Shahardan tashqarida ekskursiya avtobusda va piyoda tashkil etilishi mumkin. Avtobusli ekskursiyalar odatda 100 km dan uzoq bo‘lmaydi. Piyoda ekskursiyada guruhni aniq joygacha maxsus transportda olib boriladi, so‘ng qolganida ular piyoda borishadi (Masalan,poyezd, vertolyot, teploxodda). Shahardan tashqari ekskursiyalar bir necha xil bo‘ladi.
Birinchidan, ekskursiya faqat oxirgi punktda o‘tkaziladi (o‘rmon, tog‘, kichik shahar).
Ikkinchidan, ekskursiyada yo‘l-yo‘lakay diqqatga sazovor joylar marshrut bo‘ylab ko‘rsatiladi.
Uchinchidan, har ikkisini umumlashtirilgan holda o‘tkaziladi. Bunda ekskursiyani oxirgi punktida guruhni qabul qilib oluvchi turistik tashkilot gidi yoki muzey xodimlari ekskursiyani olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |