2-rasm. Ish varag‘i
Varaqlarning beshta tipi mavjud. Bu tiplardan: Varaqdan raqamli ma‘lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash uchun; Diagrammadan diagramma tuzish va saqlab qolish uchun foydalaniladi. Ikki tipdagi varaq mikro dasturlashda qo‘llaniladi. Ulardan Makros MS EXCEL 4.0 versiyadagi dasturda EXCEL 4.0 da tuzulgan makroslarini qo‘llash imkonini beradi. Ikkinchi tip mejdun deb nomlangan. Makroslar varag‘i ijrosi milliy sozlanishga bog‘liq bo‘lmagan makros buyruqlarini tuzish uchun xizmat qiladi. EXCEL 5.0 muloqot darchasi varag‘i muloqot darchalarini tuzish uchun mo‘ljallangan.
An’anaviy buxgalterlik grassbux (katta kitobi) da bo‘lganidek, kitobning ish varaqlarini to‘r bilan qatorlar ustunlariga bo‘ling. Har bir ustunga uning sarlavhasi sifatida paydo bo‘ladigan ma‘lum harf mos keladi. Ustunlarning sarlavhalari A dan to IV gacha (Z ustundan keyin AA, AZ ustunidan so‘ng BA keladi va shu tarzda IV gacha davom etadi) bo‘lgan diapazondagi o‘lchamlarga kirishi mumkin. Shunday qilib, jadvaldagi ustunlarning maksimal miqdori 256 tani tashkil qiladi. Har bir ustunga varaq to‘rining chap tarafidan qatorning sarlavhasi sifatida yoziluvchi butun son belgilanadi. Qatorlarning tartib raqamlari 1 dan 65536 gacha o‘zgartirilishi mumkin.
Qatorlar va ustunlarning kesishgan joyida katak joylashgan. Kataklar har qanday ish varag‘ining asosiy qurilish bloklaridir. Har bir katak varaqda faqat o‘ziga xos bo‘lgan nodir o‘rinni egallaydi, unda axborotni aks ettirish va saqlash mumkin va u kataklar manzili yoki ishora deb ataluvchi hamda beshta ma’noga ega bo‘lgan koordinatlarga egadir. Masalan, A ustuni va 1-qatorning kesishuvida joylashgan katak А1 manziliga ega. Ajratilgan katak faol yoki joriy katak deb ataladi. Faol katakning nomi formulalar qatorining chap chetidagi nom hoshiyasiga chiqariladi.
3-rasm.
Uskunalar panellarining ostida formulalar qatori joylashgan, u kataklarning ichidagi ma‘lumotlarni qayta ishlashga (ma‘lumotlarga ishlov berishga) mo‘ljallangan. Bu qator uch qismga bo‘lingan. Qatorning chap qismida topilgan katakning manzili, nomi yoki katakning vazifalari ko‘rsatilgan nom hoshiyasi joylashgan, o‘ng qismida esa tanlangan katakning ichidagi ma‘lumotlar ko‘rsatiladi. Ma‘lumotlarni tahrir qilish, yo katakda, yoki formulalar qatorida amalga oshiriladi. Ma‘lumotlarni tahrir qilish rejimiga o‘tish uchun formulalar qatorida F2 tugmachasini bosish yoki formulalar qatorining o‘ng qismini chertish kerak. Ma‘lumotlarni katakning ichida tahrir qilish rejimini o‘rnatish uchun uni qo‘shaloq qilib chertish zarur. Buning oqibatida katak faol katakka aylanadi va unda kiritish kursori paydo bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, formulalar qatori katakning ichida bo‘lgan ma‘lumotlarni ishlovdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tuzilmalarga ega. X belgisi qo‘yilgan tugma oxirgi harakatni bekor qilish uchun qo‘llaniladi. Bu tugma chertilganidan so‘ng katak ichidagi ma‘lumotlarning so‘nggi o‘zgarishlari bekor qilingan hisoblanadi (bu tugmaning harakati Esc tugmachasining harakatiga o‘xshashdir). V tаvsifli tugma ma‘lumotlarning kiritilishini yoki yacheykaning ichidagi ma‘lumotlarning o‘zgarganini tasdiqlash uchun xizmat qiladi, u Enter tugmachasiga mos keladi. Uchinchi tugma yordamida formulalar kiritiladigan va tahrir qilinadigan formulalar panelini faollashtirish mumkin.
Formulalar qatorining chap qismida faol katakning manzili yoki ajratilgan diapazonning o‘lchami ko‘rsatiladigan nomlar hoshiyasi joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |