http://t.me/MajburiyFanlarDTM
F. Saydullayeva
1. Shunda men atrofdagi odamlarni
sanab sanog‘iga yetolmagandim.
Ushbu gapdagi so‘zlar imlosida necha
o'rinda fonetik o‘zgarish sodir bo‘lgan?
A) 5 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 4 ta
2. Vatan xoinlari hech qachon
kechirilmas. Bu xoinlikning eng og‘ir
gunoh sanalishini unutmang. Ushbu
gapda faqat qo'shimcha qismida tovush
o‘zgarishi ro‘y bergan so‘zning sintaktik
vazifasini toping.
A) hol
B) aniqlovchi
C) to‘ldiruvchi va kesim
D) kesim
3. So'zlarning ochiq bo‘g‘inlari keng
unlilar bilan tugagan gapni aniqlang.
A) Ko‘z qayerda bo‘lsa, aql ham o‘sha
yerda.
B) Uning boyligi sira tugamas ekan.
C) Kishining hurmati o‘z qo'lida.
D) Uydan maktabga bora boshladim.
4. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi
tovush tushish hodisasi to‘g‘ri
izohlangan?
Sening tug‘ilib o'sgan qishlog‘ingdan
ayrilmasligingni bilar edim.
A) 2 o‘rinda sintaktik shakl yasovchi
qo'shimcha qo‘shilishi
B) 1 o'rinda sintaktik shakl yasovchi
qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida, 2
o‘rinda lug‘aviy shakl yasovchi
qo‘shimcha qo'shilishi natijasida
C) 1 o'rinda sintaktik shakl yasovchi
qo‘shimcha qo'shilishi natijasida, 1
o'rinda lug‘aviy shakl yasovchi
qo‘shimcha qo'shilishi natijasida
D) 2 o'rinda sintaktik shakl yasovchi
qo'shimcha qo‘shilishi natijasida, 1
o‘rinda so‘z yasovchi qo‘shimcha
qo‘shilishi natijasida
5. Ismlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni
toping.
A) ot, sifat, son, ravish, fe’l, olmosh,
taqlid so‘zlar
B) ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh,
harakat nomi, taqlid so'zlar
C) ot, sifat, olmosh, fe’l, harakat nomi,
ravishdosh, sifatdosh
D) ot, sifat, olmosh, sifatdosh,
ravishdosh, son, taqlid so‘zlar
6. Yetakchi morfemasi ham, ko‘makchi
morfemasi ham omonim xarakterda
bo'lgan, asosida faqat jarangsiz undosh
qatnashgan sifatni toping.
A) ochiq B) yasama
C) tuzsiz D) yozgi
http://t.me/MajburiyFanlarDTM
F. Saydullayeva
7. Tilshunoslikning leksikologiya
bo‘limiga oid atamalar qaysi qatorda
berilgan?
A) grammatik ma’no, undovlar,
bog’lovchi
B) ko’p ma’noli so’z, atama, metafora
C) ajratilgan bo‘lak, undalma, kirish so‘z
D) yordamchi so'zlar, bog‘lama, hol
8. Munosabat qo'shimchasi qo‘shilishi
natijasida tovush o'zgarishiga uchragan
yasama so‘z qaysi gapda ega vazifasida
kelgan?
A) «Daryo» kechuviga yetay deganimizda
haydovchi mashinani to‘xtatdi.
B) Momaqaldiroq tingan, ahyon-ahyonda
chaqmoq arqoni simobrang bulutlar
ichidan otilib chiqardi.
C) Tashqarida shamol qo‘zg‘alib, deraza
qanotlari tez-tez ochilib-yopilardi.
D) Qayerdandir bolalarning shodon
qichqirig'i eshitildi.
9. Tunov kuni biznikida
Bo‘ldi kattakon hashar.
Ko‘chib keldi deyman-ov
Hasharga butun shahar...
Hashar rosa qizidi.
Ushbu parchada ma’no ko‘chishining
qaysi turlari ishtirok etgan?
A) metafora, metonimiya, sinekdoxa
B) metafora, metonimiya
C) metafora
D) metonimiya, vazifadoshlik
10. Jon do‘sting jonidan kechsa ham,
Mol do‘sting molidan kechmas. Ushbu
gapda ismlarning munosabat shakllari
soni nechta?
A) 5 ta
B) 6 ta
C) 7 ta
D) 8 ta
11. Qaysi javobda tarkibida faqat unli va
jarangli undosh tovushlar ishtirok etgan
sifat yasovchi qo‘shimchalar keltirilgan?
A) -ma, -siz, -kor, -chan
B) -ildoq, -bad, -bob, -don
C) -zor, -g‘ich, -lab, -dor
D) -don, be-, -bad, -mand
12. Qaysi javobdagi fe’lda I shaxs birlik
ma’nosi o‘rnida II shaxs birlik shakli
qo'llanishi uchraydi?
A) «Yigitlar, bir harakat qilsak, marra
bizniki, ana boshliq ham keldilar», —
dedi Yolqinjon.
B) Kamina xizmatingizni sidqidildan
bajaradi, xavotir olmang, aka.
C) «Qani, qizim, marhamat qilsinlar,
mehmonlar sizni kutib qolishdi», - dedi
uy egasi iltifot bilan.
http://t.me/MajburiyFanlarDTM
F. Saydullayeva
D) «Bu dunyoning ishlariga hayron
qolasan», - dedi Nodirjon o‘z-o‘ziga
gapirib.
13. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan
ravish so‘z tanlang. Har dovon
oshganimizda, Oynatog* qarshimizda
yanada... bo'lib ko‘rinardi.
A) qop-qora
B) shiddatli
C) yaqin D) go‘zal
14. Qaysi gapda yetakchi morfemasi
jarangli undoshlar va unli(lar)dan
tashkil topgan yasama ot qatnashgan?
A) Aravakashga biroz yalinsang,
ostonanggacha olib borib qo’yadi.
B) Sinfdoshlarimni sog‘insam, o‘sha
suratga qarab qo'yaman.
C) O‘lchab bo‘lurmi sevgini zar bilan,
tillo bilan?
D) O‘smalar qo‘ysam, yarashar
qoshimga, do'ppilar kiysam, yarashar
boshimga.
15. Qaysi paronim juftliklar tarkibidagi
fonemalar tovushlarning fiziologik
tomoni jihatdan farqlanmaydi?
A) xirs-hirs
B) taxt-baxt
C) qand-pand
D) mart-mard
Do'stlaringiz bilan baham: |