F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

4. Suv – salomatlik omili 
 
        Suv inson hayotida muhim ahamiyatga egadir. Uning ahamiyati 
faqatgina inson va hayvon hayoti bilan bog‘liq bo‘lmay, balki o‘simlik 
dunyosi uchun ham juda muhimdir. Suv xalq xo‘jaligida keng ko‘lamda 
qo‘llanadi, jumladan sanoat korxonalari, texnik ehtiyojlar, hamda qish-
loq xo‘jaligidagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetish-
tirishda ko‘plab sarflanadi. 
Suv havzalaridagi suvlardan foydalanishning asosiy turlaridan biri  
bu aholi yashash joylarini suv  bilan ta’minlashdir. 
       Aholini  sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash  va  shu yerdagi aholi-
ning salomatlik ko‘rsatkichlari, ko‘pgina epidemik kasalliklarni bartaraf 
qilinishi, aholi yashash joylarini obodonlashtirilishi va turar joy binolari-
ning sanitar komfortini ta’minlash masalalari chambarchas bog‘liqdir. 
       
2015-yilda, dunyo aholisining 91%i 1990-yildagi 76% bilan taqqos-
laganda, sifatli ichimlik suvi manbalaridan foydalana oldi. 
• 1990 yildan boshlab, sifatli ichimlik suvi manbalaridan  2,6 mil-
liard kishi foydalanib kelmoqda. 
• Hozirgi kunda deyarli 4,2 milliard kishi suv tarmog‘idan foydalan-
moqda; 2,4 milliard aholi boshqa sifati yaxshilangan suv manbalaridan, 
shu jumladan himoyalangan quduqlaridan foydalanmoqda. 
• 663 million aholi sifatsiz suvdan foydalanmoqda, shu jumladan 
159 million aholi yuzaki suv havzalaridan foydalanmoqda. 
•  Global darajada, eng kamida 1,8 milliard kishi fekal moddalar 
bilan ifloslangan ichimlik suv manbalaridan foydalanmoqda. 
 
Ifloslangan suv diareya, vabo, dizenteriya, ich terlama va polio-
miyelit kabi kasalliklar  qo‘zg‘atuvchilarini  tashuvchi  omil  bo‘lishi 
mumkin.  Hisob-kitoblarga ko‘ra, ifloslangan ichimlik suvi har yili  500 
000 dan ortiq o‘lim holatlariga sababchidir. 
• 2025-yilga borib, dunyoning yarim  aholisi  suv tanqisligi  mavjud 
bo‘lgan joylarda yashaydi. 
• Kam va o‘rta daromadli mamlakatlarda sog‘liqni saqlash muassa-
salarining  38 %i  hech qanday suv manbalariga ega emas, 19%i  sani-
tariya holati past va 35%i qo‘l yuvish uchun sovun va suvga ega emas.
 
Ming yillik rivojlanishning ichimlik suvi masalasida 2010-yilda glo-
bal darajada o‘z maqsadiga erishdi. Bu sifatli suv bilan ta’minlanmagan 


155 
 
dunyo aholisini  deyarli  yarmiga kamaytirish edi. 48 ta  eng kam 
rivojlangan mamlakatlar  ushbu vazifani bajarmadi, ammo bu mam-
lakatlarda muhim siljish – 1990-yildan aholining  42 %i sifatli ichimlik 
suv manbalaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.
 
Dunyoda  hali aniq  geografik, ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy teng-
sizlik saqlanib qolinmoqda va bu nafaqat qishloq bilan shahar o‘rtasida, 
balki kambag‘al norasmiy va noqonuniy aholi punktlarida yashayotgan 
ichimlik suvi manbalaridan foydalanish  cheklangan kichik va katta 
shaharlardagi aholi o‘rtasida ham mavjuddir.
 
Ifloslangan  suv va sanitariya holatining pastligi  vabo, diareya, 
dizenteriya, gepatit A, ich terlama va poliomiyelit kabi kasalliklarni uza-
tilishi  bilan bog‘liq.  Suv ta’minoti va sanitar holatni boshqarishning 
yaxshi tizimga qo‘yilmaganligi va ularning nomuvofiq ishlashi yoki 
umuman tashkil etilmaganligi inson salomatligi uchun  xavf  tug‘diradi. 
Bu, ayniqsa,  suv ta’minoti va sanitariya xizmati mavjud bo‘lmaganda 
bemorlar va xodimlarning qo‘shimcha  infeksiyalar va kasalliklar   bilan 
og‘rish xavfi bo‘lgan  tibbiy  muassasalariga taalluqlidir. Global  miqyo-
sda 15% bemorlarning yuqumli kasallik bilan og‘rishi, ularning kasal-
xonada  bo‘lish paytida  rivojlanadi, kam ta’minlangan mamlakatlarda 
esa, bu ko‘rsatkich ancha yuqoridir. 
Shahar,  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligi chiqindi suvlarini tozalash 
millionlab odamlar tomonidan ishlatiladigan ichimlik suvini  kimyoviy 
yoki mikroorganizmlar bilan zararlanishining xavfli  xarakterga ega 
ekanligini anglatadi. 
Bu 842000 kishi  sifatsiz  ichimlik suvi, xavfli sanitariya holati  va 
qo‘llarning shaxsiy   gigiyena  qoidalariga rioya qilmaslik natijasida 
diareyadan    har yili vafot etadi  deb  baholanmoqda. Biroq  diareyani 
oldini olsa bo‘ladi. 
Misol uchun, agar muvofiq xavf omillarini  bartaraf etilganda har 
yili 5 yoshgacha bo‘lgan  bolalarda 361000 o‘lim  holatini oldini olish 
mumkin bo‘lardi. Qayerda, suv bo‘lmasa,  odamlar  qo‘llarini yuvish 
ahamiyatga ega bo‘lmagan chora deb  o‘ylashi  mumkin  -  bu diareya va 
boshqa kasalliklarning  kelib chiqish ehtimolini oshiradi. 
Diareya  –  bu ifloslangan oziq-ovqat va suv bilan bog‘liq  bo‘lgan 
eng taniqli kasallik hisoblanadi, lekin bu boshqa xavf bilan ham bog‘liq. 
Misol uchun ifloslangan suv iste’mol qilish ta’siri natijasida organizmda 
parazit  gijjalar ta’sirida  kelib chiqadigan surunkali kasallik –  shisto-
somoz kasalligi bilan taxminan 240 million kishi aziyat chekmoqda. 


156 
 
Dunyoning ko‘pgina  yashash  hududlarida suvda yashovchi va ko‘-
payuvchi hasharotlar -  isitmasi  kabi kasalliklarning tashuvchilari   
hisoblanadi. Infeksiya tashuvchi deb nomlangan bunday hashoratlarning 
ba’zilari iflos suvda emas, balki toza suvda ko‘payadi,  ro‘zg‘orda foy-
dalaniladigan suv saqlash idishlari ularning ko‘payishi uchun joy bo‘lib 
xizmat  qilishi mumkin.  Mazkur idishlarning qopqoqlaridan foydalanish 
kabi bu oddiy chora uy sharoitida suvni najas bilan ifloslanishini oldini 
olish bo‘yicha qo‘shimcha yordam berishi va infeksiya tashuvchilarning 
ko‘payish darajasini kamayishiga  yordam berishi mumkin. 
Suvning salomatlik omili ekanligiga ta’rif berilganda uning asosiy  
3 ta tutgan o‘rniga qattiq e’tibor berilishi talab etiladi. 
1  -  suvning fiziologik ahamiyati. Odam jismining o‘rtacha 65% 
(katta yoshli odamlar uchun) –  80% (bolalar organizmi) suvdan tashkil 
topgandir. Suv organizmda barcha moddalarning universal erituvchisi 
hisoblanib, organizmda suvsiz ro‘y beradigan birorta ham biokimyoviy 
jarayon to‘liq holda amalga oshmaydi, u hujayra elementining muhim 
tarkibiy qismi hisoblanadi, suv organizmdagi issiqlikning boshqarilish 
jarayonida faol ishtirok etadi va h.k. Komfort sharoitdagi  mikroiqlimda 
organizmdagi fiziologik funksiyalarni amalga oshirish uchun bir kecha-
kunduz  davomida o‘rta hisobda 1,5 litrga yaqin suv kerak bo‘ladi. Bu 
miqdor  organizmning minimal  fiziologik ehtiyoji bo‘lib, undan kam 
miqdorlarda iste’mol qilinganda organizmning suvsizlanish  holati kuza-
tiladi. Organizmdan 5%  miqdordagi suv yo‘qotilsa, bizda chanqash ho-
lati, 10% suv yo‘qotilganda esa, funksional  o‘zgarishlar va turli pato-
logik holatlar, 20% dan ortiq suv yo‘qotilganda – organizmning  suvsiz-
lanishi tufayli  o‘lim yuzaga kelishi mumkin. Komfortli mikroiqlim 
sharoitida suvga bo‘lgan fiziologik ehtiyoj kuniga 2,2l ni tashkil qiladi. 
Bizning issiq iqlim sharoitimizning  issiq fasllarida organizmning terlash 
jarayoni juda yuqori bo‘lib, unga bog‘liq holda organizmning suvga 
bo‘lgan fiziologik ehtiyoji bir kun uchun 8-10 litrgacha (o‘rtacha 4-5l
ortadi. 
        2  -  suvning gigiyenik ahamiyati. Inson o‘zining gigiyenik ehtiyoj-
larini to‘liq qondirishi uchun katta miqdorlardagi suvni sarflashi tabi-
iydir, jumladan badanning tozaligini saqlash, kiyim-boshlar, turar joylar, 
idish-tovoqlarni toza saqlash, organizmni chiniqtirish masalalarida 
ko‘plab suv sarflanadi. Keltirilgan maqsadlar uchun bir odam bir kecha-
kunduz davomida bir necha o‘n litr suvni sarflaydi. Aholi tomonidan suv 


157 
 
sarfining kundan-kunga ortib borishi aholi hayotidagi sanitar-gigiyenik 
sharoitlarning kundan-kunga yaxshilanib borayotganligi bilan bog‘liqdir. 
3  -  suvning epidemiologik ahamiyati. Suv juda ko‘p kasalliklarni 
uzatuvchi va tarqatuvchi omil sifatida muhim o‘rinni egallaydi, jum-
ladan- vabo, tif, paratif, ichburug‘, gepatit, brutsellez va b., hamda ayrim 
turdagi invazion kasalliklar (rishta)ning tarqatuvchisidir. Bunday holat 
juda ko‘p mikroorganizmlarning suv muhitida uzoq muddatlarda (bir 
necha kundan bir necha oygacha) yashay olishi bilangina bog‘liq 
bo‘lmay, balki ular suv muhitida o‘zlarining virulentligini ham to‘liq 
saqlay oladilar. 
4.1-jadval 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish