Fakulteti buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit kafedrasi



Download 206,06 Kb.
bet4/7
Sana28.03.2022
Hajmi206,06 Kb.
#515110
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SMM-51 guruh talabasi Matxoliqova G.

Asosiy vositalar hisobi holatini tekshirganda tahliliy hisob to‘g‘ri tashkil etilganligiga ishonch hosil qilish lozim.


2. Asosiy vositalar texnik holatining tahlili
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida muassasa ishini to‘g‘ri tashkil etish va raqobatbardosh xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan muammolardan asosiysi bu asosiy vositalarning texnik holatiga to‘g‘ri baho berish hisoblanadi. Sababi yil davomida zamonaviy asosiy vositalar kirimi tufayli asosiy vositalar tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu esa bir tomondan asosiy vositalarning ortishiga, ikkinchi tomondan ularning ma’naviy yoki jismoniy eskirishi hisobiga kamayishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarni ijobiy hal etish uchun asosiy vositalarning texnik holatini tahlil qilib borish zaruriyati tug‘iladi.
Asosiy vositalarning texnik holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi:
asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;
asosiy vositalarning eskirish darajasi;
asosiy vositalarning yangilanish darajasi.
Asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi foiz ko‘rinishida quyidagi tartibda aniqlanadi:

Bu yerda: Ayaq – asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;
Aqq – asosiy vositalarning qoldiq qiymati;
Abq – asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati;
Asosiy vositalarning eskirish darajasi foiz ko‘rinishida quyidagi tar-tibda aniqlanadi:

Bu yerda: Aed – asosiy vositalarning eskirish darajasi;
Aeq – asosiy vositalarning eskirish qiymati.
Asosiy vositalarning yaroqlilik va eskirish koeffitsiyentlari yig‘indisi koeffitsiyentda 1,0 ga, foizda 100 ga teng bo‘ladi.
Asosiy vositalarning yaroqlilik ko‘rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ularni tartiblash bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya siyosati-ga, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo‘yilgan va konservatsiya qilingan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor qaratiladi.
Asosiy vostalarning holat ko‘rsatkichlari har bir turi va jami bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 1-shakl “Buxgalteriya balansi” va 3-shakl “Asosiy vositalarning harakati to‘g‘risida”gi hisobot shakllaridan olinadi.
Asosiy fondlarning yangilanish dinamikasi va mehnatning fond bilan qurollanishi tahlili
Asosiy vositalarning yaroqlilik ko‘rsatkichlari ularning harakat ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi.
Asosiy vositalarning harakat ko‘rsatkichlariga ularning yangilanishi va chiqib ketishi koeffitsiyentlari kiritiladi. Asosiy vositalarning yangilanish koeffitsiyenti joriy davrda yangi kiritilgan asosiy vositalar qiymatini asosiy vositalarning yil oxiridagi qiymatiga bo‘lish orqali topiladi. Asosiy vositalar-ning chiqib ketish koeffitsiyenti joriy davrda chiqib ketgan asosiy vositalar qiymatini ularning yil boshidagi qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
Ushbu koeffitsiyentlar aniqlanishi quyidagi formulalar orqali ham ifodalash mumkin.
Asosiy vositalarning yangilanish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi:

Bu yerda:
Ayak – asosiy vositalarning yangilanish koeffitsiyenti;
Iyqav – ishlab chiqarishga yangidan qabul qilingan asosiy vositalar qiymati;
Abq – asosiy vositalarning yil oxiridagi boshlang‘ich qiymati.
Asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsiyenti quyidagi tartibda aniqlanadi:

Bu yerda:
Achk – asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsiyenti;
Jchav – joriy davrda chiqib ketgan asosiy vositalar qiymati;
Aybq – asosiy vositalarning yil boshiga bo‘lgan qiymati.
Bu tarkiblashni asosiy vositalarning jami qatori va har bitta tarkibi bo‘-yicha berib o‘tish mumkin. Tahlil jarayonlarida asosiy vositalarning yangilash va ishlab chiqarishdan chiqarish sabablariga ham e’tibor beriladi. Bunda korxonaning asosiy vositalarini yangilash manbalari:
kapital qo‘yilmalar va investitsiyalar;
xususiy kapital o‘sishi;
uzoq muddatli kreditlar va qarzlar;
maqsadli moliyalash va subsidiyalar;
tekinga olingan asosiy vositalar;
grantlar va boshqa manbalar hisoblanadi.
Asosiy vositalarni ishlab chiqarishdan chiqarish sabablariga quyida-gilarni kiritishimiz mumkin:
asosiy vositalarning ma’naviy eskirishi;
asosiy vositalarning jismoniy eskirishi va foydalanishi uchun yaroq-siz holatga kelishi;
asosiy vositalarining ortiqchaligi;
asosiy vositalarni sotish;
o‘g‘irliklar, yo‘qotishlar va boshqa chiqimlar.
Bugungi kunda budjet muassasalaridagi asosiy vositalarning texnik holati va harakat ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish bilan bir qatorda, muassasaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi darajasini hamda xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganligi darajasini ham tahlil qilib borish maqsadga muvofiq.
Budjet muassasalarida asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik yoki qurol-langanlik darajasi deb xizmat ko‘rsatishning me’yor darajasida mehnat vosi-talari bilan ta’minlanganligiga aytiladi. Asosiy vositalarning turi xizmat ko‘r-satish sohasi faoliyatiga qarab turkumlanadi. Masalan, sog‘liqni saqlash tizimida:
o‘rin-joylar;
kompyuterlar;
tashxis qo‘yish apparatlari;
jarrohlikni amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy vositalar;
tish davolash, ko‘z kasalliklari va boshqa kasalliklarni davolash uchun ishlatiladigan asosiy vositalar mavjud.
Muassasaning mehnat vositalari bilan ta’minlanganligini quyidagi jihozlarini farqlash lozim:
o‘ziga tegishli bo‘lgan mehnat vositalari bilan ta’minlanganligi;
ijaraga olingan mehnat vositalari hisobiga ta’minlanganligi.
Xulosa qilib aytganda, muassasa ikkala holatda ham asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikning me’yor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi mumkin.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik tahlilida muassasada asosiy vosita-larning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan mutlaq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.
Budjet muassasalarida asosiy vositalar bilan qurollanganlik ko‘rsat-kichlari xizmat ko‘rsatish turiga qarab baholanadi, masalan, poliklinikalar-da har bir ish o‘rniga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalar, shifoxonlarda ka-sallik turi bo‘yicha har bir bo‘limini asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi aniqlanadi. Asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi. Ya’ni muas-sasaga faqat miqdor ko‘rsatkichlari orqali emas, balki sifat ko‘rsatkich-larini ham o‘rganish bilan baho beriladi.


Download 206,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish