F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


Nearktika oblastining xos turlari: 1 - ovsebik



Download 5,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/92
Sana12.05.2023
Hajmi5,13 Mb.
#937131
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92
Bog'liq
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

Nearktika oblastining xos turlari: 1 - ovsebik
(ho ‘kizqo ‘y ); 2 - qor echkisi; 3 - skuns (Amerika sassiq qo ‘zani);
4 - ayrishox antilopa; 5 - porkupin; 6 - yulduz tumshuqli krot;

-
opossum; 8 - oqbosh burgut; 9 - kardinal to ‘tisi; 10 — о ‘tloq it-
chasi; 11
—Amerika turnasi; 12 - о ‘tloq quri; 13 - kondor.
156


Nearktika omitofaunasida Palearktika va Neotropikaga o ‘xshash 
ayrim xususiyatlar saqlanib qolgan. Ayniqsa, Palearktikaga o ‘xshash 
bo ‘lgan suv va suv oldi qushlarining foizi yuqori k o ‘rsatkichni tashkil 
etadi. Ularga gagaralar, qo‘n g ‘irlar va o ‘rdaklami (yow oyi o ‘rdak, 
suqsun, gaga) misol qilish mumkin. G ‘ozlardan Amerika oqqushi, 
Kanada kazarkasi, chiroyli sanaladigan qirol o ‘rdagi endemiklar 
sanaladi. Lochinsimonlardan burgut, qirg‘iy va shumkar kabilar 
uchraydi. Endemiklardan oqbosh burgut, shilliqxo‘r kalxat, six dumli 
kalxat va tasqara tarqalgan. Subendemiklari indeykasimonlardan 
tashkil topgan. Bu yerda Amerika kakkusi ham uchraydi va bu tur 
uchun uya parazitizmi xos emas. U tuxumlarini o ‘zi bosadi va shu 
xususiyati bilan Yevropa kakkularidan ajralib turadi. Oblast janubida 
Amerika tasqaralari, kolibrilar, tirannalar, tanagrlar va boshqa turlar 
keng tarqalgan. Oblast shimolida Palearktikaga xos turlar (sviristel, 
bi-giztumshuq, pishchuxa, chechetka) uchraydi.
Sudralib yuruvchilar faunasi o ‘z tarkibida haqiqiy kaltakesaklar va 
qora ilonlaming yo‘qligi bilan ajralib turadi. Agamalar o ‘mida iguana 
lar tarqalgan. Zahartishlilar oilasi endemik sanaladi va ulaming tarkibi 
ga jam i 2 tur kiradi. Mazkur turlar zahar bezlariga ega va ulaming za 
hari inson uchun xavfli sanaladi. Ilonlaming ko‘pchiligi tipik Amerika 
ga xos oila va avlodlarga tegishli vakillardan tashkil topgan. Nisbatan 
xarakterli turlarga qalqontumshuq va shaqildoq ilonlami misol qilish 
mumkin. Aspidlar kam, kobralar esa umuman uchramaydi. Bo‘g ‘ma 
ilonlar (Kalifomiya bo‘g ‘ma iloni, rezina iloni) tropik bo‘g ‘ma ilonlarga 
qaraganda maydaligi bilan ajralib turadi. Toshbaqalaming ko‘pchiligi 
janubdan kirib kelgan kaymansimon va balchiq toshbaqalaridan tash 
kil topgan. Qumqlik toshbaqalaridan goffer toshbaqasi uchraydi va u 
qumq, qumli yerlami tanlaydi hamda uzunligi 12 metr bo‘lgan uya qa 
ziydi. Bunday uyalarda b a’zan qurbaqalar, ilonlar, quyonlar, opossum 
lar va hatto yenotlar ham uchrab turadi. Goffer toshbaqalarining go‘shti 
sifati b o ‘yicha yuqori baholanadi. Missisipi havzasida alligatorlaming 
neotropik oila vakillaridan M issisipi alligatori uchraydi. U X itoy 
alligatoriga qon-qarindosh tur bo‘lib, uzunligi 4 metrga yetadi.
157


Suvda hamda quruqlikda yashovchilar orasida dumlilaming va 
killari ko‘pchilikni tashkil etadi va ular Palearktika bilan uzviy alo 
qada. Bularga yashirin jabralilar, ambistomalar, sirenlar, haqiqiy va 
o ‘pkasiz salamandralar kiradi. Amfiumlar oblastning janubida ya- 
shaydi va endemik sanaladi. 0 ‘ziga xos tur sanalgan dumli qurbaqa 
(Ascaphus truei) silliq oyoqlilar yoki leopelmidlar oilasiga tegishlidir. 
Dumsizlardan tor og‘izli baqalar, kvakshalar, chesnochnitsa, baqalar 
va haqiqiy qurbaqalar uchraydi.
Nearktika oblastining ixtiofaunasida amiesimonlar yoki balchiq 
baliqlari endemik turkumi uchraydi. Balchiq baliqlari eng tuban 
baliqlar hisoblanadi. Subendemiklarga qalqonlilar (pansirlilar) turku­
mi kiradi (qalqonli cho‘rtan). Lososlar, osyotrlar, cho‘rtanlar oilalari 
mazkur oblastga Palearktika ixtiofaunasining urug‘doshlari sifatida 
o ‘tib qolgan. Tishli karplar, Amerika somlari, xaratsinalar Neotropi- 
kadan o‘tgan turlardir. Afrika va Yevrosiyoda dominant turlar sanal 
gan karplarning vakillari Nearktikada uchramaydi.
Nearktikaning umurtqasizlar faunasi ham Neotropik va Paleark­
tika oblastlari bilan uzviy aloqada shakllangan. Chuchuk suv mol- 
lyuskalaridan bir necha yuz turga ega bo‘lgan unionid oilasi xarakter-
li. Hasharotlardan qo‘ng‘izlar alohida ajralib turadi. Tangachaqanot 
lilar asosan Palearktikadan kelib chiqqan kunduzgi turlardan tashkil 
topgan. Tropik guruhga mansub bo‘lgan turlardan termitlar uchraydi.

Download 5,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish