ularning tovar (ish, xizmat)lari, tovar (ish, xizmat) belgilari hamda
tovarlarni ishlab chiqarish texnologiyalari togrisida tarqatiladigan
maxsus axborotdir.
192
Xojalik yurituvchi subyekt qanchalik sifatli va narxi arzon tovar
ishlab chiqarmasin, u reklamaning yordamisiz raqobatlasha olmaydi.
Chunki, istemolchi faqatgina reklama orqaligina xojalik yurituvchi
subyekt hamda uning tovari (ishi,xizmati) haqida toliq malumotga
ega boladi. Xojalik yurituvchi subyekt aynan reklama orqali ozining
imkoniyatlarini istemolchiga namoyish eta oladi. Reklama xojalik
yurituvchi subyektga raqobatlashish vositasi sifatida xizmat qiladi,
desa ham boladi. Shuning uchun ham iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda reklamadan keng foydalaniladi. Masalan, reklama
uchun sarflanadigan xarajatlar Italiyada yalpi milliy mahsulotning
0,6% ini tashkil etsa, AQSHda 2,7% ini tashkil etadi.
Reklama faoliyati bilan bogliq munosabatlar Ozbekiston
Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi «Reklama togrisida»gi
Qonuni
1
bilan huquqiy jihatdan tartibga solinadi. Reklama bilan bogliq
huquqiy munosabatlarda reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi,
reklama tarqatuvchi hamda reklamadan foydalanuvchilar ishtirok etadi.
Reklama beruvchi oz tovari (ishi, xizmati)ni reklama qilayotgan
xojalik yurituvchi subyektdir. Reklama tayyorlovchi reklama
beruvchining buyurtmasiga binoan reklamani tayyorlaydigan shaxs.
Reklama tarqatuvchi reklama vositalari orqali reklama beruvchining
reklamasini tarqatuvchi shaxs. Reklamadan foydalanuvchi reklama
yonaltirilgan shaxs, yani istemolchidir.
Reklamani tarqatishda qonun hujjatlariga rioya etish, undagi
malumotlarning aniq va ishonchli bolishi hamda istemolchiga hech
qanday zarar yetkazmaslik reklamaga qoyiladigan asosiy talablar
bolib hisoblanadi. Shuning uchun ham mazkur talablarga rioya
etmagan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Oz
tovari (ishi, xizmati)ni reklama qilmoqchi bolgan shaxs reklama
tayyorlovchi hamda uni tarqatuvchiga reklamadagi axborotlarning
ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart. Bundan
tashqari, xojalik yurituvchi subyekt maxsus ruxsatnoma talab
etiladigan faoliyatni reklama qilmoqchi bolsa, tegishli litsenziyaga
ega ekanligini korsatishi lozim. Reklamadagi axborot hech qanday
maxsus bilimlarsiz har qanday normal qobiliyatli odamga tushu-
narli bolishi lozim.
1
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1999. 14- modda,
1- son.
193
Raqobat qonuniy (insofli) hamda noqonuniy (insofsiz) turlarga
bolinar ekan, reklamaning ham qonuniy va noqonuniy turlari
mavjud. Aynan noqonuniy reklama orqali insofsiz raqobat amalga
oshiriladi.
Insofsiz reklamada reklama qilinayotgan tovar (ish, xizmat)lar-
dan foydalanmaydigan shaxslar kamsitiladi, reklama qilinayotgan
tovar boshqa xojalik yurituvchi subyektlarning tovarlari bilan
noxolisona taqqoslanadi, raqobatchining obrosiga putur yetkazi-
ladigan yolgon malumotlar aytiladi, reklamani raqobatchining
reklamasiga oxshatib, undan kochirib yoki taqlid qilib istemolchini
chalgitadi yoki bolmasa ularning tajribasizligidan foydalanadi.
Ishonchsiz yoki shubhali reklamada tovar(ish,xizmat)ning turli
belgilari, xususiyatlari, sifati, narxi, yaroqlilik muddati, kafolat
muddati togrisidagi hamda boshqa malumotlar haqiqatga togri
kelmaydi, yani ular borttirib korsatiladi. Ishonchsiz reklamada
asosan «eng yaxshi», «mutlaqo», «yagona» va «faqat» kabi
sozlaridan keng foydalaniladi. Yolgon (notogri) reklama orqali
istemolchilar xojalik yurituvchi subyektlar tomonidan qasddan
chalgitiladi.
Yashirin reklamada istemolchining idrokiga ozi xohlamagan
holda tasir otkaziladi. Ushbu reklama turining yashirin deyilishiga
sabab uning reklama bilan umuman bogliq bolmagan korsatuvlarda
va nashrlarda namoyish etilishidir. Masalan, birorta davlat, fan yoki
madaniyat arbobidan telejurnalistlar intervyu olishayotganda
teletomoshabinlarning asosiy etiborini ularning kiygan kiyimlariga
yoki foydalanayotgan qol soatlariga qaratishga harakat qilishadi.
Shuning uchun ham yashirin reklamani payqash juda qiyin.
Noqonuniy, yani lozim darajada bolmagan
reklamaning turlari
ishonchsiz (shubhali)
reklama
yashirin reklama
insofsiz reklama
yolgon reklama
194
Bundan tashqari, etika (axloq-odob) normalariga zid reklama
ham mavjud bolib, S.E.Jilinskiy uni insofsiz reklamalar qatoriga
kiritgan bolsa, I.V.Yershov, Ò.M.Ivanovlar unga noqonuniy rekla-
maning alohida turi sifatida qaraydi.
Reklamaning mazkur turida insoniylik hamda axloq normalariga
zid axborotlar mavjud boladi. Mazkur axborotlar haqoratli sozlar
hamda odamlarni irqi, millati, dini, kasbi, ijtimoiy toifasi, yoshi,
til, jinsi, diniy, falsafiy, siyosiy va boshqa qarashlari boyicha qopol
taqqoslashlardan iborat boladi.
«Reklama togrisida»gi Qonunda yuridik adabiyotlardan farqli
olaroq, noqonuniy reklama uch turga bolib korsatilgan, yani
notogri, yashirin va qiyosiy reklama.
Notogri reklama, bu noaniqligi, ikki xil manoni anglatishi,
borttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish
vaqti, joyi va usuliga nisbatan qoyilgan talablarni va qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida
reklamadan foydalanuvchilarni chalgituvchi yoki chalgitishi mum-
kin bolgan, shaxslarga hamda davlatga moddiy zarar va manaviy
zarar yetkazishi mumkin bolgan reklama. Yuqorida sanab otilgan
insofsiz, ishonchsiz, etika normalariga zid va yolgon reklamalar
qonun bilan notogri reklamalar qatoriga kiritilgan.
Qiyosiy reklama esa raqobatchiga yoki u tomonidan taqdim
etilayotgan muayyan bir turdagi mahsulotga bevosita yoki bilvosita
aynanlashtiriladigan reklamadir. Qiyosiy reklamaga quyidagi talablar
bajarilgandagina yol qoyiladi:
reklamada mahsulotning moddiy, muhim, ishonchli xossalari
xolisona va insofli taqqoslansa;
reklama undan foydalanuvchini chalgitib qoymasa;
reklama beruvchi bilan raqobatchining shaxsi, mahsuloti, to-
var belgisi hamda firma nomi aralashib ketmasa;
raqobatchining obrosiga putur yetmasa.
Noqonuniy reklamaning salbiy oqibatlari aksilreklama orqali
bartaraf etilishi mumkin.
Aksilreklama avval berilgan reklamaga raddiya bildirish bolib,
u bevosita reklama togrisidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxs
tomonidan va uning hisobidan amalga oshiriladi. Aksilreklama ixtiyoriy
195
ravishda yoki sudning qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Aksilreklama aybdor shaxsni boshqa javobgarliklardan ozod etmaydi.
Demak, insofsiz raqobat qonun hujjatlariga zid bolgan reklama
vositasida amalga oshiriladi. Noqonuniy (notogri, qiyosiy va
yashirin) reklamaga yol qoymaslik insofsiz raqobatni muayyan
darajada bartaraf etishga olib keladi. Shuning uchun ham «Reklama
togrisida»gi Qonunda reklamaga oid qonun hujjatlarini buzganlik
uchun javobgarlik belgilab qoyilgan.
Nazorat savollari
1. Raqobat nima?
2. Raqobatni huquqiy tartibga soluvchi qonunlarni sanab båring.
3. Insofli raqobat nima?
4. Råklamaning raqobatdagi orni qanday?
?
196
XI bob.
QIMMATLI QOGOZLAR BOZORINI DAVLAT
TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH
Qimmatli qogozlar tushunchasi. Qimmatli qogozlar turlari.
Qimmatli qogozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish
vositalari.
Qimmatli qogozlar tushunchasi
Xojalik faoliyatida pul bilan bir qatorda qimmatli qogozlar
muomalasi ham muhim orin egallaydi. Qimmatli qogozlarning tabiiy
xususiyatlaridan kelib chiqib ularni qimmatli deb bolmaydi, balki
u egasiga malum bir qimmatliklar (ashyo, pul, moddiy va nomoddiy
huquqlar)ga ega bolishi tasdiqlanganligi uchun ham qimmatlidir.
Qimmatli qogozlar pul kabi muomalada hamda tolovda qulay
vositadir. Ayniqsa, u oz funksiyasi bilan sugurta polisi, qarzdorlikni
tasdiqlovchi tilxat, vasiyatnoma kabi muayyan qimmatliklarga ega
bolgan boshqa qogozlardan farqlanadi. Bozor iqtisodiyoti
munosabatlarida va fuqarolik muomalasida qimmatli qogozlar mulkiy
huquqlarning kafolati sifatida namoyon boladi va subyektlarning
oshiqcha pul zaxiralari muomalasini tezlashtirishga yordam beradi.
Mulk shakllari evolutsiyasi va kreditning rivojlanishi jamiyat
ishlab chiqarishi tizimida qimmatli qogozlarning keng qollanilishiga
sabab bolib, qimmatli qogozlar ishlab chiqarishga sarmoya qilishning
eng maqbul usuli sifatida bir qator ijobiy xususiyatga ega.
Qimmatli qogozlar mulkiy huquqlarning belgilangan shakl
va majburiy rekvizitlariga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar
hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni
amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin boladi
(Fuqarolik kodeksi 96-moddasi). Bunda tegishli huquqlarni amalga
oshirish uchun qoida boyicha qimmatli qogozni taqdim etish lozim
boladi. Rivojlangan xojalik muomalasida qimmatli qogozlarning
keng tarqalganligi, ularning belgilangan qiymatga ega ekanligi uchun
pullar bilan eng maqul muomala va tolov vositasi ekanligi, kredit
197
vositasi rolining bajarilishi mumkinligi hamda turli manfaatlarga
nisbatan huquqlarni otkaza olishi bilan belgilanadi.
1
«Qimmatli qogozlar va fond birjasi togrisida»gi Qonunning
1-moddasiga muvofiq, qimmatli qogozlar ular chiqargan shaxs
bilan ularning egasi ortasidagi mulkiy huquqlarni yoki zayom
munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foizlar korinishidagi
daromad tolashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan
huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatlarini nazarda tutuvchi
pul hujjatlaridir.
Qimmatli qogozlar blankalar, sertifikatlar shaklida yoki
schotlardagi yozuv shaklida bolishi va hisob-kitob qilishda, shu-
ningdek, kredit boyicha garov sifatida foydalanishi mumkin. Qim-
matli qogozlar yuridik va jismoniy shaxslar ortasidagi ixtiyoriylik
asosida tarqatiladi. Qimmatli qogozlar bu qonunda belgilangan
tartibda chiqarilgan va nominal
2
qiymatga ega bolgan pullik huj-
jatdir. Ular mulkchilik munosabatlarini ifodalaydi va qanday mulk
yoki pul miqdoriga egalik qilish huquqini tasdiqlaydi. Qimmatli
qogozlar dividend yoki foizlar korinishida daromad tolashni
hamda mazkur hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa
shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutadi. Boshqacha qilib
aytganda, egalik qilish huquqini tasdiqlovchi, dividend yoki foizlar
korinishidagi daromad olishni kozlovchi, emissiya qiluvchi va sotib
oluvchi ortasidagi ozaro mulkiy munosabatlarni bildiruvchi,
boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi barcha pullik
hujjatlar qimmatli qogozlar, deb yuritiladi.
Eng muhimi, har qanday qimmatli qogoz qonunda belgilangan
shakllarda tuzilgan bolishi va zaruriy rekvizitlarga ega bolishi lozim.
Bundan tashqari, qimmatli qogozlar oz egasi amalga oshirishi
lozim bolgan huquqlar, yani uning yuridik imkoniyatlari (dividend
olish, muayyan pul summasi, ashyolar olish) hamda ularni omma-
viy ravishda haqiqiy ekanligini, yani uni barcha rekvizitlar bilan
chiqarilgan bolsa qarzdor(emitent) uni tan olish majburiyati bilan
ham boshqa qimmatli qogozlardan farqlanadi.
1
Ãðàæäàíñêîå ïðàâî. Ó÷åáíèê. À.Ï.Ñåðãååâà, Þ.Ê.Òîëñòîãî. Ì.:
Ïðîñïåêò. 1998.
2
Pul hujjatlarida korsatilgan boshlangich nominal baho, umuman olganda,
ramziy xarakterga ega bolib, har doim ularning haqiqiy bozor bahosini (qiymatini)
ifodalay oladi.
198
Qimmatli qogozlarning turlari
Qimmatli qogozlar bir necha asoslarga kora alohida turlarga
bolinadi. Bu turlar ichida eng muhimi qogozning shaxslarga
tegishliligi asosida turlarga bolinishi hisoblanadi. Qimmatli
qogozlar huquq subyektlariga tegishli bolishiga qarab, taqdim
etuvchiga tegishli, yozilgan va orderli qimmatli qogozlarga bolinadi.
Basharti, mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bogliq
holda royobga chiqarish uchun qimmatli qogozni taqdim etishning
ozi yetarli bolsa, qimmatli qogozlar taqdim etuvchiga tegishli
hujjatlar, deb hisoblanadi. Òaqdim etuvchiga tegishli qimmatli
qogozlar erkin muomalada bolib, ularni boshqa shaxsga berish,
qimmatli qogozda mujassamlashgan huquqni boshqa kishiga
otkazish, bu qimmatli qogozni unga taqdim qilish bilan tugagan
hisoblanadi. Ularga obligatsiya zayomlari, taqdim etuvchiga deb
nomlangan aksiyalar, konosament
1
, oddiy ombor guvohnomasi,
yani tovar olish guvohnomasi, taqdim etuvchiga tegishli cheklar
kiradi.
Mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bogliq holda
royobga chiqarish uchun emitent (qimmatli qogozni chiqaruvchi)
tomonidan yoki uning topshirigiga binoan qimmatli qogozlar
borasida kasb faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilot tomonidan
egasining nomini qayd etish zarur bolsagina, qimmatli qogozlarda
egasi yozilgan boladi. Egasi yozilgan qimmatli qogozni bir
mulkdordan ikkinchisiga berish paytida hisob-kitobdagi zaruriy
yozuvlar ozgartiriladi. Bunday turdagi qimmatli qogozlar boyicha
qarzdor malumotlar toplashi, qogozda korsatilgan shaxsni aniq-
lashi va boshqa har xil usulda tekshirishi shart. Ularga egasi yozilgan
aksiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit sertifikatlari,
veksellar, qimmatli qogozlar hosilalari kiradi.
Orderli qimmatli qogozlarga ega bolgan shaxslar qimmatli
qogozlar boyicha qarzdor bolganlar daftarida qayd etilgan bolib,
qarz berish, shu qimmatli qogoz sohibiga togri kelib qolgan bolsa,
1
Dengizda yuk tashishda qollaniladigan tovarning kimga tegishliligini
aniqlaydigan hujjat bolib, konosament kimga tegishli bolsa, shu shaxs dengizda
yuk tashuvchida konosamentda korsatilgan yukni olish va tasarruf etish huquqiga
ega boladi. Êîììåíòàðèé ê Ãðàæäàíñêîìó êîäåêñó ÐÔ. ïîä.ðåä. Î.Í.Ñàäèêîâà.
Ì.: Þðèäôîðìöåíòð. 1997. 189- bet.
199
bunday qimmatli qogozlar orderli qimmatli qogozlar hisob-
lanadi. Boshqacha qilib aytganda, orderli qimmatli qogozlarning
asosida qarzdorning qimmatli qogozda korsatilgan shaxsga yoki u
korsatgan shaxsga qarzini tolash majburiyati yotadi. Ularning
quyidagi turlari mavjud: oddiy va yuboriladigan vaksellar, tovar
omborlarining ikki tarafli guvohnomalari, yuk yuborgan va yuk
qabul qilib oluvchi hukmiga binoan chiqarilgan konosamentlar.
AKSIYALAR
Aksiyalar aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga yuridik
yoki jismoniy shaxs muayyan hissa qoshganidan guvohlik beruvchi,
aksiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi
hamda unga dividend olish va qoida tariqasida ushbu jamiyatni
boshqarishda qatnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati
belgilanmagan qimmatli qogozlar.
Aksiyalarning xillari (egasi yozilgan va taqdim etuvchiga deb
nomlangan) va turlari (imtiyozli va oddiy aksiyalar) boyicha farq-
lanadi. Ozbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish togrisida»gi Qonuniga
muvofiq aynan shunday turkumlanadi.
Aksiyada korsatilgan va jamiyat aksiyadorlarining reyestriga
kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsgina egasi yozilgan aksiyaning
sohibi bolmish aksiyador deb etirof etiladi.
Egasi yozilmagan aksiyani saqlovchi shu aksiyaning egasidir.
Egasi yozilmagan aksiyalar jamiyat aksiyalarining reyestriga
«Qimmatli qogozlar
va fond birjasi
togrisida»gi
Qonunning
3-moddasiga
muvofiq qimmatli
qogozlarning turlari
aksiyalar
obligatsiyalar
xazina majburiyatlari
depozit sertifikatlari
veksellar
200
kiritilmagan holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriladi. Oddiy
aksiyalar ovoz beruvchi bolib, ularning egalariga dividendlar olish,
jamiyatning umumiy yigilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok
etish huquqini beradi.
Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek, aksiyadorlik jamiyati
tugatilganda aksiyalarga qoyilgan mablaglarni birinchi navbatda
olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalar hisoblanadi.
Imtiyozli aksiyalar ularning egalariga, korxona foyda korish-
kormasligidan qati nazar, muayyan dividendlar olish huquqini
beradi. Yopiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat egasi
yoziladigan aksiyalar bolishi mumkin, ularni boshqa shaxsga
otkazish tartibi ustavda belgilab qoyiladi.
Yopiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarga aksiyalar orniga
ularning nominal qiymatiga teng summada sertifikatlar berishi
mumkin. Chiqariladigan aksiyalarning xillari, ularni tarqatish va
joylashtirish, ular boyicha dividendlar tolash tartibi aksiyadorlik
jamiyatining ustavida qonun hujjatlariga muvofiq belgilab qoyiladi.
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish togrisida»gi Qonunning 24-moddasiga muvofiq, aksiya-
larning imtiyozli va oddiy kabi turlari mavjudligi belgilangan.
Odatda, aksiyalar nafaqat dividend olish huquqi va jamiyat
tugatilayotganda oziga tegishli mulkni olish, shu bilan birga, aksiya-
dorlar umumiy yigilishida ovoz berish huquqini ham beradi.
Ayrim qonunchilikda va ilmiy adabiyotlarda shuning uchun ham
aksiya ovoz, deb tariflanadi. Oddiy aksiyalarning hammasi bir xil
nominal qiymatga ega, shuningdek, uning egalari bir xil huquqlarga
ham ega. Aksiya qiymatining nominal, emissiya, bozor va balans
qiymatlari kabi turlari mavjud.
1
Aksiyalarning nominal qiymati aksiyada yozilgan pul summasi.
Nominal qiymati korsatilgan holda ham, korsatilmagan holda ham
chiqarilishi mumkin. Bu summa sarmoya ulushini tavsiflasa-da,
aksiyaning jamgarma bozorida harakat qilishi uchun biron-bir jiddiy
ahamiyatga ega emas. Jamiyat mulki yetakchi bolgan mamlakatlarda
(AQSH) aksiyalar nominal qiymat korsatilmay chiqarilishi mumkin.
Uning narxi bozordagi talab va taklif asosida belgilanadi.
1
Êàøàíèíà Ò.Â., Ñóäàðêîâà Å.À. «Àêöèîíåðíîå ïðàâî» ïðàêòè÷åñêèé
êóðñ. Ì.: «Èìôðà Ì Íîðìà», 1997. 94-bet.
201
Aksiyalarning nominal narxi turli mamlakatlarda turlicha.
Masalan, Ozbekistonda 100 som, Germaniyada 50 marka,
Fransiyada 100 frank. Mamlakatimizda chiqarilgan aksiyalarning
nominal qiymatini qonun tomonidan korsatilishi muhim
ahamiyatga ega.
Birinchidan, aksiyaning nominal qiymati uning egasiga ruhiy
jihatdan tasir korsatadi va qolidagi aksiya qandaydir mavhum
majburiyat emas, balki xususiy mulkning guvohnomasi hisob-
lanishini bildiradi. Ikkinchidan, chiqarilgan aksiyalarning nominal
qiymatidan jamiyat ustav sarmoyasi vujudga keladi.
Aksiyalarning emissiya qiymati birlamchi bozorda sotiladigan
aksiyaning birlamchi narxi bolib, u nominal qiymatdan farq qiladi,
bunda aksiya vositachi firma orqali sotiladi. Shuning uchun ham
firma oz vositachilik haqi foizlarini qoyadi.
Aksiyalarning bozor (kurs) qiymati ikkilamchi bozorlarda
aksiyalarning sotilishi natijasida shakllanadi. Aksiya kursi deganda,
uni bozorda sotish va sotib olish qiymati tushuniladi. Aksiyaning
kurs darajasi dividend miqdoriga, bank depozitlaridan keladigan
foiz daromadlariga, kredit(qarz)ga berilgan mablaglardan keladigan
foiz daromadlariga, bozorda erkin muomaladagi aksiyalarga nisbatan
talab va taklif darajasiga bogliq boladi.
Aksiyalarning balans qiymati moliyaviy hisobot hujjatlarida
belgilanuvchi qiymat. Bu, odatda, muayyan birjalarda narx belgi-
lashda aksiyalarni qimmatli qogozlar royxatiga kiritish uchun
auditorlik tekshiruvlarida namoyon boladi.
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi bolib, ularning egalariga
dividend olish jamiyatning umumiy yigilishida va jamiyatni
boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi. Oddiy aksiyalar
aksiyalarning kop tarqalgan turi hisoblanib, ayrim hollarda
jamiyatning barcha aksiyasi oddiy aksiya sifatida chiqarilishi mumkin.
Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek, aksiyadorlik jamiyati
tugatilganda aksiyalarga qoyilgan mablaglarni, birinchi navbatda,
oqish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalar tomo-
nidan emissiya qilinishi mumkin. Imtiyozli aksiyalar ularning ega-
lariga jamiyat foyda korishi yoki kormasligidan qati nazar muay-
yan miqdorda dividend olish huquqini beradi.
Bu kabi huquqlar turli xil huquq tizimlarida turlicha. Masalan,
ayrim garb davlatlarida imtiyozli aksiya egalari ovoz berish huquqiga
202
ega bolishi mumkin. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida imtiyozli
aksiya ovoz berish huquqiga ega emas, unga berilgan imtiyoz dividend
olishdir.
1
Imtiyozli aksiyalar xorijiy mamlakatlarda preferensial aksiyalar
yoki preferensiyalar deb yuritiladi. Bu kabi aksiyalar xususiylash-
tirish jarayoni borayotgan mamlakatlarda kop uchraydi. Xorij
amaliyotida quyidagi imtiyozli aksiyalarning turlari chiqarilganligiga
guvoh bolish mumkin.
Chaqirib olish huquqini beruvchi aksiyalar aksiyadorlardan
nominal narxlardan baland narxlarda qaytarib sotib olish huquqini
beradi.
Kumulativ aksiyalar, odatda, tolanishi lozim bolgan, ammo
elon qilingan dividendlar toplanib boraverishini, lekin oddiy
aksiyalar boyicha tolanadgan dividendlarni tolash haqida elon
chiqquncha, bu tolangan (kumulatsiya qilingan) dividendlarning
tolanishi lozim ekanligini nazarda tutadi.
Retretiv aksiyalar ularning egalariga aksiyalarning qiymatini
emitentga qaytarib berish huquqini beradi. Aksiya qiymatini qaytarish
shartlari, muddatlar bunday aksiyalarni dastlab emissiyalash chogida
belgilab qoyiladi.
Konversiyalanuvchi aksiyalar oz egalariga emitent tomonidan
chiqarilgan boshqa qimmatli qogozlarga (odatda, qoida boyicha oddiy
aksiyalarga yoki obligatsiyalarga) malum muddat oraligida oldindan
belgilangan narxlarda almashtirishi huquqini beradi.
Suzuvchi yoki ozgaruvchan kursli aksiyalar boyicha tolanadigan
dividendlar summasi foiz darajasiga qarab ozgaradi.
Orderli aksiyalar oz egasiga aksiyalarning malum miqdorlarini
sotib olish va shu bilan qadrini oshirish huquqini beradi.
Oddiy va imtiyozli aksiyalarning bir-biridan farqi bor. Oddiy aksiya
Do'stlaringiz bilan baham: |