281
- optimal ish
sharoitlarini yaratish;
- umumiy va kasb bilan bog‘liq kasallanishni kamaytirish;
- ish bajarish qobiliyatini oshirishdir.
Mehnat gigiyenasi shifokori o‘z faoliyati davomida quyidagi usul-
lardan foydalanadi:
1. Sanitar gigiyenik nazorat osti obyektlarini kuzatish, ish faoliyatini
xronometrajini o‘tkazish, xavfli va zararli omillarni darajasini aniqlash
bo‘yicha laborator tadqiqot ishlari olib borish;
2. Fiziologik usul – organizmni turli organ va
tizimlarini funksional
holatiga ish bajarish davomida o‘zgarishini kuzatish, ish qobiliyatini
aniqlash, ishni og‘irligi va keskinligiga baho berish;
3. Tajriba usuli – kimyoviy toksik moddalarni darajasini laborato-
riya hayvonlari ustida tajriba o‘tkazib aniqlash, ruxsat etiladigan me’-
yorlarni darajasini belgilash (rem, red) va boshqa gigiyenik normativ-
larni belgilash;
4. Statistik usul – nazorat osti obyektlarida olib borilgan nazorat
ishlarini umumlashtirish va tahlil qilish, umumiy va kasb kasalliklari
bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ish va uni tahlil qilish va boshqalar.
OSN ni o‘tkazishdan maqsad yangi texnika, texnologiya jarayonlar,
kimyoviy moddalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda
yangi ishlab
chiqarish obyektlarini loyihalash, qurish va ishlatishga qabul qilishda
amaldagi sanitariya–gigiyena qoidalariga rioya qilinganligini tekshi-
rishdan iboratdir.
Ishlab chiqarish obyektlarida mehnat gigiyenasi vrachi tomonidan
o‘tkaziladigan ogohlantiruvchi sanitariya nazorati ikki yo‘nalishda olib
boriladi:
- ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirish va qurilishi, hamda
ta’mirlanishi;
- yangi texnik jarayonlar, texnik asbob – uskunalar, kimyoviy
moddalarni tatbiq etilishi.
Joriy sanitariya nazoratida quyidagilar nazorat qilinadi:
- korxonalarning joylanishi va inshoot bilan ta’minlanganligi shu
bilan birga uning hududi sanitariya me’yorlari, qoidalari va
gigiyenik
me’yorlarga mos kelishi;
- umumiy kasallanishni kamaytirish va professional kasallanishning
oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishini va samara-
dorligini nazorat qilish;
282
- ishlab chiqarishda zararli va xavfli omillarni yo‘qotishga qaratilgan
chora-tadbirlarni tatbiq qilishni nazorat qilish;
- ishning og‘irligi va keskinligini kamaytirishga qaratilgan
chora-
tadbirlarni tatbiq qilish;
- pestitsidlar va mineral o‘g‘itlarni saqlash sharoitlarida, tashishda
va ishlatishda sanitariya qoida va me’yorga rioya qilish.
Ta’sir tabiatiga ko‘ra “Mehnat kodeksi”ning 114 moddasi bo‘yicha
zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari 4 sinfga bo‘linadi:
fizikaviy – shovqin, tebranish, infra-ultratovushlar, havo harorati,
namligi, havo harakati, ionlashtiruvchi va ionlashmaydigan nurlar, ish
joylarida yoritganlik, ventilyatsiya
va boshqalar;
kimyoviy – zaharli, qichishtiruvchi, sensebillashtiruvchi, kansero-
gen, mutagen ta’sirga ega moddalarga gigiyenik baho berish;
biologik omillar – patogen mikroblar, ulardan hosil bo‘luvchi
moddalar, o‘simlik va hayvon qismlarini ta’siri;
ruhiy-fiziologik – ta’sir etish bo‘yicha fizik, asab-ruhiy zo‘riqish,
ishning monotonligi ta’siri.
Ishlab chiqarish korxonalarida JSN ni olib borishda sanitar shifokor-
lar tomonidan quyidagi 2 asosiy vazifa amalga oshiriladi:
-nazorat ostidagi korxonalarda mehnat sharoitlarini yaxshilash, kasb
kasalliklarini oldini olish va ish qobiliyatini oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirilishi ustidan davlat sanitariya nazoratini
o‘tkazish;
-nazorat ostidagi obyektlarni sanitariya holatini tahlil qilish,
amaldagi sanitariya qoida va qonunlarga asoslanib sog‘lomlashtirish
chora-tadbirlarini tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish.
3 xil ko‘rinishdagi sanitariya tekshiruvi farq qilinadi:
- rejali (mukammal) sanitariya tekshiruvi;
- mavzuviy sanitariya tekshiruvi;
- nazorat sanitariya tekshiruvi;
JSN bu har tomonlama chuqur ish sharoitini ishni qanday tashkil
etilganligini, ish
bajarishni mazmuni, o‘rganilib ishlab chiqarish obyekt-
laridagi ishchilar ish qobiliyatini, ularni salomatliklarini saqlashga qara-
tilgan faoliyat turi hisoblanadi. Bu vazifalarni bilish
va uni amalga
oshirish uchun JSN davomida laborator tadqiqot ishlari, umumiy va kasb
kasalliklarini tahlil qilish ishlari, alohida korxona, alohida sex, alohida
kichik sexlari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq
obyektlarni
sanitariya nazorati o‘tkaziladi.