F. K. Kamilova



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/77
Sana22.06.2022
Hajmi3,17 Mb.
#693399
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Bog'liq
Xalqaro turizm bozori. Kamiloiva F.K

2.3. Jahon turizm bozori
Jah o n bo'y icha va biror alohida olingan mamlakat miqyosida t u ­
rizmning rivojlanishi bir qator omillar bilan shartlashtiriladi. M a ’lumki, 
omil deganda biror-bir jarayonning harakatga keltiruvchi va uning xu- 
susiyatini yoki xususiyatlaridan birini ochib beruvchi sababi tushunila- 
di.
Turizmning rivojlanish omillari deganda obyektiv ta'sir etuvchi h a m ­
da t a ’sir etuvchi turli q on u nlar natijasida yuzaga keluvchi turizmni 
rivojlantirish sharoitlari tushuniladi. Ilmiy adabiyotlarda turiz m ni 
rivojlantirish omillarning turli xil tasniflari keltiriladi.
O datda, turizmni rivojlantirish omillarini k o 'chm as va dinam ik 
turlarga ajratiladi. K o 'c h m a s omillarga tabiiy-geografik va tarixiy- 
m adan iy omillarning yig‘indisi kiritiladi. Ular o'zgarm as va doim iy 
a h am iyatga ega bo'ladi. Inson faqatgina ularga yetishishni osonlash- 
tirgan holda ularni turistik ehtiyojlarga moslashtira oladi. D inam ik 
o m illar ikkinchi, yanada yirikroq guruhga kiritiladi. U lar vaqt va 
m akon bo'yicha o'zgarib turuvchi aham iyat-bahoga ega bo'ladi. U la r­
ning qatoriga ijtimoiy-iqtisodiy, m oddiy-texnik, siyosiy, m adan iy va 
boshqa om illar kiradi.
Turizm ning rivojlanishiga t a ’sir etish tavsifiga binoan barcha o m il­
lar uch guruhga bo'linadi: ekstensiv (miqdoriy), intensiv (sifatiy) va 
cheklovchi (salbiy) rivojlanish omillari.
Turistik faoliyatning ekstensiv omillariga quyidagilar kiradi:
• Turistik firmalar va ularda ishlovchi xodimlar sonining o'sishi;
• Turizmga jalb etiluvchi moddiy resurslar, joylashtirish, tashish 
vositalari, ovqatlantirish korxonalari miqdorining turistlarga xizmat 
ko'rsatish texnologiyalarni kuchli takomillashtirmagan holda oshirilishi.
T u riz m n i rivojlantirishning intensiv omillari o 'z ichiga sifatiy 
yangilanishning quyidagi omillarini oladi:
Xodim lar malakasini oshirish;
• llmiy-texnik taraqqiyotning yutuqlarini — xizmat sifatini oshirish.
27


turistik resurslardan ratsional foydalanish, turizmda informatsion-texnik 
vositalardan foydalanishni tatbiq etish.
Turizmni rivojlantirishni cheklovchi salbiy omillariga quyidagilar 
kiradi: siyosiy va moliyaviy beqarorlik, kriminogen vaziyat, tabiiy ofatlar.
Hozirgi jamiyatda turizmning rivojlanishiga asosiy sabab b o ‘lib 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar xizmat qildi.
Shularning eng birinchisi ish vaqtining qisqarishi b o ‘ldi — masalan, 
Germaniyada XX asrning oxirgi 15 yilida insonlarning ish vaqtlarining 
o ‘rtacha yillik ish soatlari 27 foizga qisqardi, puli to ia n a d iga n t a ’tilning 
davomiyligi so'nggi 50 yil ichida 2,5 barobar ortdi, biroq, shuning 
bilan birgalikda ishning intensivligi ham ortib bordi. Bularning barchasi 
odamlarda b o ‘sh vaqt miqdorining ortishi va ishdagi z o ‘riqishlarning 
o ‘sishiga olib keldi. M a ’lumki, insonda bo'sh vaqt va yetarli miqdorda 
moliyaviy mablag'lar boigand agina turistik sayohatga chiqishga im- 
koniyat paydo b o ‘ladi. Yuqorida eslatib o'tilgan ushbu holat rivojlangan 
mamlakatlar aholisi orasida turizmning ommalashib borishiga yetarli- 
cha sharoitlar yaratib bera boshladi. Buning ustiga, ishlab chiqarish- 
ning avtomatlashuvi va komputerlashuvi ishchilarda bajarilayotgan ishga 
nisbatan begonalashuv hissini uyg‘ota boshladi. Bu esa, o ‘z navbatida 
insonlarda stressning ko‘payishi, o ‘z ishidan norozilik hissining ortishi 
kabilarga olib kela boshladi.
Jamiyat mobilligining ortishi, transportning rivojlanib borishi, joylar 
va ulardagi imkoniyatlar t o ‘g‘risidagi axborotlarni olishning osonlashuvi 
turizmning rivojlanishiga turtki beruvchi eng muhim omillardan biri 
bo'lib qoldi. Masalan, havo transporti takomillashdi, chiptalar (yo'l 
kiralar) arzonlashdi, o'rta tabaqa vakillarida avtomobil sotib olish qudrati 
paydo bo'ldi. Avtomobil turizmning yuksalishiga eng ko'p hissa qo'shgan 
transport vositasi bo'lib qoldi, chunki, o 'z shaxsiy avtomashinasiga 
ega bo'lgan kishilarda o'z oilalari, do'stlar bilan yoki yakka o'zlari 
hech qanday turagentlik yordamisiz yaqin uzoq masofalarga sayohat 
qilish imkoniyati tug'ildi. O 'z mashinasida sayohat qilayotgan kishilar 
sayohat marshruti va davomiyligini o 'z ixtiyorlari bilan xohlagan vaqt­
da o'zgartira olishadi, yirik guruhlarda amalga oshiriluvchi turlarda 
esa, q a t’iy grafikka va marshrutga rioya qilish, ko'pchilikning istagiga 
bo'ysunish lozim bo'ladi.
Borgan sayin ishdan qoniqish hissi ko'payayotgan insonlarda o'z 
uyida yetarlicha dam olish imkoniyatlari ham kamayib borayapti. 
Rivojlangan davlatlarning barchasida mamlakat aholisining aksariyati
28


shaharlarda istiqomat qilishmoqda. Turli stresslar, shovqin-suron, g'ala 
g'ovur, shaxsiy hayotning yashirinligi, insonlar orasidagi samimiyal 
ning kamligi, ko'chadagi m anzaralarning bir-biriga o ‘xshashligi (at ml 
m uhitning bir xilligi), tabiatdan uzilish, bularning barisi shah ar hayo 
tilling ajralmas bir qismidir. Bu insonlarda sh ah ar hayotida'n, o ' /
inuhitidan qochib chiqi’o ketish istagini tug'diradi. Shahar aholisining 
k o 'p c h i l i g i b o 's h v a q t d a n u s h b u m u h i t d a n s a m i m i y i jtim o iy
munosabatlarni izlab vaqtinchalik b o ‘lsa-da, chiqib ketish va tabiat 
qo'yniga qaytish uchun imkoniyat sifatida foydalanishmoqda.
II 
Jah o n urushidan so'ng, G 'arb iy Yevropa m amlakatlarida jam i- 
yatning m a ’naviy-ruhiy qadriyatlarida kuchli siljishlar yuz berdi. Ijtimoiy 
ongdagi bu o'zgarish jarayonini V. Frayder «ish vaqti jam iyatidan bo'sh 
vaqt jamiyatiga o'tish» deb nomladi. Professor X. Opashovskiyning 
qayd qilishicha, inson ish joyida o 'z m ehnati predm etidan uzoqlashib 
borishi bilan uning bo'sh vaqt bilan bog'lanib borishi ortadi. 0 ‘zining 
mehnatsevarligi a n ’anasi bilan m ashhur bo'lgan m am lakatlarda m eh - 
nat pafosi o'zining ahamiyatini yo'qotib bordi. Ayniqsa, G erm aniya 
va Yaponiyada yosh avlod vakillari urush davri avlodlari va undan 
keyingi avlodlarning azaliy qadriyatlaridan voz kecha boshlashdi.
Ijtimoiy ongdagi o'zgarishlar quyidagilarni ko 'zda tutadi:
— iste’molchining m a’naviy-ruhiy va madaniy qadriyatlarining o'zgarishi;
— b o'sh vaqt konsepsiyasi nazariyasining o'zgarishi.
U rushdan so'ng bo'sh vaqt konsepsiyasining rivojlanishi uch bos-
qichni boshdan kechirdi:
1950-yillarda bo'sh vaqtga m ehnat unumdorligini davom ettirish 
maqsadida jismoniy va aqliy kuchlarni qayta tiklash vositasi sifatida 
qarash ustun edi; I960—1970-yillarda bo'sh vaqtdan jamiyat farovon- 
ligini oshiruvchi moddiy n e ’m atlam i iste’mol etish uchun foydalana 
boshlandi (ko'chm as mulk, uzoq muddatli foydalanish tovarlarini, 
hasham at ashyolarini xarid etish va bp^hqalar); 1980-yillardan key in 
bo'sh vaqtning detallashuvi tendensiyasi ustun bo'la boshladi: asosiy 
maqsad moddiy n e ’m atlam i iste’mol etilishining o'zidan emas, balki, 
hayotdan lazzatlanishdan iborat bo'ldi. Bo'sh vaqt psixologiyasining 
bunday rivojlanishi tufayli jamiyat ehtiyojlari tuzilmasida turizmning 
o'rni — ahamiyati o'zgarib ketdi. Turizm bir vaqtlar faqatgina tanlangan 
larninggina dabdabadorligi imkoniyati bo'lgan bo'lsa, endi u aksariyal 
ko'pchilikning asosiy imkoniyatlariga aylandi. Masalan, 1950-yikla 
G erm aniya aholisining faqat 1 foizigina chet elda dam olish imkoniya
29


tiga ega boigan. Hozir Germaniyaning 60 foiz aholisi chet ellarda dam 
oladi. 1 ntellektual va madaniy turistik ehtiyojlar ham o'zgardi: oddiy 
ehtiyojlardan yanada yuksakroq ehtiyojlarga o'tildi; ish kuchini qayta 
tiklash vositasidan insonning o'z shaxsiy imkoniyatlarini yuzaga chiqa- 
rish va intellektual talablarga javob berish usuliga o'tildi.
Hozirgi vaqtda turizmning faqatgina rekreatsion tomonlarini ko'rib 
chiqish noto'g'ri bo'lar edi. Zamonaviy iqtisodiy integratsiya va globali- 
zatsiya sharoitlarida dunyodagi yagonalik, o'zaro bog'langanlik, xalqaro 
m unosabatlarning kuchayishi ortib bordi. Bu 2001-yil 11-sentabr 
voqealaridan so'ng o'zgacharoq tusda rivojlanishda davom etmoqda. 
Biznes turizmi (savdo hamkorlari bilan uchrashish; yarmarkalar, kon- 
ferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish va boshqalar) zamonaviy 
ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismiga aylanib qoldi. 1980— 
90-yillargacha statistikada biznes turizmi alohida predm et sifatida 
o'rganilmadi. Hozirgi jamiyatda turistlarning 20 foizidan ortig'ini biznes 
turizmi ishtirokchilari tashkil etadi.
Turizmning rekreatsiya va biznesdagi samarasidan tashqari, uning 
kommunikatsion ahamiyatiga ham e ’tibor berish lozim: gumanitar, 
m adaniy-m a’rifiy aloqalarni o'rnatish, do'st-qarindoshlar bilan uchra­
shish, diniy ziyoratchilik va etnik turizmga qiziqish ham ortib bormoqda.
Hozirgi zamonda jahon turizmining rivojlanishi quyidagicha:

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish