F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Esga tushirish va uning turlari



Download 0,68 Mb.
bet160/217
Sana17.02.2021
Hajmi0,68 Mb.
#59028
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   217
Bog'liq
neeee.

Esga tushirish va uning turlari.

O’tmishda idrok qilingan r.arsaiar, his-tuyg’u, fikr va ish-harakatlaming ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv- fiziologik asoslari bosh miya po’stida ilgari hosil bo’lgan nerv bog’lanishlaming qo’zg’alishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma'lum vaqt о ’tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud.

Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalami takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bo’lishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir odam ko’zimizga issiq kc’rinadi, lekin uni qaerda ko’rganimizni eslay olmaymiz. To’liq, aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol o’ynaydi. Masalan, biz bir kishini ko’rib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz.

Eslash narsa va hodisalami, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir. Masalan, bo’lib o’tgan voqea va hodisalami, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga tushirishimiz mumkin. Eslash ham aniq va noaniq bc’Iadi. Masalan, biz she'mi yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon e'qiganimizni eslay olmaymiz. Esga tushirish awal tanishdan boshlanadi. Masalan, imtihonga kirganda biletni ko’rib, uning savolini o’qib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol o’ynar ekan. Bevosita esga tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan iborat. Masalan, she'mi yod olganimizda bir necha satrni o’qigan kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya'ni bevosita esga tushiramiz. Bir karra ko’zdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, xotiraning ko’lami aniqlanadi.

Materialning ko’p qismini bevosita esga tushira oladigan kishining xotira ko’lami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda so’z va iboralami esda tutib qolish xotirasining ko’lami keng bo’ladi. Hisob-kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda sonlami esda tushirish xotirasining ko’lami keng bo’ladi.

179

Vaqt o’tkazib esga tushirish esda olib qolingan narsani oradan bir qancha vaqt o’tkazib esga tushirishdiiki. bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar o’tgandek bo’ladi. Masalan, yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa eslaymiz.

Idrok qilingan narsalar miyamizda o’rnashib qolishi. esimizda turishi tufayli turli usulda esimizga tushishi mumkin.

Esda saqlash deganda ilgari tug’ilgan taassurot, fikr, his-tuyg’u va ish- harakatlaming takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab tizimi ilgari bo’lib o'tgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit bo’Isagina esga tushadi. Bunday sharoit bo’lmaganda zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qivinlashadi.

Shunday qilib, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur bo’lgan narsani shu onda esga tushira olmaymiz.

Unutilgan narsalami yana xotirada qaytadan tiklanishi rerainissensiya hodisasi (xira esga keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan mashg’ul bo’lganda miya charchashi yuz beradi. Charchash haddan tashqari oshishi natijasida nerv xujayralarida tormozlanish yuz beradi. Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning ko’p qismi unutiladi. Materialni o’qib o’rganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay, ammo oradan bir necha vaqt o’tgandan keyin uni to’la xotirlay olishlikning sababi materialni o’qib. o’rganib olishda ro’y beradigan charchashdir.

Materialni eslash uchun bo’lgan kuchli xohish natijasida tormozlanish yuzaga keladi, bu esa materialni qayta esga tushirishdagi qiyinchilikni kuchaytirib yuborishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan ishga chalqib ketgan insonlai'da tormozlanish tarqab ketadi. Shunda esga tushirish lozim bo’lgan narsa xotiraga kiradi. Materialni mustahkamlashga bo’lgan qiziqishning bo’lishi materialni uzoqroq esda saqlashga olib keladi. Unutish vaqtga bog’liq bo'ladi. Bu G.Ebbingauz tomonidan aniqlangan bo’lib, unutish materialni yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez ro’y beradi, undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi.

G.Ebbingauz unutishning vaqtga bog’liqligini tajriba orqali aniqlagan. To’plangan natijalaming ko’rsatishicha, materialni yod olgandan so’ng unutish sur'ati tez keyinchalik esa u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma'nosiz ayrim bo’g’inlami unutish ustida olib borilgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalaming ko’rsatishiga qaraganda, o’rganilgan narsalar bir soatdan keyin unutiladi. Materialni o’zlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unutish sekinlashib boradi. Muvaqqat asab bog’lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bo’lgan narsa va hodisalaming o’zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo’qolib boradi. Vaqtning o’tishi bilan birmuncha unutilib ketilayotgan vaqtli bog’lanishlami, ya'ni assosiasiyalami qaytadan tiklash jarayoni kuch-quwat, xatti-harakatlami talab qiladi.

G.Ebbingauzning izdoshlari va shogirdlari tomonidan o’tkazilgan juda ko’p tadqiqotlaming ko’rsatishicha, unutish sur'ati materialning ma'noli yoki ma'nosizligiga, uning qanchalik anglanilgan)igiga bog’liqdir. Material qanchalik mazmundor anglanilgan tushunib olingan bo’lsa, u holda unutish ham shunchalik sekin kechadi. Lekin ma'noli materialga nisbatan ham unutish awal tez sur'atda bo’lib, keyinchalik esa u sekinlashadi. Biron-bir materialni o’zlashtirish yoki esda

180


olib qolish insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoliyatning maqsadi bilan bog’liq bo’lsa, bu material sekin unutiladi.

Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari proporsional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligiga o’zlashtirilayotgan materialning ma'noga ega yoki ega emasligiga bog’liqlikdan tashqari yana bir nechta omillar o’z ta'sirini ko’rsatad: va uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bog’liq. Shuningdek, ular shaxsning shaxsiy, individual xususiyatlariga ham bevosita bog’liqdir.

Xotiradagi individual farqlar Xotira jarayonlaridagi individual farqlar esda qoldirishning tezligida, aniqligida, mustahkamligida va qayta esga tushirishga tayyorligida ifodalanadi. Bu farqlar malum darajada nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari bilan, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligi bilan bog’liqdir. Individual farqlar yana shunday hollarda namoyon bo'ladiki, ba'zi odamlar obrazli materiallami, rang, tasvir, narsa, tovushlami samarali v? ;nustahkam esda olib qoladi'ar.

Boshqa bir odamlar so’ziami yaxshi eslab qoladilar. Uchinchi bir toifa odamlarda esa malum bir materialni esda olib qolishda yaqqol ustunlik sezilmaydi. Shunga muvofiq psixologiyada xotiraning quyidagi tiplari farqlanadi: ko’rgazmali obrazli xotira, so’z mantiqiy xotira va oraliq tipdagi xotira. Masalan, ko’rgazmali obrazli xotira tipi ko’proq rassomlarda, so’z mantiqiy tipi nazariyotchi olimlarda uchraydi. Bundan tashqari xotirlash va esda qoldirish jarayonlarida analizatorlaming qatnashishiga qarab, xotira quyidagi tiplarga ajraladi: a) ко 'risk; b) eshitish; v) harakat; g) aralash xotira.

Bir xil kishilar ko’rish orqali, ikkinchi xillari eshitish orqali, uchinchi xillari harakat yordamida, to’rtinchi xillari esda qoldirishning birga qo’shilgan usulida yaxshi esda qoldiradilar.

Xotiraning aralash tiplari eng ko’p tarqalgan.

Xotiraning individual farqlari kishi faoliyatining xususiyatiga bog’liqdir. Esda olib qolish va unutish tezligiga ko’ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud:


  1. Download 0,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish