Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy tadqiqot bosqichi sifatida
F.f.d.,prof. M. A. Qahhorov,
magistrant N. Mirsaidova
Magistrlik dissertatsiyasi magistraturada ta’lim olayotgan magistrantning ya
kunlovchi ishi hisoblanadi. Dissertatsiya ishi magistrantning o’qish davrida
egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy tadqiqot ishlarining
natijasidir.
Biz ushbu maqolada magistrlik dissertatsiyasining ilmiy tadqiqot ishi
sifatidagi o’rni ahamiyatini, uni bajarishga qo’yiladigan metodologik hamda
metodik talablar mohiyatini, magistrlik dissertatsiyasini mustaqil, ilmiy-amaliy
qimmatga molik bo’lgan ish sifatida shakllantirish va rasmiylashtirishning yangi
nizom asosida belgilangan tartib-qoidalari xususida so’z yuritamiz. O’ylaymizki,
ushbu maqolada bildirilgan fikrlarimiz magistrlik dissertatsiyasini bajarish
arafasida turganlar uchun foydadan holi bo’lmaydi.
Magistraturaga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi
118-son qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010-yil, 24-
25-son;
195-modda)
bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining
magistraturasiga qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq amalga
oshiriladi.
Men magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy-tadqiqot bosqichi sifatida 2010-
yildagi hamda 2012-yil 29-oktabrdagi nizomlarda keltirilgan dissertatsiyaga
qo’yilgan talablarni taqqoslash metodi asosida qiyosiy o’rgandim.
2010-yil 18-iyundagi qarorga muvofiq dissertatsiya ishi mavzusi:
-
ishlab-chiqarish;
-
ta’lim;
-
iqtisodiyot;
-
fan-texnika ijtimoiy sohalardagi ilg’or va dolzarb masalalarga bag’ishlanib,
muayyan bir vzifaning ilmiy asoslangan yechimini topishga, tavsiyalar
ishlab chiqishga, statistik ma’lumotlar tahliliga qaratilgan bo’lishi shart.
Kafedra taqdimnomasiga muvofiq dissertatsiya ishi mavzulari va ilmiy
rahbarlar oily o’quv yurti magistratura bo’limi tavsiyasi asosida rektorning
buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
2012-yildagi yangi magistratura to’g’risidagi nizomda shu sohaga kiritilgan
ko’plab yangiliklarni ko’rishimiz mumkin. Ushbu nizomda dissertatsiyaning
tarkibi va mazmuniga qo’yiladigan talablar yuzasidan tushunchalar keng
yoritilgan. Eski nizomda esa barcha ishlarga umumiy qaralganligi uning muhim
nuqsonlaridan biri edi. Masalan, --- “ Magistrlik dissertatsiyasi” deb nomlanuvchi
bo’limda barcha ma’lumotlar chuqur tahlil etilmagan. Xuddi shu bob yangi
nizomga muvofiq kengroq yoritilgan. Shu jumladan:
1.
Dissertatsiyaning tarkibi va uning mazmuniga qo’yiladigan talablar;
2.
Dissertatsiyani tayyorlash va himoya qilishga qo’yiladigan talablar;
3.
Dissertatsiyani dastlabki va rasmiy himoya qilish;
4. Dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbarlarni tayinlash singari
vazifalar alohida-alohida qayd etilgan bo’lib, ularni bajarish muddatlar ham
tegishli ketma-ketlikda bo’lish sharti qo’yilgan. Yangi nizomning eng muhim
yangiliklaridan yana biri shunda ediki, “Dissertatsiyaning tarkibi va uning
mazmuniga qo’yiladigan talablar” bobida dissertatsiyaning tarkibiy qismlariga
alohida to’xtalib o’tilgan. Bular:
- titul varaq;
- ikki tildagi (o’qitish tili va ingliz tilida) dissertatsiyaning qisqacha
annotatsiyasi;
- mundarija;
- kirish;
- asosiy qism;
- xulosa;
- foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
- ilovalar (agar mavjud bo’lsa).
Dissertatsiyaning titul varag’i, annotatsiyasi, mundarijasi va foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxatining namunaviy shakli mazkur nizomning 2-5-ilovalarida
keltirilgan. Mazkur nizomda belgilangan masalalar bo’yicha nizolar qonun
hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Xulosa qilib, shuni aytish kerakki, magistrlik dissertatsiyasini himoya
qilishga tayorlangan magistrantning oldida juda katta va mas’ulyatli vazifa turadi.
Buning uchun magistratura to’g’risidagi yangi nizom, umumiy qoidalar,
magistrlarning tayorgarligiga qo’yiladigan talablar va boshqa umumiy talablarga
magistrlar mukammal yondshishi va undagi boblarni, talablarni chuqurroq bilib
o’rganishlari zarur. Magistrant dissertatsiya ishini o’zi qiziqqan mavzuda olib
borishi zarur. Albatta dissertatsiya mavzusi asosida maqolalar, tezislar ham e’lon
qilib turilishi kerak. Magistrant o’z ustida tinimsiz ishlashi bosh maqsadga
aylanishi kerak.