Kurs ishining dolzarbligi. Davlatimiz mustaqilligi davrida dehqon bozorlarida ham yuk tashish transporti bazasini mustahkamlash, yuk yetkazuvchilar va buyurtmachilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, respublikaning yirik sanoat shaharlari va qishloq tumanlari markazlarida faoliyat ko‘rsatayotgan bozorlar hududlarida ham qulaylashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi.
Bundan tashqari, ayrim shaharlarda, viloyatlar va yirik tuman markazlarida ham dehqon bozorlarini buzib tashlash, qayta qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi, ularning o‘rnida barcha zarur muhandislik- kommunikatsiya infratuzilmasiga hamda sotuvchilar va xaridorlar uchun qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy obod bozor majmualari barpo etildi va ularga yuk tashish transportlari topish osonlashtirildi.
Qaror bilan dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan: birinchi – dehqon bozorlari hududida zamonaviy savdoning barcha talablariga javob beradigan 3 qavatli gipermarketlar (9), 2 qavatli supermarketlar (28), 1 qavatli supermarketlar (126) va minimarketlar (79), shuningdek, ularga tutash hududlarda avtomobillarga mo‘ljallangan avtoturargohlar barpo etish; ikkinchi – sendvich-panellardan keng foydalangan holda yengil konstruksiyali yig‘ib-teriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotishga ixtisoslashgan savdo pavilyonlari qurish; uchinchi – 59 ta samarasiz va zarar ko‘rib ishlayotgan dehqon bozorlarini optimallashtirish, keyinchalik ularning hududida zamonaviy savdo va oziq-ovqat obyektlari qurish. Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, quyidagilar loyihalarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: respublikaning qishloq tumanlaridagi dehqon bozorlari hududida tashkil etiladigan savdo majmualari qurilishi, ular hududini obodonlashtirish va avtoturargohlar tashkil qilishga – “O‘zmilliybank” mablag‘lari; yirik shaharlardagi dehqon bozorlari hududida tashkil etiladigan savdo majmualari qurilishi, ular hududini obodonlashtirish va avtoturargohlar tashkil qilishga – birinchi navbatda tadbirkorlar mablag‘lari hisobiga, shu jumladan, tijorat banklarining kamida 5-yil muddatga beriladigan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshirilmaydigan stavka bo‘yicha kredit mablag‘lari; respublikaning shahar va tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon bozorlari hududida quriladigan savdo majmualarining yonida tashkil etiladigan sendvich- panellardan keng foydalaniladigan yengil konstruksiyali savdo pavilyonlarini tashkil etishda – “O‘zmilliybank” mablag‘lari.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Dasturni amalga oshirishga jami 746 milliard so‘m, shundan 631,5 milliard so‘m “O‘zmilliybank” mablag‘lari va 81,5 milliard so‘m tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklarining imtiyozli kredit resurslari jalb etiladi. Eng muhimi, respublikaning qishloq tumanlarida faoliyat ko‘rsatib turgan dehqon bozorlari hududida tashkil etiladigan 3 ta 3 qavatli gipermarket, 21 ta 2 qavatli va 116 ta 1 qavatli supermarket hamda 63 ta minimarket qurilishi “O‘zmilliybank” tomonidan amalga oshirilib, keyinchalik mahalliy hokimliklar bilan birgalikda,joylardagi moliyaviy barqaror tadbirkorlarga xususiy mulk sifatida sotilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, respublika shaharlarida quriladigan 6 ta zamonaviy gipermarket, 17 ta supermarket hamda 16 ta minimarket qurilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tavsiya etilgan moliyaviy barqaror bo‘lgan mahalliy tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.
Dehqon bozorlari hududida quriladigan 531 ta zamonaviy va ixcham yengil temir konstruksiyalardan foydalangan holda yig‘ib-teriladigan savdo rastalarining qurilishini moliyalashtirish, shuningdek, “O‘zmilliybank” mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 2017-yilning 1-aprelidan boshlab respublika hududlarida 50 ta va undan ortiq savdo o‘rinlari mavjud bo‘lgan barcha dehqon bozorlarida davlat soliq xizmati organlarining xodimlari tomonidan yig‘imning to‘liqligini har kuni tekshirgan holda faqat bank tizimi orqali bir martalik yig‘imlar undirilishining avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olinishi majburiy tartibda joriy etiladi va shuning uchun ham ularga har doim yuk tashish transportlari kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |