, yuzlab, minglab bir manzildan, yurtdan yoki mamlakatdan boshqa joylarga o’tganlar, kunlab, haftalab, oylab, yillab piyoda, otda, tuyada, filda va boshqa xil vositalarida harakat qilganlar.Turizm industiriyasi iqtisodiyotning o’ziga hos sohalaridan biri hisoblanadi.Turizm bilan odamlar uzoq davrdan boshlab shug’ullanib kelmoqdalar. Turizm tarixi qadimgi davlatlardan bo’lgan Rim va Yunon Imperiyasi davrida sezilarli darajada rivojlangan. Bu davrlarda insonlar o’ziga yaqin va uzoq manzillarga, joylarga, teritoriyalarga va yurtlarga sayr, tomosho qilish, o’zga xalqlar hayoti bilan tanishish, bilish, o’rganish, xordiq va dam olish, davolanish, ziyorat qilish maqsadida sayohatga chiqqanlar, bunday kishilarni sayohatchilar deyishgan. Ularning faoliyati esa sayohatchilik deb nom olgan.
Demak, sayohat deganda biz insonlarni o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini malum bir yo’nalish, marshrut bo’yicha amalga oshirishlarini tushunamiz. Qadim zamonlardan buyon dunyo sayohatchiligi davom etgan va o’z taraqqiy bosqichlariga ega.Sayohatchilik to’g’risida qadimgi zamonlardan to hozirgi sanoatlashgan davrgacha fozil insonlarning xilma - xil fikrlari, qarashlari va g’oyalari mavjud. Diniy aqidalar bo’yicha sayohatchilik Ollohning dunyo sathiga Odam-ato va Momo-havoning bihishtdan ―majburiy‖ chiqarib yuborganlik davridan boshlanadi. Shu narsa aniqki, inson sayohatchi nomiga ega bo’lish uchun u o’zining yashash joyini o’zgartirib boshqa manzil, hudud yoki mamlakatga vaqtinchalik ketishini taqozo etadi. Bu sayohatchilikni oddiy alomatlari yoki belgilaridir. Dunyo xalqlarining qadimiy kezishlari, ziyoratchilik, savdo, dunyo bo’ylab sayohatlari ham huddi shunday kechgan. Ilk qadimiy davrlardan boshlab insonlar sayohat maqsadida yakka yoki birlashgan individiumlar, guruhlar yoki bir butun ekspedisiyalar tarkibida o’nlab, yuzlab, minglab bir manzildan, yurtdan yoki mamlakatdan boshqa joylarga o’tganlar, kunlab, haftalab, oylab, yillab piyoda, otda, tuyada, filda va boshqa xil vositalarida harakat qilganlar. Ayrim xalqlar uchun yurtlarda kezib yurush muhim istiqomat qilish joylaridagi tabiiy iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda o’nlab asrlar davomida vujudga kelgan yashash tarziga aylangan. Bularga Beunjilar (Pokiston, Afg’oniston), badaviylar, lo’lilar, qochqinchilar va boshqa ko’chmanchi xalqlar qiradi. Ular sayohatga chiqmaganlar, balki asosan kun ko’rishning moddiy vositalariga ega bo’lish yoki ish topish maqsadida kezganlar. Bunday kezishdan maqsad ochdan o’lmaslik uchun bir yurtdan ikkinchi yurtga o’tganlar. Bunday kezishlik sayohat shakliga o’xshasa ham lekin sayohat emas edi. Ammo, ko’p asrlik tarix silsilalarida insonlar o’zga joylar, manzillar,yurtlarni ko’rish, tanishish, bilish, o’rganish, savdo-sotiq, ziyorat qilish, yangi-yangi yerlarni sayohat maqsadida kashf etish, yangi harakat yo’llarini ochish, moddiy boyliklar zahiralaridan bahramand bo’lish, yoki ularga ega bo’lish uchun intilganlar. Bunday ezgu harakatlar sayohat shaklida amalga oshirilgan. Lekin yaqin va eng uzoq joylar, territoriyalar, kontinentlarni tom ma’noda kezgan, betakror sayr etgan, o’sha davrda aqlga sig’maydigan sayohat qilgan mashhur kishilar bo’lgan. Masalan, eramizdan oldin VI–V asrda yashagan geografiya va tadqiqotchi olim Piffiy Fransiyaning Marsel shahridan chiqqan bo’lib, Yevropa bo’ylab sayohatga borgan. U Britaniya oroli atrofidan to Islandiyagacha bo’lgan joyni piyoda bosib o’tgan va Okean to’g’risida‖ degan asarini yozib qoldirgan.Ayrim mutaxasssislar va iqtisodchi olimlarning fikricha, insonlarning hamkorlikda bo’lgan mehnat faoliyatlarning tashkil etish va boshqarishning ilk shakllari ham ibtidoiy jamoa tuzumida mavjud bo’lgan. Bu davrdagi boshqarish urug’, kabila, jamoa a’zolari bilan birgalikda amalga oshirilgan va urug’, kabila oqsoqollari usha davrning rahbar timsoliga aylangan.
Rim va Yunon imperiyalarining tanazzulga yuz tutishi bilan safar va sayohatga chiquvchi odamlarning miqdorini kamayib ketishiga olib keldi. Bu davrlarda sayohatga chiqish juda og’ir, murakkab va shu bilan birga o’ta havfli bo’lgan.Ko’p asrlar o’tsa ham qadimiy ilk mehmonxonalar tarzi o’zgarmagan.Asosan, bu joylashuv vositalari otlar uchun atrofi o’ralgan, ikki qavatli bino bo’lib, birinchi qavatda qahvaxona va ikkinchi qavatda esa yotoqxona bo’lgan. Ularda sayohatchilarga xizmat ko’rsatish uchun yopiq va ochiq yo’laqlar, moslamalar qurilgan. O’sha vaqtlardan boshlab sayohatchilarga boshqa turli maishiy xizmatlar ko’rsatishlari mehmonxona egalari va oila a’zolari hamda mayda hunarmandlar tomonidan ko’rsata boshlandi. Endi mehmonxonalarda faqatgina tunash va ovqatlanish xizmatlari emas, balki dam olish, kir yuvish, xordiq chiqarish va boshqa madaniy-maishiy xizmatlarga bo’lgan sayohatchilar ehtiyojlari qondira boshlandi. Buning natijasida pulga ko’rsatiladigan xizmatlar miqdori yillar o’tishi sayin ko’payib bordi, turistik mehmonxona majmualari vujudga keldi. Ixtisoslashgan turistik tashkilotlar, vositilar, agentliklar, turistik ekskursiya ob’yektlari paydo bo’la boshladi.Bularning hudud,mamlakat va dunyo bo’yicha boshqarish masalalari ob’yektiv holda ko’ndalang bo’lib qoldi.Kishilik jamiyati taraqqiy etishi bilan chuqur iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va fan texnika taraqqiyoti sababli sayohatchilik ham o’zgarib borgan. Boshqa shakllarga ega bo’lgan. Ayniqsa insoniyat hayot yo’lida fan texnika taraqqiyoti tufayli sayohatchilik shakllari bir turdan, ikkinchi turiga o’tib turgan. Masalan. agarda qadim zamonlardan sayohatchilkning asosiy harakat vositasi ot, eshak, tuya va boshqa hayvonlar bo’lgan. O’rta asrlarda arava, foytun, har xil moslashgan g’ildiraqlar bo’lgan bo’lsa hozirgi zamonda sayohatchilar samalyot, poyezd, avtomobillar, paraxodlar hisoblanadi. Vaqt o’tishi bilan turizm sohasi sayohatchilikdan turizm ko’rinishiga o’ta boshladi. Kishilik jamiyati taraqqiyot yo’lida ilk marotaba fan, texnika inqilobi vujudga kelib suvning bug’ kuchi energiyasidan foydalanish natijasida Angliyada to’qimachilik sanoatida Jinni degan mexanik mashinasi vujudga keldi. Buning natijasida hunarmandchilik sanoatida katta o’zgarishlar vujudga keladi.So’ngra fan-texnika inqilobi natijasida ichki yonar dvigatellari va elektr kuchidan foydalanish tizimlari vujudga keldi. Bunda ommoviy ravishda avtomobilsozlik, samolyotsozlik va tez yurar poyezdlar paydo bo’ldi. Keyinchalik fan – texnikaning rivojlanishi yadro energiyasi bilan ishlash, kompyuterlashtirish bilan bog’liqdir. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turizm industriyasi davri boshlandi. Bu davrda yer sharining aholisi ikki martobaga ko’paydi. Aholining o’sishi ularning yashab turgan joylaridan boshqa yurtlarga borishlarini tezlashtirdi. Ommaviy turizm rivojlanishiga ulkan qurilishlar va texnika progressi katta turtki bo’ldi. Buning natijasida shaharlar aholisining soni tez o’sib bordi. 1830 yilda Angliyaning Manchester va Liverpul shaharlari o’rtasidagi temir yo’lning qurilishi turizm chegarasini o’zgartirib yubordi.
Dunyoning ko’proq yirik shaharlarida shakllanib kelgan o’rta hol sinf vakillari turizm sanoatning xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarida band bo’lgan va daromadlar miqdori doimo oshib borganligi sababli sayohat, dam olishga ko’proq imkoniyat yaratiladi. Dam olish vaqtini maroqli o’tkazish ehtiyoji va imkoniyatlarni ko’payib borish talabi o’z o’rnida taklifni vujudga keltirdi va ko’ngil ochish, o’yin-kulgi industriyasini shakllantirdi.
Sayohatning u qadar yoyilmagan va uning infratuzilmalari taraqqiy etmagan vaqtda turistik sayr-safarlar oz bo’lgan va sayohatchilarning dam olishlarini tashkilotchilari faoliyat ko’rsata boshlagan. Sekin-asta mamlakat, hudud, shahar, qishloq miqyosida qandaydir ―turistik majmua‖ va kishilarning bunga bo’lgan ehtiyojini tug’dira boshlagan. Dastavval kishilarning bunga bo’lgan ehtiyojini transport agentliklari bajarganlar. Shu bilan birgalikda sayohat industriyasi evolyutsiyasi va tijorat ishlarining keng yo’lga qo’yilishi turizm tashkilotchilarning transportga bo’lgan ehtiyojlari sayohatchilarni mehmonxonalarga joylashtirishni ta’minlash zarurati tug’ilgan.
Shunday qilib, odamlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining doimiy o’sib borishi sayohatchilik bo’yicha pulli xizmat ko’rsatuvchi turistik korxonalarining va o’z o’rnida turizm tashkilotchilarini paydo bo’lishiga olib keldi. Aholining ko’proq qismi sayohatga bo’lgan talabini qondirish va uning sayohati dasturini ishlab chiqish turistik tashkilotchilariga ishonib topshirganlar. Bu jarayon faoliyat ko’rsatadigan Transport Kompaniyalarining turistik bozorga bo’lgan ulushini keng aytirishga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |