2.Tashqi muhit omillarining inson organizmiga ta’sirini o‘rga-
nuvchi va baholovchi usullar:
2.1. Eksperimental (tajriba) usul – bu usul yordamida laboratoriya
sharoitida atrof-muhit obyektlarida uchraydigan nomuvofiq ta’sir ko‘r-
satuvchi omillar va sharoitlarni sun’iy ravishda yaratiladi va ularni
laboratoriya hayvonlari organizmiga ta’sir etish yo‘llari va mexanizm-
larini o‘rganishda hamda sanitar-texnik moslamalar va jihozlarni labo-
rator sharoitda baholash uchun qo‘llanadi.
2.2. Fiziologik kuzatuv usuli – tashqi muhitda kuzatiladigan nomu-
vofiq omillar va sharoitlar ta’sirida organizmda sodir bo‘ladigan
fiziologik siljishlar aniqlanadi va atrof-muhit obyektidagi omillarga
sanitar nuqtai-nazardan baho beriladi. Olingan natijalar asosida tegishli
profilaktik chora-tadbirlar asoslanadi va ishlab chiqiladi. Masalan, issiq
sexlarda ishlovchilarda puls, arterial bosim, suv-tuz almashinuvida
nomuvofiq siljishlar aniqlansa sexni ventilyatsiyasini yaxshilash, texno-
logik jarayonni avtomatlashtirish, qizigan jihozlarning yuzasini izolyat-
siyalovchi materiallar bilan alohidalash kabi chora-tadbirlar ishlab
chiqiladi.
2.3. Klinik kuzatuv usuli - tashqi muhit omillari ta’sirida organizm-
da yuzaga kelgan patologik o‘zgarishlarni klinika sharoitida aniqlashga
imkon beradi. Korxonalarda, maktablarda va boshqa obyektlarda profi-
laktik ko‘riklar o‘tkazishda qo‘llanadi. Mazkur usul yordamida profilak-
96
tik chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar
olinadi.
2.4. Sanitar statistik usul – tashqi muhit omillarining umumiy aholi
yoki aholining ayrim guruhi (mas., bolalar, ma’lum bir sex ishchilari)
organizmiga ta’sir etishini, hamda taklif etilgan va belgilangan chora-
tadbirlarni amaliyotga joriy ettirilishi natijalarini sinash orqali (mas.,
korxonadagi kasallanish darajasining kamayishi, bolalar kontingenti
o‘rtasida jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi) aniq-
lashga imkon beradi.
Sanitar tavsifiy usul gigiyenik tekshirishlar ichida eng qadimgi usul
bo‘lib, uning ustunligi shundan iborat-ki, bajarilishi bo‘yicha oddiy va
qulay hisoblanadi. Hattoki, bugungi kunda eng murakkab instrumental
usullardan foydalanish asrida ham sanitar tavsifiy usul gigiyenik tek-
shirishlar xazinasida o‘zining munosib o‘rniga ega. Sanitar tavsifiy
usulning vazifasi shundan iborat-ki, bunda atrof-muhitdagi u yoki bu
obyektning tashqi belgilariga qarab uning sanitar holatini baholashdan
iboratdir. Sanitar tavsifiy usulning o‘ziga xos xususiyatlariga tayanib,
tashqi muhitning u yoki bu omilini odam organizmiga zararli ta’sirini
o‘rganish mumkin.
Sanitar tavsifiy tekshirishlardan yakka holdagi obyektlar (suv hav-
zasi, turar–joy binosi va b.), hamda o‘z tarkibida turli vazifalarni baja-
rishga mo‘ljallangan obyektlar majmuasi (aholi yashash punkti, sanoat
korxonalari va b.) ni o‘tkazish mumkin. Sanitar tavsifiy usul obyektni
sanitar tekshirishdan o‘tkazishning birinchi qismi hisoblanadi. Keyingi
bosqichlarda esa, ko‘p qirrali va murakkab instrumental tekshirish
usullari, o‘rganilayotgan obyektda bor bo‘lgan zararli omillarga nisbatan
odam organizmining javob ta’sirlanishlarini tekshirish kabilar aniq-
lanishi mumkin.
Ana shunday kompleks gigiyenik tekshirish natijalari asosida turli
tabiatga ega bo‘lgan gigiyenik tavsiyanomalar majmuasi ishlab
chiqiladi. Atrof-muhitdagi u yoki bu omilning odam organizmiga ta’si-
rini o‘rganishda ishchilar jamoasi yoki aholini ommaviy tekshirishlardan
o‘tkazish talab etilib, bunda anketa-so‘rov usullarini qo‘llash lozim
bo‘ladi. Bunday tekshirish natijasida o‘rganilayotgan omilning orga-
nizmga umumiy ta’sir etish qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratiladi.
Obyektni sanitar tavsiflashda ko‘pincha o‘rganilayotgan obyektdagi
zararli omil bilan aloqada bo‘lgan shaxslarning shikoyatlari ham
inobatga olinadi va olingan subyektiv ma’lumotlar ma’lum darajada tek-
97
shirishlarda instrumental va klinik tekshirishlarning o‘tkazilishiga asos
bo‘ladi. Sanitar tavsifiy usulni atrof-muhitdagi barcha obyektlar hamda
aholining turmush va mehnat sharoitlarini baholashda keng ko‘lamda
qo‘llash mumkin. Bunday obyektlar qatoriga quyidagilarni kiritish
mumkin: suv manbalari, havo muhiti, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari,
turar joylar, aholining mehnat va dam olish joylari, kasalxona, maktab
muassasalari va boshqalar.
Geografik joylarni sanitariya nuqtai-nazaridan maqsadli o‘rganish-
da sanitar-topografik holatini o‘rganish muhimdir: joyning relyefi
(balandlik, pastlik, botqoqlik kabi), atmosfera yog‘inlarining oqib ketish
sharoitlari, tekshirilayotgan joyning dunyo tomonlariga nisbatan oriyent-
atsiyasi, obyektning hukmron shamol yo‘nalishiga nisbatan joylash-
ganligi, tabiiy yoritilish sharoitlari, joydagi yashil o‘simliklarning tabiati
va turlari, ularning qalinligi.
Joyni sanitar tekshirishdan o‘tkazganda shu joyni ifloslovchi
manbalar - axlat tashlash joylari, chiqindi tashlash o‘ralari, fermalarni
alohida tavsiflash talab etiladi, chunki bu obyektlar joyni organik
moddalar bilan ifloslovchi asosiy manbalar hisoblanadi. Atmosfera
havosining ifloslanishi, shovqin tarqatuvchi manbalarni tavsiflashda,
yirik magistral yo‘llar, sanoat korxonalari, temir yo‘llarni baholash zarur
hisoblanib, bunda chiqarilayotgan chiqindilarning tarqalish tabiati
o‘rganiladi.
Suv manbalarini tekshirishdan o‘tkazganda joyning geologik tabiati
tuproq turi, uning namligi, yer osti suvlarining joylashish sathini
baholash ahamiyatga egadir. Gigiyena nuqtai-nazaridan yer osti suv
manbalarining joylashish sathi yer sathiga nisbatan 1,5 m chuqurlikdan
yuqori bo‘lmasligi kerak, aks holda binolarning poydevori, yerto‘lalarda
namlik yuqori bo‘ladi, shu bilan bir qatorda yer osti suv manbalarining
chiqindi suvlar tarkibida bo‘ladigan iflosliklar bilan zararlanishiga im-
koniyat yaratiladi.
Sanitar tavsifiy usuldan aholi yashash punktlarini tekshirishdan
o‘tkazishda foydalanilganda quyidagi xususiyatlarga asosiy e’tibor
qaratish lozim bo‘ladi: mavzedagi uylarning qurilish turi, binolar
orasidagi masofa, uylarning qavatlari, uylarda bolaxonalar, ayvonlarning
borligi, qo‘shimcha qurilgan qurilmalarning mavjudligi. Binoga
gigiyenik ta’rif berilganda - xonalarning qavatlar bo‘ylab joylashtirilishi,
ularning kattaligi, yordamchi xonalarning mavjudligi, shamollatish
sharoitlari, tabiiy yoritilishi, binoning sanitar obodonlashtirilganligi -
98
isitilish tizimi, sun’iy shamollatish tizimi, suv ta’minoti, chiqindilarni
uzoqlashtirish. Shu bilan birga xonalarning tozaligi, tozalanish
muddatlari, xonalarda hasharotlar va kemiruvchi hayvonlarning bor
yoki yo‘qligi tavsiflanadi. Agar yashash binolari bo‘lsa, 1 odamga nis-
batan to‘g‘ri keladigan yer maydoni, havo kubaturasi yoritib beriladi.
Tekshirishda albatta yashaydigan aholining shikoyatlari bayon etilishi
lozim, chunki shikoyatlar asosida aholining umumiy kasallanish darajasi
(shamollash kasalliklari, yuqumli va oshqozon-ichak kasalliklari)ni
aniqlashga imkoniyat tug‘iladi.
Davolash profilaktika muassasalari, maktablar, sanoat korxonalari
va boshqa maxsus vazifalarga ega bo‘ladigan obyektlarni sanitar
tekshirishlardan o‘tkazganda yuqoridagilarga qo‘shimcha tarzda bir
qancha lahzalar yoritilishi kerak. Mas., sanoat korxonasini gigiyenik
tekshirishdan o‘tkazganda ishchi havosi muhitiga chiqarilishi mumkin
bo‘lgan zaharli kimyoviy moddalar, chang zarrachalari, ularning vaqt
birligi ichida tarqalish xususiyatlari, ishchilar organizmiga zararli
ta’sirini o‘rganish uchun korxonaning texnologik jarayonini tavsiflash
katta ahamiyatga egadir.
Davolash-profilaktika muassasalarini tekshirganda bemorlarni sifatli
davolash uchun yaratiladigan barcha sharoitlar, kasalxona ichi infeksiya-
larini tarqalishini oldini olish va tibbiy xodimlar uchun mehnat
sharoitlarining yaratilganligiga doir qator xususiyatlar o‘rganilishi kerak.
Amaliyotda sanitar tekshirishlarini o‘tkazganda maxsus so‘rov
kartalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir, bunda beriladigan
savollarga qisqa “ha” yoki “yo‘q” kabi javoblardan foydalanish tavsiya
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |