F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

2. Umumdavlat me’yoriy-qonuniy hujjatlar.  
Atrof-muhit  holati va kommunal obyektlarda  SEOA  shifokori 
faoliyatida quyidagi hujjatlardan foydalaniladi: 
1) sanitariya qoidalari va me’yorlari (San Q va M).  
2) davlat standartlari (DST); 
3) qurilish me’yorlari va qoidalari (QM va Q) 
4) sanitariya qoidalari (SQ); 
5) asos bo‘luvchi buyruqlar, nizomlar; 


120 
 
3. Me’yoriy-uslubiy hujjatlar.  
Amaldagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarga, tarkibi bo‘yicha turli xil 
bo‘lgan va ko‘p sonli bo‘lgan ko‘rsatmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, 
uslubiy tavsiyalar kiradi.  
SN - tashkil qilinishi va o‘tkazalishi, yechiladigan vazifalari, maqsa-
di va boshqalarga ko‘ra ikki shaklda o‘rkaziladi: 
1) ogohlantiruvchi sanitariya nazorati (OSN); 
2) joriy  sanitariya nazorati (JSN).  
Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati (OSN) -  Davlat sanitariya na-
zoratining eng ahamiyatga molik bo‘lgan shaklidir.  
Ogohlantiruvchi (oldini oluvchi) sanitariya nazorati - bu, yangi quri-
layotgan, ta’mirlanayotgan va kengaytirilayotgan obyektlarni joylash-
tirishda, loyihalashtirishda, qurishda, ta’mirlashda va ekspluatatsiyaga 
qabul qilishda, hamda me’yoriy texnik hujjatlarni ishlab chiqishda, 
yangi kimyoviy birikmalarni, ichimlik suvi, yangi qurilishlar, texnologik 
jarayonlarni  tatbiq  etishda amaldagi sanitar-gigiyenik va sanitar-
epidemiologik qoidalar va me’yorlarga rioya qilinishini nazorat qilish 
maqsadida ilmiy tasdiqlangan gigiyenik me’yorlar va qonuniy 
dalolatnomalardan iborat bo‘lgan, mukammal tadbirlar yig‘indisidir.  
OSN bo‘yicha sanitariya shifokorining faoliyati va talablari quyi-
dagilarga asoslangan: 
1) asos bo‘luvchi qonuniy hujjatlarga asoslanib; 
2) amaldagi umumdavlat me’yoriy hujjatlarga asoslanib; 
3) me’yoriy-uslubiy hujjatlarga asoslanib.  
OSN ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi, ularning har biri bir necha 
bosqichdan iborat.  
Birinchi yo‘nalish. Yangi qurilayotgan, ta’mirlanayotgan yoki 
kengaytirilayotgan obyektlarni qurishda va loyihalashdagi OSN.  
Ikkinchi yo‘nalish. Sanoatni qayta qurishdagi, polimer va yangi 
qurilish materiallarini, yangi texnika va texnologiyani ishlab chiqishdagi 
OSN.  
Loyihalashtirish va qurilishdaga OSN quyidagi bosqichlardan 
iborat.  
1-bosqich  –  qurilishdagi texnik-iqtisodiy asoslarni yoki texnik-
iqtisodiy hisoblarni ko‘rib chiqish, loyihalashtirilayotgan  obyekt 
bo‘yicha texnik qarorlarni va loyihani ko‘rib chiqish, obyektni qurishda 
yer maydonini tanlash komissiyasi ishida qatnashish; 


121 
 
2-bosqich  –  turli kommunal obyektlar loyihalarini ekspertizadan 
o‘tkazishda ishtirok etish, loyiha bo‘yicha xulosa va tavsiya berish; 
3-bosqich  –  qurilish jarayonida sanitariya gigiyena  qoidalari va 
me’yorlariga rioya qilinishini nazorat etish; 
4-bosqich  –  obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilishda ishchi va 
davlat hay’ati ishida qatnashish.  
Birinchi va ikkinchi bosqichlar hamma muassasalar tomonidan Q M 
va Q 1. 02. 01-85 “Korxona, bino va qurilmalarni qurish, loyiha hujjat-
larini tasdiqlash, ko‘rib chiqish tartibi va tarkibi” haqidagi qo‘llanmaga 
asoslanadi.  
Yangi polimer va qurilish-materiallarini, kimyoviy moddalar, 
sanitar-texnik jihozlar ishlab chiqishdagi OSN.  
Ushbu ogohlantiruvchi sanitariya nazorati uchta bosqichda 
o‘tkaziladi: 
1-bosqich  –  ilmiy texnika  hujjatlari loyihasining sanitariya eksper-
tizasi; 
2-bosqich – ishlab chiqarish sinalmalarida (sinovlarida) qatnashish; 
3-bosqich  –  yangi  texnika va hokazolarni ekspluatatsiyaga qabul 
qilishda davlat hay’ati ishida qatnashish.  
Joriy  sanitariya nazorati (JSN)  -  bu,  SEOA  xodimlari tomonidan 
rejali ravishda bajariladigan joriy  ishlardan iborat. Bu ishda SEOA 
xodimlari inson organizmiga va uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etuvchi 
omillarni turli usullar bilan o‘rganadilar. Ularning ta’sirini kamaytirish 
yoki umuman yo‘q qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilishini va amalga 
oshirilishini nazorat ostiga oladilar.  
Joriy sanitariya nazorati ogohlantiruvchi sanitariya nazoratining da-
vomi bo‘lib, foydalanish uchun topshirilgan obyektlarni boshqarish 
jarayonida  mavjud  bo‘lgan ijobiy yoki salbiy tomonlarini aniqlash va 
shu yo‘llar bilan inson  sog‘lig‘ini saqlashda ishtirok etishdir.  
Joriy sanitariya nazoratida sanitariya shifokori 4 xil sanitar-gigi-
yenik tekshirishlar o‘tkazadi: 
1)  rejali, chuqurlashtirilgan; 
2)  maqsadli, tezkor; 
3)  nazoratli (nazorat tartibida); 
4)  tanlov asosida.  
Obyektni sanitar tavsiflash usuli gigiyena fanida qo‘llanilgan eng 
birinchi usullar qatoriga kirsa ham, hozirgi kungacha o‘z mohiyatini 
yo‘qotgani yo‘q va bugungi kunda ham sanitariya shifokorlarining 


122 
 
amaliy faoliyatida qo‘llanadigan, ilmiy tekshirish ishlaridagi asosiy 
usullardan biri bo‘lib qolmoqda. Sanitar tavsifiy tekshirishlardan yakka 
holdagi  obyektlar (suv havzasi, turar-joy  binosi va b.), hamda o‘z 
tarkibida turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan  obyektlar majmuasi 
(aholi yashash joylari, kommunal obyektlar, sport zallari, suv sporti 
saroylari, hammom, kirxona, DPM, dorixona va b.)da ham o‘tkazish 
mumkin.  Sanitar tavsifiy usul obyektni sanitar tekshirishdan o‘tkazish-
ning birinchi qismi hisoblanadi. Keyingi bosqichlarda esa, ko‘p qirrali 
va murakkab  asbob-uskunalar bilan tekshirish usullari, o‘rganilayotgan 
obyektda bor bo‘lgan zararli omillarga nisbatan inson organizmining 
javob ta’sirlanishlarini tekshirish kabilar aniqlanishi mumkin. 
Ana shunday kompleks gigiyenik tekshirish natijalari asosida turli 
tabiatga ega bo‘lgan gigiyenik tavsiyanomalar majmuasi ishlab chi-
qiladi.  Atrof-muhitdagi u yoki bu omilning inson organizmiga ta’sirini 
o‘rganishda ishchilar jamoasi yoki aholini ommaviy tekshirishlardan 
o‘tkazish talab etilib, bunda anketa-so‘rov usullarini qo‘llash lozim bo‘-
ladi. Bunday tekshirish natijasida o‘rganilayotgan omilning organizmga 
umumiy ta’sir etish qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratiladi. 
Tekshirilayotgan  obyektni sanitar gigiyenik tavsiflashda ko‘pincha 
o‘rganilayotgan  obyektdagi zararli omil bilan aloqada bo‘lgan shaxs-
larning shikoyatlari ham inobatga olinadi va olingan subyektiv ma’lu-
motlar ma’lum darajada tekshirishlarda asbob-uskunalar yordamida va 
klinik tekshirishlarning o‘tkazilishiga asos bo‘ladi.  Sanitar tavsifiy usul-
ni atrof-muhitdagi barcha obyektlar hamda aholining turmush va mehnat 
sharoitlarini baholashda keng ko‘lamda qo‘llash mumkin. Bunday 
obyektlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: suv manbalari, havo 
muhiti, tuproq, turar  joylar, aholining dam olish joylari, kasalxona, 
maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari va boshqalar. 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish