Tayanch tushunchalar Etakchi faoliyat - faoliyat turlaridan biri bo’lib, bunda ma'lum davr ichida shaxs sifat jihatidan o’zgarib shakllanadi.
Interiorizasiya (lot. interior - ichki) - tashqi amaliy harakatlaming ichki aqliy amallarga aylanish jarayoni.
Ko’nikma - odamning ma'lum ishni bajarishga tayyorligida ko’rinadigan qobiliyati.
Malakalar interferensiyasi (lot. later - orasida, ferens - tarqatuvchi) awal hosil qilingan malakalaming keyinchalik boshqa yangi malakalaming hosil bo’lish jarayoniga sal'biy ta'sir ko’rsatishi natijasida yangi malakalaming susayib qolishi.
Mehnat - odamning ma'lum maqsadga, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun borliqni bilish va uni qayta qurishga, moddiy va ma'naviy boyliklami yaratishga yo’naltirilgan faoliyati.
Faoliyat - insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishga, uni qayta ko’rishga yo’naltirilgan faolligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |