1.3 Ishlab chiqarish korxonalarining maqsadi va vazifalar
Korxona- bozor iqtisodiyotining subyekti sifatida. Inson ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyatda doimiy ravishda resurslarni ishlab chiqaruvchi, yaratuvchi, o’z faoliyati doirasida yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik, iste’dod va boshka vositalardan foydalanuvchi turli korxonalar faoliyat kursatadi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish, iqtisodiyot salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga o’tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni isloh qilishning beshta tamoyiliga asoslangan hamda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi zaruriy qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga katta ro’l ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo’g’ini bo’lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko’rsatish tufayli iste’molchilarning talablarini ham qondiradilar. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo’lib, o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi. Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida turli xil mulkchilik shakliga ega bo’lgan 500 mingta xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt mavjud bo’lib, ulardan qariyb 280 mingini kichik korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil etadi. Korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq xo’jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) sohalarida ro’yxatga olingan. Jami korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog’i katta bo’lib, 82 %ni tashkil qiladi.2 O’zbekistonda ko’plab kichik, va yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ular iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini – og’ir sanoatdan yengil sanoatgacha, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan ilmiy ishlab chiqarishgacha qamrab olgan. Korxona rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi, daromad hajmi va boshqa moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida Nizom jamg’armasi ko’paytirilishi mumkin. Umuman olganda, Nizom jamg’armasi korxonaning iqtisodiy barqarorligi va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi. Amaldagi qonunchilikka asosan korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan keyingina huquqiy shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro’yxatidan o’tish uchun birinchi o’rinda quyidagi hujjatlar ahamiyatga ega bo’ladi: muassisning arizasi; korxonaning Nizomi; korxonani tashkil qilish haqida qaror yoki muassislar shartnomasi; davlat bojini to’laganlik haqida kvitantsiya va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |