4.2. Intensiv bog‟lar va tokzorlarning qator oralarida tuynukli drenaj
hosil qiluvchi
qurilmaning asosiy ko„rsatkichlari
Tuproqning haydov osti qatlamini yumshatish va tuynukli drenaj hosil qilish
hozirgi kundagi O‗zbekiston qishloq xo‗jaligida eng muhim va dolzarb
muammolardan biri bo‗lib kelmoqda. Sababi tuproq haydov osti qatlamida
tuynukli drenaj hosil qiluvchi mashinalar va ularning mahalliy sharoitlar uchun
ilmiy asoslangan variantlari ishlab chiqilmagan. Shu sababli tuproq haydov osti
qatlamida, ya‘ni sho‗rlanish darajasi yuqori bo‗lgan yerlarda tuynukli drenaj hosil
qilishning nazariy asoslariga va yer osti sizot suvlari shimilishining ayrim
matematik modellarini yaratish borasidagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib ayrim
ijobiy natijalarga erishilgan va ushbu qurilmani takomillashtirish borasida ham
ilmiy tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.
Tadqiqotlardan olingan ma‘lumotlarga qaraganda, yer osti sizot suvlari yer
yuza qatlamiga yaqin joylashgan sho‗rxok yerlarda haydov osti qatlamida
tuynukli drenaj hosil qilish qurilmasi ish organining shakli va o‗lchamlarini
nazariy va tajribaviy yo‗llar bilan ilmiy asoslab, ishlab chiqarishga tadbiq etish
orqali sho‘rlangan tuproqlar meliorativ holatini kuzgi sho‘r yuvishdan oldin
qo‘llash muammolarning yechimini topish va ularni bartaraf etish bir yo‘lidir.
Tavsiya etilayotgan qurilmaning tortishga qarshilik kuchini kamaytirish, ish
organini ramada turg‗un yurishini ta‘minlash, metall sig‗imini kamaytirish, sifatli
tuynukli drenaj hosil qilish jarayonini ta‘minlash maqsadida qurilmaning
konstruktiv tuzilishida tegishlicha o‗zgarishlar kiritildi va qurilma yasaldi.
Tuynukli drenaj hosil qiladgan qurilmada ponasimon ish ustun ostki
qismining old tomonida to‘lqinsimon shakl ko‗rinishidagi pona, ustunning ostki
qismi orqa tomonida po‗lat arqon orqali almashtiriluvchi konus uchli tsilindr
o‗rnatilgan. Ish organi harakatlanish jarayonida po‗lat arqonning uzunligi, konus
uchli tsilindrning diametri va tuproqning fizik-mexanik xossasi tuynuk drenaj hosil
qilishning sifat ko‘rsatkichiga bog‗liq bo‗ladi.
76
Intensive bog‘ va tokzorlar oralariga bo‘ylama tuynukli drenaj hosil qilishga
mo‘ljallangan tuynukli drenaj hosil qiladgan qurilmaning osma moslamasida
tayanch g‗ildiraklar mavjud emas. Qurilmaning tuzilishidagi o‘zgarishlari
hisobidan metall sig‗imining kamligiga erishilgan va qurilma quyidagi tartibda
ishlaydi: konus uchli tsilindr (1) yordamida tuynukli drenaj hosil qiladi, po‗lat
arqon (2), o‗tkir ponasimon ish ustun (3), to‘lqinsimon shakl ko‗rinishidagi iskana
(4), qo‗zg‗aluvchan rama (5), gidrotsilindr (6) va qo‗zg‗almas (7) ramalardan
tashkil topgan. Gidrotsilindr (7) ishchi organni transport va ishchi holatida
yurishini ta‘minlab turadi (4.1-rasm a va b).
Ushbu qurilma Buxoro viloyatining ko‘plab tumanlarida qo‘llanilib natijalar
olingan va tuproq tarkibidan zararli tuzlarni chiqarib yuborishda va yer osti sizot
suvlarimiqdorini 2,0-3,0 kamaytirish imkonini berdi. Bu esa shu tuproqlarda
o‘simlik o‘sishi va rivijlanishi uchun qulay sharoit yaratib, uning hosildorligini 10
% gach oshirish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |