F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Ishlab chiqarishga doir omillarning spetsifik ta’sirlariga



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

8.6. Ishlab chiqarishga doir omillarning spetsifik ta’sirlariga 
gigiyenik xarakteristika 
 
Yuqorida ko‘rsatib  o‘tilganidek, ayrim turdagi sanoat zaharlari 
umumzaharli ta’sir samarasidan tashqari spetsifik ta’sir ko‘rsatish xu-


268 
 
susiyatiga ham egadir -  allergenli,  kanserogenli, mutagenli, teratogenli, 
embriotoksik ta’sir kabilar. 
Sanoat allergenlari - bu shunday moddalar-ki, ular organizmga tush-
gandan so‘ng, ma’lum muddatlardan keyin organizmni allergizatsiya 
holatiga olib keladi.  Allergenlik xususiyatiga ko‘pincha yuqori 
molekulali organik birikmalar ega bo‘ladi, ammo ma’lumki  ko‘pgina 
quyi molekulali moddalardan tortib, toki ayrim kimyoviy elementlar-
gacha ana shunday ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga egadirlar, mas., kobalt, 
nikel birikmalari  (Co, Ni). Shak-shubhasiz  bu moddalar organizmda 
gaptenlik vazifasini o‘taydilar,  hujayralardagi oqsil molekulalari bilan 
birikib murakkab komplekslar hosil qiladilar, bu moddalar o‘z  o‘rnida 
organizmni autoallergizatsiya holatiga olib keladi. Ishchilar organizmida 
yuzaga keladigan allergik holatlar tez sodir bo‘ladigan va sekinlik bilan 
yuzaga keladigan allergik reaksiyalar  ko‘rinishida namoyon bo‘lishi 
mumkin. Tez sodir bo‘ladigan allergik reaksiyalarga  bronxial astma, 
angionevrotik shish, eshakemi va sekinlik bilan yuzaga keladigan 
allergik reaksiyalarga – dermatitlar, ekzemani kiritish mumkin. Bunday 
reaksiyalarning kelib  chiqishida nasldan-naslga  o‘tuvchi moyillik
neyroendokrin kasalliklar va shaxsiy moyillik holatlari katta ahamiyatga 
egadir. 
Kasbiy allergozlarning profilaktikasi juda murakkabdir, chunki 
allergiyani shakllanishida yoki ayrim hollarda allergik reaksiyalarni 
kelib chiqishida juda kichik miqdorlardagi allergenlarning ta’siri ham 
yetarli bo‘lib qoladi. Bunday vaziyatlarni oldini olish uchun allergik 
ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarning o‘zini va guruhini aniqlash,  
organizmni desensibilizatsiyalash juda muhimdir,  yoki bo‘lmasa shu 
organizmni allergenlar bilan bo‘ladigan aloqasiga  umuman barham 
berish zarur (ikkilamchi profilaktika). 
Birlamchi profilaktik tadbirlarni o‘tkazish uchun umumiy hisoblan-
gan tadbirlardan tashqari yana ishchilarga kimyoviy moddalarning ta’sir 
etish mumkinligini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar (umumzaharli 
ta’sirlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar kabi)dan tashqari ishchilarni 
ishga qabul qilishda ularning allergiyalarga moyillik holatlarini tek-
shirish kerak bo‘ladi. 
Ayrim turdagi kimyoviy ishlab chiqarish omillari uzoq muddat-
lardan so‘ng yuzaga keladigan ta’sir samarasini namoyon qiladi, ya’ni 
patologik  o‘zgarishlar bu moddalarning ta’sir etganidan so‘ng tezlikda 
yuzaga kelmay, balki ta’sir etilgandan ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng 


269 
 
namoyon bo‘lishi mumkin. Ana shunday uzoq muddatdan so‘ng yuzaga 
keladigan samaralar qatoriga kanserogenli, mutagenli, teratogenli ta’sir-
larni ko‘rsatish mumkin. Ayrim  hollarda teratogenli ta’sirni embriotok-
sik ta’sir deb ham ataladi. 
Kanserogenli  ta’sir  -  bu kimyoviy moddalarning xavfli o‘smalarni 
keltirib chiqarish xususiyatidir. Sanoat kanserogenlari ko‘p va xilma-
xildir.  Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti tarkibiga kiruvchi  
tasnifiga ko‘ra  (1982) barcha kanserogenlik xususiyatiga ega bo‘lgan 
moddalar ikki guruhga bo‘linadi: 
I odam organizmi uchun kanserogenli ta’siri aniqlangan moddalar:  
4-aminodifenil, margumush va uning birikmalari, asbest, benzol, benzi-
din, xlormetilmetalli efir, xrom va uning birikmalari, 2-naftilamin,  qu-
rumqatronlar, mineral yog‘lar, vinilxlorid va b. 
II guruh -  odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan moddalar. Bu guruhga kiruvchi moddalar yana 2 
guruhga bo‘linadi: 
II-a - odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati yuqori bo‘lgan 
moddalar (akrilonitril, benz(o)piren, berilliy, dietilsulfat, 0-toluidin, 
nitrozoaminlar va b.); 
II-b  - odam organizmi uchun kanserogenlik xususiyati past bo‘lgan 
kimyoviy moddalar (to‘rtxlorli uglerod, xloroform, xlorfenollar, dibro-
metan, formaldegid, ayrim turdagi gerbitsidlar va b.)   
Mutagenli  ta’sir  -  ayrim ishlab chiqarish omillarining mutagenli 
ta’sir samarali hujayralarning genetik kodini jarohatlashi bilan bog‘liq 
bo‘lib, natijada ishlovchilarning kelgusi avlodlarida organizmning irsiy 
belgilarini uzatilishiga doir kuzatiladigan kasalliklar qayd qilinadi. 
Mutagenli ta’sirga ko‘pgina kanserogenli xususiyatga ega bo‘lgan mod-
dalar egadirlar, ammo hamma mutagenlar ham kanserogenli ta’sirga ega 
emaslar.  Profilaktik tadbirlar, xuddi kanserogenlarga bo‘lgan talab va 
tadbirlarning ko‘rinishi kabidir. 
Gonadotrop ta’sir - sanoat zaharlarining gonadotrop ta’sirlari erkak 
kishilarda spermatogenezning, ayollarda esa ovogenezning izdan 
chiqishi bilan ta’riflanadi. Bunday ta’sir ishlovchilarning o‘zlarida ham, 
ularning kelgusi avlodlarida ham uchrashi mumkin. Gonadotrop ta’sir 
xususiyatiga  -  benzol va uning gomologlari, xlororganik birikmalar, 
marganets, xlorpren, kaprolaktam, borat kislotasi, fenol, qo‘rg‘oshinlarni 
kiritish mumkin. 


270 
 
Bundan tashqari bir  qancha moddalar embriotoksik ta’sirga ega 
bo‘lib, homilador ayol organizmiga ta’sir etganda  homila organizmida 
gistomorfologik  o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi (teratogenli samara), 
ayrim sharoitlarda esa (moddaning zaharlilik sinfi, moddaning yuqori 
dozasi) homilaning nobud bo‘lishiga ham sababchi bo‘ladi. Teratogenli 
ta’sir  aniq bo‘lgan moddalar  qatoriga - xlorpren, formaldegidli katron, 
emallar, laklarni kiritish mumkin. Bunday ta’sirga homilaning 3-7 hafta-
sidagi davri eng sezgir hisoblanadi. 
Embriotoksik ta’sirni oldini olish uchun umumiy profilaktik 
tadbirlardan tashqari sanoat zaharlari bilan bog‘liq bo‘lgan kasblarda 
ishlash uchun homilador ayollarni umuman qo‘ymaslik maqsadga 
muvofiqdir. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish