10.1. Bakteriologik, virusologik va serologik laboratoriyalarni
tashkil qilinish prinsiplari
Bakteriologik, virusologik va serologik laboratoriyalar respublika,
shahar, tuman maxsus sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi
(SEOA) tarkibida, yirik davolash profilaktik shifoxonalarda va tibbiyot
institutlarida (talabalar bilan mashg‘ulot o‘tish uchun) tashkil qilinadi.
Bakteriologik laboratoriyalar kompleks xonalardan va maxsus
uskuna, jihozlardan tarkib topgan, bakteriologik usullarda tekshiruvlar
olib borishga mo‘ljallanadi, shahar va tuman SEOA tarkibida bakt-
eriologik laboratoriyalar tashkil qilinadi.
Shahar va tuman SEOA tarkibida bakteriologik laboratoriyalar
quyidagi tekshiruvlarni amalga oshiradi:
- yuqumli kasalliklarga bakteriologik tashxis qo‘yish;
- bakteriya tashib yuruvchilarni aniqlash, tashxis qo‘yish;
- suv havzalariga va ichimlik suviga sanitar bakteriologik baho
berish;
- tuproqni sanitar bakteriologik tekshirish;
- turar joy va davolash profilaktik muassasalarning havosini, sanitar
holatini sanitar bakteriologik tekshirish;
- oziq-ovqat mahsulotlarini sanitar bakteriologik tekshirish;
- tibbiy materiallarni sterilligi, dezinfeksiya sifatlari muntazam
tekshirib boriladi.
Shahar miqiyosida yirik davolash profilaktik shifoxonalarda ham
bakteriologik laboratoriyalar tashkil qilinadi. Bu davolash profilaktik
317
shifoxonalar tarkibidagi bakteriologik laboratoriyalarda 3 va 4 guruh
yuqumli kasalliklar ( ichak, havo tomchi, yiringli infeksiyalar) tashxisi
uchun tekshiruvlar o‘tkaziladi. Shu bilan bir qatorda shifoxonaning
sanitariya gigiyena holatiga baho berishda, sterillash va dezinfeksiya
sifatlari ham muntazam tekshirib turiladi.
Bundan tashqari Respublika va viloyatlar miqiyosida “O‘ta xavfli
yuqumli kasalliklar” ( toun, brutsellyoz, kuydirgi, tulyaremiya va bosh.)
laboratoriyalari tashkil qilinadi. Bu laboratoriyalarda o‘ta xavfli yuqumli
kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari aniqlanadi va tashxis qo‘yiladi.
Respublika va shahar miqiyosida maxsus davolash shifoxonalari
(sil, teri tanosil, yuqumli kasalliklar) va ilmiy tekshirish institutlarida
ham bakteriologik laboratoriyalar tashkil qilinadi.
Virusologik laboratoriyalar respublika, shahar, viloyat SEOA lar
tarkibida va virusologiya ilmiy tekshirish institutida tashkil qilingan. Bu
laboratoriyalarda viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklar (gripp, polio-
miyelit, qizamiq va boshqalar) xlamidiya (ornitoz va boshqalar) va
rikketsiyalar chaqiruvchi kasalliklarga ( toshmali tif, KU–isitmasi va
boshqalar) tashxis qo‘yiladi. Virusologik laboratoriyalarni tashkil etish
va jihozlashda viruslar, hujayra kulturalari, tovuq embrionlari va
laboratoriya hayvonlari bilan ishlash uchun maxsus bokslar ko‘zda
tutiladi va juda qattiq aseptik sharoitlar talab etilishi hisobga olinadi.
SEOA tasarrufidagi bakteriologik laboratoriyalarda profilaktika
maqsadida aholi tekshiruvlardan o‘tkaziladi va oziq - ovqatlarni sani-
tar-bakteriologik tekshiruvlarini amalga oshiradi.
Laboratoriyalarni tashkil qilishda O‘zRes Sog‘liqni Saqlash Vazir-
ligi qoshidagi ha’yatining talab qoidalariga qattiq amal qilinadi va Res-
publika, shahar, viloyat va tumanda joylashgan bakteriologik labo-
ratoriyalar qurilishi maxsus proektlar asosida quriladi. Bakteriologik
laboratoriya tarkibiga kiradi: - bakteriologik tekshiruvlar o‘tkazish
uchun mo‘ljallangan xonalar, kommunal (qo‘shimcha) xonalar.
Bakteriologik tekshiruvlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xonalar
xodimlarga xavf tug‘dirish darajasiga qarab 2 ta mintaqaga bo‘linadi:
I. “Yuqumli” mintaqa – bu xonalarda xodimlar patogen biologik
agentlar bilan ishlashadi va patogen bakteriyalar saqlanishi mumkin,
shuning uchun bu zonada xodimlar tegishli himoya kiyimini ishlatadi.
II. “Toza” mintaqa - bu xonalarda xodimlar biologik materiallar bi-
lan ishlamaydi va o‘z kiyimlarida yurishi mumkin.
318
Ishning hajmi va maqsadlaridan kelib chiqgan holda laboratoriya-
larda bakteriologik tekshiruvlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan quyidagi
xonalar bo‘lishi kerak, ya’ni:
a) laboratoriyaga keltirilgan patologik materiallarni qabul qilish,
ro‘yxatga olish va ularning javobini berish uchun xona;
b) ayrim bakteriyalar guruhi (ichak, havo tomchi, sanitariya va
bosh.) bilan ishlash uchun xonalar;
d) serologik tekshirishlar o‘tkazish uchun xona.
Shu bilan bir qatorda xonalarining biriga oynali maxsus boks
jihozlanadi – aseptik sharoitda ishlash uchun, boks xonasida tambur
bo‘ladi. Boks xonasiga stol, stul, patologik materiallarni ekish uchun
jixozlar va bakteriotsid lampalar qo‘yiladi. Tamburda esa steril material-
larni saqlash uchun shkaf, termostat qo‘yilishi mumkin. “Yuqumli”
mintaqada xonalarni derazasi va eshiklari germetik berkilishi zarur.
“Yuqumli” mintaqa boshqa shamollatish sistemalaridan ajratilgan
bo‘lishi va shu mintaqa uchun maxsus shamollatish moslamalari
o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Kommunal, qo‘shimcha xonalar:
- avtoklav yoki sterilizatsiya xona ishlatib bo‘lingan biologik ma-
teriallarni, zararlangan idishlarni zararsizlantiruvchi xona;
- yuvish-idishlarni yuvish uchun mo‘ljallangan moslamalar; bak-
teriologik oshxona-bakteriyalarni o‘stirish uchun oziq-muhitlarni tayyor-
lash, quyish, sterilizatsiya qilish va saqlash uchun;
- vivariya-tajriba uchun mo‘ljallangan laboratoriya xayvonlarini
saqlash uchun;
- material xonalar–zaxira reaktivlari va laboratoriya idishlari, jixoz-
lar, apparaturalar va maishiy inventarlar saqlash uchun.
- Virusologik laboratoriyalarida yuqorida ko‘rsatilgan xonalardan
tashqari yana tekshiriladigan materialga maxsus ishlov berish va hujayra
kulturalari bilan ishlash uchun, alohida bokslar mavjud bo‘lishi shart.
Zamonaviy yirik laboratoriyalarda bakteriyalarning identifikatsiya
(saralash) qilishda kompyuterli programmalar mavjud. Shu bilan bir qa-
torda serologik, virusologik laboratoriyalarda immunoferment, immuno-
bloting tekshirish uchun asbob-anjomlar zarur.
Laboratoriyada mikroskopik preparatlarni bo‘yash uchun alohida
joyajratilgan bo‘ladi. Bu yerda bo‘yoqlar eritmasi, spirt, kislotalar,
reaktivlar, filtr qog‘oz va boshqalar mavjud. Har bir ish joyida gaz yoki
spirtli gorelkalar va dezinfeksiya eritmasi solingan shisha idishlar bilan
319
ta’minlanadi. Kundalik ish uchun laboratoriyada yetarli miqdorda oziqli
muhitlar, kimyoviy reaktivlar, diagnostik preparatlar va boshqa kerakli
narsalar bo‘lishi zarur.
10.1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |