F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

4.3. Suv namunasini olish qoidalari 
 
        Laboratoriya tekshirishlari natijasi ko‘p jihatdan suv namunasining 
to‘g‘ri olinganligiga va uni o‘z vaqtida tekshirishga jo‘natilganligiga 
bog‘liqdir. 
Suv namunasini hajmi 2-5  litrli  toza idishga (bakteriologik tahlil  
uchun sterillangan) olinadi. Suv manbaidan namuna olish markazlash-
gan suv ta’minoti uchun suv olinadigan joydan (yoki suv manbaidan 


170 
 
foydalanish joyi –  masalan, cho‘milish joylari) olinadi. Namunani 
qirg‘oqdan 5-10m  ichkaridan  va manbaning o‘rtasidan 0,5 -  1m chu-
qurlikdan (lozim bo‘lganda chuqurroqdan) olish tavsiya etiladi. Kerakli 
chuqurlikdan suv namunasini olish uchun maxsus asbob –  bato-
metrlardan foydalaniladi  yoki tosh bog‘langan va uzun ipga bog‘langan 
shisha idishdan foydalanish mumkin. Bunda ikkinchi ipni idishning 
qopqog‘iga bog‘lanadi va undan suv olish vaqtida   foydalaniladi: ke-
rakli chuqurlikka idishni tushirgandan so‘ng, qopqoq ipi keskin tortilib, 
idishning og‘zi ochiladi va unga suv kiradi. 
Suv tarqatish tarmog‘idan (vodoprovod) bakteriologik analiz uchun 
sinama  quyidagi tartibda olinadi: spirt lampasi alangasida jo‘mrak  qiz-
diriladi va suvni ochib 10 daqiqa davomida oqizib qo‘yiladi, so‘ngra suv 
namunasini shisha idishga olib, idish og‘zini ham alangada qizdiriladi va 
mahkam yopiladi.  
Fizik-kimyoviy tekshirishlar uchun suv namunasini olishda ham 10 
daqiqa davomida suv oqizib qo‘yiladi, idishni shu suv bilan chayiladi, 
keyin suv bilan to‘ldirilib, og‘zi yopiladi. 
      Namuna olingandan so‘ng idish qopqog‘ini surg‘uch bilan muhr-
lanadi va kuzatuv xati bilan laboratoriyaga jo‘natiladi. Kuzatuv xatida 
namuna olingan suv manbaining nomi, olinish joyi va olinish vaqti, 
suvning hajmi, qanday maqsadlar uchun olindi, kim tomonidan olindi 
kabi ma’lumotlar yoziladi. Agar namuna suv manbaidan olingan bo‘lsa, 
kuzatuv xatida namuna olish vaqtidagi ob-havo sharoiti ko‘rsatiladi. 
Olingan namuna iloji boricha laboratoriyaga tez yetkazilishi kerak
imkoni bo‘lsa 2 soat ichida, agar buning iloji bo‘lmasa, u holda suvga 
konservant qo‘shiladi  -  har 1litr suvga 2 ml 25% li sulfat kislotasi 
(suvdagi muallaq moddalar, quruq qoldiq, xloridlar, azot tuzlari uchun 2 
ml/l xloroform qo‘shiladi) va bu haqda ham kuzatuv xatida bildiriladi. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish