Fakultet: bank ishi,bia-80-guruh


HAMKORBANK bankining moliyaviy faoliyati samaradorligi tahlili



Download 290,96 Kb.
bet4/6
Sana23.07.2022
Hajmi290,96 Kb.
#844784
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 5014930670963655295

5. HAMKORBANK bankining moliyaviy faoliyati samaradorligi tahlili;

Hamkorbankning 2019 yil va 2020 yildagi aktivlarini o’garishning moliyaviy hisobotdan va jadvalga solingan shakli tasvirlangan. Bank aktivlari holatini taxlil qiladigan bolsak eng likvid sanalgan kassadegi naqd pullar yil davomida:



No

Ko’rsatkichlar



2019 yil


2020 yil


Farqi,


Qoldigi mln som

Qoldiq mln som

mln som

1


Soliqdan oldingi foyda

402,620,608

487,385,396

84,764,788

2


Yillig daromad jami daromad

325,995,977

383,002,915

57,006,938

3


Jami kapital

8,823,076,219

10,287,089,495

1,464,013,276

4


Foiz va shunga o’hshash daromadlar

625,469,863

780,367,760

154,897,897

5

Investitsiya faoliyatidan foydalangan sof pul mablagi

84,874,217

66,255,110

-18,619,107

6


Mijozlarga kriditlar,lizing,boshqa aktivlar

393,636

2,514,859

2,121,223




2-rasm. Quydagi diagrammada bank jami aktivlarining o'zgarish dinamikasining ko'rishimiz mumkin

6. Hamkorbank banking investitsion loyihalarni amalga oshirishdagi ishtiroki
Yildan yilga «Hamkorbank»ning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi faollashib bormoqda, ular orasida: Хalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (Jahon banki guruhi), Хalqaro moliya Korporatsiya (Jahon banki guruhi), Хalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (Jahon banki guruhi), Yevropa qayta tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Хususiy sektorni rivojlantirishning Islom korporatsiyasiOldinlari tuzilgan shartnomalar bo’yicha Хalqaro moliya Institutlarining uzoq muddatli sarmoyalarini jalb qilish shuningdek yangi loyihalarda qatnashish masalalarini ishlab chiqish bankning mikromoliyalashtirish, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, savdo moliyalashtirishidagi faoliyatini kengaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari rivojlanishdagi muhim turtki bo’lib bankka turli faoliyat sohalarida texnik yordam ko’rsatish bo’ldi. Хususan, 2011 yilda bank aksioneri bo’lmish Хalqaro Moliya Korporatsiyasi yordamida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha maslahatchilar jalb qilindi.2021 yil 31 avgust kuni Chet-el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aktsiyadorlik tijorat banki tashkil etilganligiga 30 yil to‘ldi. Aynan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e’lon qilingan kun - 1991 yilning 31 avgust kuni Andijon shaxrida nodavlat aktsiyadorlik tijorat banki sifatida tashkil etilgan.
Bugungi kunga kelib bank Respublikaning barcha xududlarida faoliyat yuritayotgan 46 ta filialiga, shuningdek, mijozlarga yanada yakinrok bo‘lish maqsadida respublikaning chekka shaxar va tumanlarda ham 100 dan ortiq “Bank xizmatlari ofislari”ga ega. Shuningdek, bank bo‘linmalarida hamda Respublika shahar markazlarining aholi gavjum joylarida 130 dan ortiq 24 / 7 o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shahobchalari faoliyat yuritmoqda. Aynan bankning 30 yilligi arafasida - sentyabr oyida 47 chi filial - banking Mirobod filiali o‘z faoliyatini boshlaydi.
Bank xayotidagi yorqin hodisa va yutuqlar ichida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: 2000 yilda bank Respublikada birinchilardan bo‘lib xalqaro standartlar asosida audit o‘tkazgan. Asosiy maqsad - xalqaro miqyosda faoliyat olib boruvchi nufuzli moliya institutlariga bank “ochiq”ligini namoyon etish, ularni jalb etish. Natijada 2001 yili Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) Hamkorbankga davlat kafolatisiz kredit liniyasini taqdim etdi. Ushbu kredit liniya mablag‘lari xususiy sektorni rivojlantirish va kichik
biznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. IFC bilan namunali hamkorlik ko‘plab boshqa nufuzli xalqaro moliya institutlarining bankka bo‘lgan ishonchini mustahkamladi. Natijada o‘sha yilning o‘zida Jaxon banki hamda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunga kelib bank 20 ga yaqin xalqaro moliya institutlari va to‘lov tizimlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.
Hamkorbank yillar davomida chet el kapitali ishtirokidagi bank sifatida e’tibor qozondi. Ushbu jarayon 2010 yilda boshlangan - Xalqaro Moliya Korporatsiyasi Hamkorbank aktsiyadori bo‘ldi. 2014 yilda Gollandiya Taraqqiyot Banki (FMO) Bankning ikkinchi xorijiy aktsiyadoriga aylandi va Hamkorbank chet el kapitali ishtirokidagi bank maqomiga ega bo‘ldi. Aynan shu yildan Osiyo Taraqqiyot Banki, Germaniya Taraqqiyot Banki, Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi va Islom Xususiy Sektorni Rivojlantirish Korporatsiyasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 2018 yilda esa “ResponsAbility Investments” xalqaro investitsion kompaniyasi ham bankning aktsiyadorlari qatoriga qo‘shildi.
Hamkorbank 30 yil davomida barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha tezkor sur’atlar bilan o‘sish hisobiga bank tizimidagi o‘z o‘rnini doimiy mustahkamlashga erishdi. Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Hamkorbank mamlakatimizning TOP-10 banklar qatoriga kiruvchi davlat ulushi bo‘lmagan bankdir. Bank aktivlari oxirgi 5 yilda 2,8 barobar, kredit portfelining salmog‘i 3,4 barobar, depozit portfelining salmog‘i 1,4 barobarga, bank kapitalining salmog‘i esa 3,8 barobar o‘sishiga erishdi.
Bank har bir mijozga individual yondashib, ularga xizmat ko‘rsatishda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli xamkorlik tamoyillariga asoslanadi xamda “Birgalikda yuksalish sari” shiori ostida faoliyat olib bormokda. Bank bugungi kunda 1 mln 600 mingdan ortiq jismoniy shaxslarga hamda 40 mingga yaqin yuridik mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Hamkorbank 30 yil davomida o‘z tarmoqlarini respublika hududlari bo‘yicha kengaytirish bilan birga o‘z jamoasini ham kengaytirdi. Faoliyatini 15 kishi bilan boshlagan bankda bugunga kelib Respublika bo‘ylab bank ofislarida 3 350 nafar xodimlar samarali mehnat qilmoqda.


Download 290,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish