50
Ishlab chiqarishda jarohatlanish uni keltirib chiqarish sabablariga ko`ra
shartli ravishda tashkiliy va texnik turlarga bo`linadi. Tashkiliy xarakterga ega
bo`lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi:
1) bevosita kunlik ishlarni yoki ishlayotgan odamlarni sog`ligi uchun yuqori
darajada xavfli bo`lgan ishlarni bajarish oldidan xavfsizlik texnikasi bo`yicha
yo`riqnomalarni o`tilmasligi;
2) xavfsizlik texnikasi bo`yicha yo`riqnomalarni o`tilishi, lekin ishni
bajarish jarayonida unga rioya qilinishini etarlicha nazorat qilmaslik;
3) ishni (har xil ishlab chiqarish topshiriqlarini) bajarish vaqtida zarur
himoya (ko`zoynak, niqob, respirator, to`siq va boshqa) vositalardan
foydalanmaslik;
4) ishchi zonada ishni bajarish uchun keraksiz bo`lgan buyum va narsalarni
mavjudligi;
5) murakkab va mas`uliyatli ishlarda maxorati etarlicha bo`lmagan ishchilar
mehnatidan foydalanish;
6) jarohatlash ehtimoli mavjud joylarda o`rab turuvchi shitlar, to`siqlar va
kojuxlarni yo`qligi;
7) odam sog`ligi uchun xavf yuqori bo`lgan ish joylarini etarlicha
yoritilmasligi;
8) xavf haqida «To`xta! YUqori kuchlanish», yoki «Ehtiyot bo`ling!
Rabotlar avtomatik rejimda ishlamoqda», «Yo`l yo`q, xavfli zona» va boshqa kabi
ogohlantiruvchi belgilarning yo`qligi;
9) texnologik rejimdan chalg`ish, texnologik jarayonlarni ko`pol buzilishi va
boshqalar;
10) u yoki bu sabablarga ko`ra ishchiga ish vaqti davomida tanaffus va dam
olish vaqtini berilmasligi;
Texnik xarakterga ega bo`lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga
quyidagilar misol bo`ladi:
1) ishchining aybisiz texnologik uskuna yoki stanokning biror bir qismini
avariya sabab ishdan chiqishi;
51
2) murakkab operatsiyalarni bajarayotgan biror bir mexanizmni
ogohlantirilmasdan elektr energiyasidan ajratish;
3) yuk ko`tarish mexanizmining yuk ko`tarish vaqtida ko`tilmaganda po`lat
arqonini uzilishi;
4) har xil o`zgaruvchan tebranma yuk ostida elektr uzatish simini o`zilishi;
5) qisilgan gaz ballonini quyosh nuridan yoki boshqa issiqlik manbai
ta`sirida qizib ketishi natijasida portlashi;
6) gazogeneratorli qurilmalarni ximiyaviy reaktsiyalar jarayonida iki kuchli
qizishidan portlashi;
7) ishlab chiqarishni ichki sistemalarini ta`minlovchi gaz, issiq suv yoki
bug` quvurlarini o`zilishi;
8) yuqori bosim ostida ishlovchi idishlarni portlashi;
9) har xil meteorologik omillar (kuchli jala, kalin kor, dovul va boshqa)
ta`sirida binolar tomi va konstruktsiyalarini qo`lashi;
YUqorida qayd etilganlardan ishlab chiqarishda jarohatlarni oldini olishning
eng samaralisi tashkiliy xarakterdagi tadbirlar deb xulosa chiqarish mumkin. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: