Excelni ishga tushirish



Download 0,87 Mb.
bet26/28
Sana14.04.2022
Hajmi0,87 Mb.
#551289
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Excelll

Yig‘ma jadval


Yig‘ma (yakuniy) deb, tahlil qilinadigan jadval ma‘lumotlarining ular orasidagi bog‘liqlik eng yaxshi tarzda aks ettirilishini hisobga olib, tanlangan qismini o‘zlarida saqlovchi yordamchi jadvallarga aytiladi. Yig‘ma jadvallar birinchi marta Microsoft EXCELning beshinchi versiyasida paydo bo‘lgan edi.





52-rasm.

Yig‘ma jadvallarni ishlatish imkoniyatlarini biz "baxtli g'ildirak" avtosalonida avtomobillarning sotilishi haqidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga olgan jadval misolida o‘rganamiz.




Yig‘ma jadval tuzish


Yig‘ma jadvallar jadvalning bir sohasi, butun jadval yoki bir nechta jadval asosida tuziladi. Erkin jadval ma‘lumotlarining tashqi manbalari asosida qurish Microsoft Query dasturi yordamida bajariladi. Yig‘ma jadvalni yangi yig‘ma jadval uchun ma‘lumotlar manbai sifatida ishlatish mumkin.


Eslatma. Ular asosida yig‘ma jadvallar tuzuvchi jadvallar ma‘lumotlar maydonlarini yaratish uchun zarur bo‘lgan qatorlar va ustunlarning sarlavhalarini o‘z ichiga olgan bo‘lishlari kerak.
Yig‘ma jadvallarni tuzish va ularga ishlov berish maxsus usta yordamida amalga oshiriladi. Uni ishga tushirish uchun ma‘lumotlar menyusidagi yig‘ma jadval buyrug‘i mo‘ljallangan. U chaqirtirilganidan so‘ng yig‘ma jadvallar va diagrammalar ustasining darchasi - yig‘ma jadvallar va diagrammalar ustasi 3 dan 1 qadam ochiladi.



53-rasm.

Yig‘ma jadvallar ustasining birinchi muloqot darchasida erkin jadval uchun ma‘lumotlarning manbai ko‘rsatiladi. Sukut saqlash bo‘yicha joylashtirilgan ma‘lumotlar asosida jadval tuzish sohasida ro‘yxatdagi yoki Microsoft EXCEL ma‘lumotlar bazasidagi pereklyuchatel faollashtirilgan. Bizning jadvalimiz EXCEL ish varag‘ida joylashganligi tufayli ko‘rsatmani o‘zgartirmang.


Tuzilayotgan hisobotning turli sohasida, sukut saqlash bo‘yicha yig‘ma jadval pereklyuchateli faollashtirilgan. Uni faollashtirilgan holatida qoldiring. Ikkinchi pereklyuchatel - yig‘ma diagramma (yig‘ma jadval bilan)ni biz keyinroq ko‘rib chiqamiz. Ustaning navbatdagi muloqot darchasiga o‘tish uchun keyin tugmasini bosing.
Yig‘ma jadvallar ustasining ikkinchi darchasida yig‘ma jadvalga ma‘lumotlari kiritiladigan kataklar diapazoni belgilanadi. Agar ustani ishga tushirishdan avval, jadvalning ichida joylashgan kataklar ko‘rsatilsa, unda dastur Diapazon maydoniga jadvalning hammasini manzilini avtomatik ravishda kiritadi. Agar yig‘ma jadval uchun kerak bo‘lgan ma‘lumotlar boshqa kitobda joylashgan bo‘lsa, fayllarni tanlash muloqot darchasiga tushish uchun Kuzatish tugmasini bosish va zarur kitobni yuklash kerak. Asosida yig‘ma jadval tuzulishi kerak bo‘lgan kataklar diapazonini ko‘rsating va keyin tugmasini bosib, ustaning keyingi darchasiga o‘ting.



54-rasm.

Yig‘ma jadvallar ustasining uchinchi muloqot darchasi yig‘ma jadvalning - yangi varag‘ida (yangi varaq pereklyuchateli)ni tanlash uchun xizmat qiladi. Jadvalni ish joriy varag‘ida joylashtirishda uning chap tepa burchagining pozitsiyasini ko‘rsatish zarur. Maket tugmasini chertgandan so‘ng Ekranda yig‘ma jadvallar va diagrammalarni muloqot darchasi - maketi paydo bo‘ladi.





55-rasm.

Ushbu darchaga tuzulayotgan jadvalning tuzilmasi belgilanadi. Bu muloqot darchasining markazida, qatorlar, ustunlar, sahifalar va ma‘lumotlarning sohalari joylashgan. Jadvalning maydonlarini, hamma sarlavhalari (belgilari) sanab o‘tilgan sohalarning o‘ng tomonida aks ettiriladi. Maydonning har bir sohasini istalgan sohaga (yig‘ma jadvalga) ko‘chirish mumkin.


Buni amalda sinab ko‘rish uchun Sotuvchi maydonidagi ma‘lumotni sahifalar maydoni sohasiga ko‘chiring. Shunday tarzda siz har bir sotuvchi haqidagi ma‘lumotni "alohida sahifaga" joylashtirish topshirig‘ini berasiz. Sotuvchilarning ismlari ro‘yxat maydonida joylashadilar. Ekranda qaysidir sotuvchi haqidagi ma‘lumotlarni aks ettirish uchun ro‘yxatdan unig ismini tanlash kerak bo‘ladi.
Ma‘lumotlarning boshqa maydonlarini joylashtirish yig‘ma jadval yordamida hal qilinayotgan vazifalarga bog‘liqdir. Bizni birinchi navbatda aylanma ko‘rsatkichlari qiziqtiradi deb faraz qilaylik. Bunday holda ularni ma‘lumotlar maydonida joylashtirish kerak bo‘ladi. Bunda alohida bo‘lgan bilimlar avtomatik tarzda qo‘shilib birlashtiriladi. Bundan keyin siz yig‘ma jadvalda bajarilayotgan amalni tushinib o‘zgartirishingiz mumkin.
Amaliyotni davom ettirib, sana va marka (rusum) maydonlari (hoshiyalari)ni qatorlar maydonlari sohasiga, chiqarilgan yili hoshiyasini esa ustunlar maydonlari sohasiga joylashtiring. OK tugmasini bosib siz maket tuzishni yakunlaysiz.
Yig‘ma jadval agar uning yoniga yig‘ma diagramma qo‘yilsa, u diagrammaga qaraganda ancha ko‘rgazmali, jozibaliroq ko‘rinadi. Yig‘ma diagrammani tuzish uchun yig‘ma jadvallar va diagrammalar ustasidan foydalanish mumkin. Buning uchun tuzilayotgan hisobotning VID sohasidan: ustaning birinchi muloqot darchasidan yig‘ma diagramma (yig‘ma jadval bilan) pereklyuchatelini tanlash zarur. Yig‘ma jadvallar va diagrammalar ustasi ishining keltirilgan ta'rifi diagrammalar tuzishda ham dolzarbdir. Yig‘ma jadvallar bilan ishlash tugallangandan so‘ng tayyor tugmasini bosish bilan diagrammali varaq va yig‘ma jadvalli varaq paydo bo‘ladi (keyingi betdagi rasmga qarang).
Agar sizda tayyor yig‘ma jadval bo‘lsa, siz u asosida yig‘ma diagramma tuzishingiz mumkin. Buning uchun yig‘ma jadvallar uskunalar panelining yig‘ma jadval menyusidagi yig‘ma diagramma buyrug‘ini faollashtirish kifoyadir. Yig‘ma jadval bilan yig‘ma diagramma o‘rtasida o‘zaro ayni bir xil aloqa mavjud: jadvaldagi ma‘lumotlarni o‘zgartirishi diagrammaning tegishli tarzda o‘zgarishiga olib keladi va aksincha.



Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish