- Paskal tilida dastur tuzilmasi Algoritm va dastur ikkita asosiy qismdan (bo`limdan) tarkib topadi a) amallarning tavsifi b) amallardagi berilgan ma`lumotlarning tavsifi Amallar operatorlar sifatida ishlatiladi, berilgan ma`lumotlar esa dasturda sarlavha va tana qismlardan iborat bo`ladi. Tana tushunchasi blok deb ham yuritiladi. Dastur sarlavhasida nom va uning paramertlari beriladi. Xususiy holda bular - (fayl) o`zgaruvchilari va ular hisob-kitoblar argumenti va natijasi hisoblanadi. Blok oltita qismdan tarkib topgan. Ulardan ixtiyoriysi (operatorlardan tashhari) bo`lmasligi mumkin. Blokdagi qismlar quyidagi tartibda kelishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |