266
chi moddalar ona suti orqali chiqarilib bola organizmiga o‘tishi ham
mumkin.
Kimyoviy moddaning tabiati, moddaning dozasi va uning ta’sir
etish muddatiga bog‘liq holda organizmda o‘tkir, oraliq, surunkali
zaharlanish holatlarini, yoki moddaning spetsifik ta’sir samarasi kelib
chiqishi mumkin. Zaharlangan holatning yuzaga kelishi bir qator
gigiyenik xarakteristikalarga bog‘liq holda bo‘lishi ham mumkin: mod-
daning suvda yoki yog‘da
eruvchanligi, barqarorlik darajasi,
kumulyativlik xususiyati, zaharlilik sinfi va dozasi.
Kumulyatsiya - kimyoviy moddaning organizmda to‘planishi de-
makdir. Shunga muvofiq moddiy va funksional kumulyatsiyalar farq-
lanadi. Moddiy kumulyatsiya - ma’lum bir moddaning organizmda to‘p-
lanishini bildirsa, funksional kumulyatsiya - moddaning ta’sir samarasini
ko‘rsatadi. Moddiy kumulyatsiya ko‘proq kimyoviy moddaning
barqarorligiga bog‘liq bo‘lsa, funksional kumulyatsiya moddaning
zaharlilik darajasiga bog‘liqdir.
Organizm uchun xavflilik darajasi bo‘yicha shu moddaning barcha
gigiyenik ta’riflarini inobatga olgan holda barcha sanoat zaharlarini 4 ta
zaharlilik sinfiga bo‘lish qabul qilingan:
I sinf - o‘ta
xavfli moddalar
II sinf - yuqori xavfli moddalar
III sinf - o‘rtacha xavfli moddalar
IV sinf - kam xavfli moddalar.
Xavflilik sinfini aniqlash uchun bir qator toksikologik parametr-
lardan foydalaniladi: LD
50
, CL
50
(o‘rtacha o‘lim chaqiruvchi doza yoki
konsenratsiya), K
kum
(kumulyativlik koeffitsiyenti) hamda REK
qiymatlari. Bularning hammasi toksikologik tajribalar asosida hisoblab
topilgan qiymatlardir. Mas., LD
50
gi 15 mg/kg va undan kam bo‘lgan
kimyoviy moddalar I sinfga doir xavflilik guruhiga, 15-159 mg/kg
atrofida bo‘lsa - II sinfga, 151-5000 mg/kg bo‘lsa -III sinfga, 5000
mg/kg dan ortiq bo‘lsa -IV xavlilik sinfiga taalluqli bo‘ladi.
O‘ta yuqori kumulyativlik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar I
sinfga, yuqori kumulyativlik xossasiga ega bo‘lgan moddalar- II sinfga,
o‘rtacha kumulyativlik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar III sinfga va
past kumulyativlik xossasiga ega bo‘lgan moddalar IV sinfga taalluqli-
dir. Sanoat zaharlarining xavflilik darajasini baholanganda ayollar va
bolalar organizmning yuqori darajadagi sezgirlik holatlarini hisobga
olish zaruriy hisoblanadi. Ayrim moddalar masalan, marganets va bor
267
moddalariga nisbatan erkaklar organizmi yuqori sezgirlikni namoyon
qiladi.
Zaharli moddalarning ta’sir etish samarasi yuqori harorat va
yuqori
namlik sharoitlarida va bir vaqtning o‘zida yuqori darajadagi shovqin va
tebranish ta’sir etganda juda yuqori bo‘ladi. Shu bilan birga og‘ir
jismoniy mehnat bajarganda ham sanoat zaharlarining ta’sir etish
samarasi juda yuqori bo‘lishi tasdiqlangan.
Ishlab chiqarish muhitida sanoat zaharlari odatda kombinatsiya-
lashgan (birikkan) holda ta’sir ko‘rsatadi, buning oqibatida turli ko‘ri-
nishdagi ta’sir samaralari namoyon bo‘ladi: qo‘shilgan ta’sir, ta’sir
samarasining kuchayishi, antogonizm (ta’sir samarasining pasayishi),
bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ta’sir kabilar.
Sanoat zaharlarining umumzaharli ta’sirlarini oldini olish tadbirlari-
ning asosiylari quyidagilardan iborat:
-zaharli moddani iloji boricha kam zaharli modda bilan almashtirish
(mas., bosmaxonalarda qo‘rg‘oshin o‘rniga ruxdan foydalanish);
-texnologik jarayonlarni takomillashtirish (mas.,buyumlarga ishlov
berish usullarini o‘zgartirish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish,
yopiq turkumdagi texnologiyalarni qo‘llash);
-ish xonalarini oqilona
rejalashtirish va jihozlash;
-ishchi zonasi va ish xonalar havosini oqilona shamollatish (mahal-
liy, umumiy);
-kimyoviy moddalarni gigiyenik reglamentlash va ish joylaridagi
havo tarkibidagi zaharli moddaning miqdorini nazorat qilib borish
(SanQ va M kitobchasini namoyish qilish, ish joyidagi havo muhitida
kimyoviy moddalarning REK rioya qilish kabilar);
-shaxsiy himoya vositalardan unumli foydalanish (maxsus kiyimlar,
lozim bo‘lganda maxsus respiratorlar va protivogazlar);
-ishchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib turish;
-sanoat zaharlari bor bo‘lgan korxonalarga va kasblarga homilador
va emizuvchi ayollarni qo‘ymaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: