Facebook O’zbekistondagi eng yirik soliq to’lovchi xorijiy kompaniya bo’ldi
DSQ xabaricha, 2021-yilning dastlabki choragida Facebook qariyb 6 mlrd so’m soliq to’lagan. Google — 3,4 mlrd, Apple — 1,9 mlrd.
Foto: Niall Carson / PA Wire / Zuma Press / Wall Street Journal
Davlat soliq qo’mitasi 2021-yilning 1-choragi bo’yicha soliq to’lagan xorijiy kompaniyalar ro’yxatinitaqdim etdi.
Unga ko’ra eng ko’p soliq to’lagan kompaniya Facebook bo’ldi (qariyb 6 mlrd so’m). Keyingi o’rinlarda Google — 3,4 mlrd, Apple- 1,9 mlrd, Netflix- 190 mln, Booking.com — 181 mln, Яндекс — 136 mln so’m soliq to’lashdi.
2021-yilning 1-apreldagi holatiga ko’ra xalqaro kompaniyalar soni 26 tani tashkil etadi. Birinchi chorakda esa davlat byudjetiga 4,3 mlrdlik soliq tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |