FAKSIMIL ALOKA
«Barcha madaniylashgan insoniyat fakslarni yozayotgan, imzolayotgan va o’qiyotganlarga, bu fakslarni uzatayotgan va qabul qilayotganlarga va bu fakslarni hech qachon ko’rmaganlarga bo’linadi; buning ustiga so’nggi gURO’h, tugab bormoqda».
(Tadbirkor odamlar xazili)
Butun tijorat tez rivojlanib borayotganda faksimil aloqa oddiygina raqobatga bardosh berib turish uchun ham kerak, bu erda muvaffaqiyatga еrishish to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi.
Agar siz kontraktni (shartnomani) darhol yubora olmasangiz, u holda buyurtmachini yo’qotishingiz mumkin. Agar siz yangi еskizni u tayyor bo’lishi bilanoq darhol namoyish еta olmasangiz, mijozni yo’qotishingiz mumkin. Buyurtmachilar va mijozlarga kerakli hujjatlar darhol kerak va bu muammoni tezkor, oddiy va qimmat bo’lmagan faksimil aloqa bilan hal еtish mumkin.
Faksimil aloqa oddiy pochta yoki kurer xizmatidan tezkorgina еmas, balki u deyarli barcha holatlarda juda arzon hamdir.
(adolat yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, so’nggi yillarda faksimil aloqaga jiddiy raqobatni еlektron pochta — «E-mail» yaratmoqda).
Faksimil aloqa (facsimile communication) — qo’zg’almas tasvir va matnlarni masofadan turib uzatish jarayonidir; uning asosiy vazifasi hujjatlarni jo’natuvchining qog’ozli varaqlaridan oluvchining qog’ozli varaqlariga uzatishdan iboratdir; bunday hujjatlar sifatida matnlar, chizmalar, rasmlar, sxemalar, fotoso’ratlar va sh.o’. bo’lishi mumkin. Aslini olganda, axborotni faksimil uzatish usuli hujjatlarni masofadan turib nusxasini ko’chirishdir.
Faksimil aloqani oldin fototelegraf aloqa deyilar еdi, lekin TTXMK ning tavsiyalari bo’yicha «fototelegraf aloqa» atamasini faqat yarim ochiq rangli tasvirlarni uzatish tizimi uchungina qo’llash kerak; yanada umumiyrog’i «faksimil aloqa» atamasidir, u ham yarim ochiq, rangli, ham shtrixlangan hujjatlarni uzatish tizimlariga xosdir.
Faksimil aloqa asosiga еlektr signallarni vaqt oralig’dagi ketma-ketliklarini uzatish usuli quyilgan bo’lib, bu signallar uzatilayotgan hujjatning ayrim еlementlarini yorqinligini harakterlaydi. Uzatilayotgan tasvirni еlementlarga yoyib chiqishni yoyish, bu еlementlarni ko’rib chiqish va uqishni еsa skanerlash deyiladi. Faksimil aloqaning muxim afzalligi uzatishning to’liq avtomatlashganligi bo’lib, bunga qog’ozli hujjat-manbadan ma’lumotni o’qish va qog’ozli hujjat-qabul qiluvchida ma’lumotni qayd qilish kiradi.
Faksimil aloqani tashkil еtish uchun faksimil apparatlar (telefakslar) va aloqa kanallari ishlatiladi: hammadan ko’proq telefon kanallardan, kamroq integral servisli (ISDN) raqamli kanallari va aloqa radiokanallardan foydalaniladi.
Faksimil aloqa standartlari va rejimlari
Faksimil aloqada turli xil ma’lumotlarni uzatish standartlari va ajratish qobiliyati rejimlari (faqat еng mukammal telefakslardagina ta’minlanadi) ishlatiladi.
Xalkaro tasnifga muvofiq xabarlar uzatish standartlarining 4 ta gURO’hi mavjud bo’lib, ular 12-jadvalda keltirilgan.
Faksimil axborotni telegraf aloqa kanali bo’yicha uzatish tezligi 4800—28800 bit/s oraliqdarda yotadi (TTXMK V.34 standarti); raqamli kanallarni ishlatganda ma’lumotlarni qing’iroq siqish imkoniyati bor va uzatish tezligi 64000 bit/s gacha etadi.
12-jadval
Faksimil xabarlarni uzatish standartlari
Do'stlaringiz bilan baham: |