Expert tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti
Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish
Ekspert tizimlar — bu sun'iy intellektning yorqin va tez rivojlanadigan.
sohalaridan biridir.
ETlar maslahat beradi, tahlil qiladi, sinflarga ajratadi va diagnoz qo'yadi.
Ular odatda mutaxassis tomonidan ekspertiza o'tkazilib, yechiladigan masalalarga
yo'naltirilgandir. Protsedura tahlil ishlatadigan mashina dasturlaridan farq qilib,
ETlar deduktiv fikrlash asosida kichik predmet sohada masalani hal etadi, bu
tizimlar ko'pgina hollarda yaxshi tuzilmagan va aniqlanmagan masalalarning
yechimini topa olish bilan farqlanadi. Ular evristik qoidalar yordamida masalani
aniq bo'lmagan qismlarini mantiqan to'ldirishadi, bu esa kerakli bilimlar yoki vaqt
yetishmasligi bois butunlay tahlil qilib bo'lmaydigan tizimlarga juda ham to'g'ri
keladi.
ETlarning afzal shundaki, ular bilimlarni to'play olish, uzoq vaqt saqlash,
eskilarini yangilay olish kabi xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar ma'lum bir
korxonada ma'lum vaqtgacha mutaxas-sislarsiz, nisbatan mustaqil ishlash
imkoniyatini yaratadi. Bilimlarni to'plash, eng yaxshi va tekshirilgan yechimlarni
qoilab, korxonada ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini
beradi.
Sun'iy intellektning mashina sanoati va iqtisodda qo'llanishi ETlarga
asoslangan. Ular yordamida mahsulot sifatini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek
ish unumi va mutaxassis malakasini oshirish yaxshi natijalar bermoqda.
Mahsulot tizimlari uchta asosiy komponentlardan iborat:
• Bilim bazalari yoki qoidalar to'plami;
• Ishchi xotira;
• Chiqarish mexanizmi.
Bu tizimda biror masala yechilganda: bilimlar bazasida kerakli qoidalar
to'planadi, muayyam masalaga taalluqli to'plangan bilimlar, qoidalar asosiy ishchi
xotirasida ishlanadi va yangi qonun-qoidalar natija sifatida chiqarish mexanizmi
orqali olinadi.
Odatda, logika masalalarini yechishda ikkita usul qo'llaniladi:
birinchi usulda ishchi xotiralardagi boshlang'ich informatsiyani olish, boshqa
yordamchi narsalardan foydalanib, qoidalarni qo'llash ishlari bajariladi. Bu usul
to'g'ri zanjirli fikrlash deyiladi.
Bilimlarga asoslangan tizimlar qo'llanilish sohasini bir nechta asosiy
sinflarga guruhlash mumkin:
Bular tibbiyot diagnostikasi, nazorat qilish va boshqarish, mexanika va
elektr qurilmalar diagnostikasi, o'qitish va hokazo.
Tibbiyot diagnostikasi. Diagnostik tizimlar organizm faoliyati buzilishi va
ularni keltirib chiqarish sabablari orasidagi bog'liqlikni topish uchun xizmat qiladi.
MYCIN tizimi eng ko'p tarqalgan tizim hisoblanadi (u davolanayotgan odam
miningit yoki bakterial infeksiyalar yuqtiril-ganda) diagnostika va kuzatuv olib
borish uchun qo'llaniladi. Uning birinchi g'oyasi 1970-yillar o'rtalarida Stendford
Universi -tetida ishlab chiqilgan edi. Ayni vaqtda bu tizim mutaxassis vrach kabi
diagnoz qo'yish imkoniyatiga ega. U shuningdek, kengay-tirilgan bilimlar bazasiga
ega. Bu esa uni tibbiyot sohasida qo'llash imkoniyatini yaratadi.
Prognozlash. Prognozlash tizimlari ayni vaqtdagi holatga qarab kelib
chiquvchi natija va hodisalarni oldindan aytib berish imkoniyatiga ega. «Uoll-strit
egallash» DASTUR tizimi bozorning konyunktu-rasini tahlil qilib, algoritmlarning
statistik usullari yordamida siz uchun kapital mablag'ingizda yuqori samara bilan
foydalani-shingizni maslahat berishi mumkin. Ular bilimlarga asoslangan
tizimlarga kirmaydi, chunki oddiy dasturlash protsedura va algoritm-lari
qo'llanilgandir. Sizning mablag'ingizni bozor konyunkturasini o'rgangan holda aniq
ko'paytiradigan ETlar hali yaratilmagan bo'lsa-da, ob-havoni oldindan aytib
beruvchi hosildorlik va yo'lovchilarning sonini oldindan aniqlovchi ma'lumot
tizimlari tobora keng qo'llanilmoqda. Hatto shaxsiy Komp’yute
r ga oddiy tizimni
o'rnatib, siz ob-havo ma'lumotini olishingiz mumkin.
Rejalashtirish. Rejalashtirish tizimlari ko'p o'zgaruvchilar ishlatiladigan
masalalarda aniq bir maqsadga erishish uchun qo'llaniladi. Savdo-sotiq sohasida
Damashqning «Informat» firmasi birinchilardan bo'lib, o'zining sotib oluvchilariga
foydalanuvchining talablari va imkoniyatiga mos keluvchi Komp’yuter topish
imkoniyatini 15 minutli konsultatsiya sifatida firma ofisining zaliga o'rnatilgan 13
ta ishlab turuvchi stansiyalar yordamida amalga oshirdilar. Bundan tashqari
«Boeing» kompaniyasi ET larni kosmik stansiyalarni loyihalashtirish, vertolyotlar
ta'miri va samolyot dvigatellarining ishdan chiqish sabablarini topishda
qo'llamoqdalar. DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan X
CON ekspert tizimi
foydalanuvchi talabiga mos kelgan holda VAX tipidagi Komp’yuter tizimlarining
tuzilishini aniqlash yoki o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Shuning-dek, DEC
tomonidan yanada kuchliroq bo'lgan XKEL tizimi ishlab chiqilgan. U XCON
tizimining bilimlar omborini o'z ichiga olgani holda foydalanuvchiga kerakli
tuzilishdagi hisoblash tizimini tanlash imkonini beradi. XKEL XCON dan farq
qilgani holda interaktiv bo'ladi.
Interpretatsiyalash. Interpretatsiyalovchi tizimlar kuzatish natijalari asosida
ma'lum bir xulosani keltirib chiqarish imkoniyatiga egadir. Prokpector tizimi
interpretatsiyalash tipidagi mashhur tizimlardan biri hisoblanib, 9 ta ekspertning
bilimlarini o'zida jamlagandir. Ekspertizaning 9 ta usulini uyg'unlashtirgan tizim
katta qiymatdagi qazilma boyliklarni aniqlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |