Excelni ishga tushirish


Maqsadli katak o‘rnatilsin



Download 0,87 Mb.
bet25/28
Sana14.04.2022
Hajmi0,87 Mb.
#551289
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Excelll

Maqsadli katak o‘rnatilsin maydonga ifodasi optimallashtirish mezoni sifatida ishlatiladigan katakning (maqsadli katakning) manzilini kiriting. Bizning misolimizda bunday katak D11 dir. Unda uskuna joriy yuklangan paytida sarflangan summa xarajatlar (chiqimlar) haqidagi ma‘lumotlar taqdim etilgan. Ushbu katakda borligiga va uning o‘zgartirilgan kataklar bilan bog‘langanligiga ahamiyat bering. Maqsadli katak uchun ifoda bering. Bizning misolda bu 4,5 million so‘mdir. Pereklyuchatelni ifodaga faollashtiring va kiritish maydoniga 4500000 ifodasini kiriting.
Eslatma. Qolgan ikkita pereklyuchatel maqsadli katak uchun minimal yoki maksimal ifodani hisoblab chiqarish kerak bo‘lgan paytlarda ishlatiladi.
Kataklarni o‘zgartira borib maydonda dastur optimal natijalarga erishish uchun qaysi kataklardagi ifodalarni o‘zgartirishi kerakligini ko‘rsating. Ko‘rsatilgan maydonni faollashtiring va ish varag‘idagi B4-C9 kataklarini ajrating (zarurat tug‘ilsa, darchani kiritish maydoni o‘lchamlarigacha minimallashtirish tugmasidan foydalaning).
Eslatma. Taxmin etilsin tugmasi bosilganida EXCEL maqsadli katakda ularga ishora bor bo‘lgan kataklar diapazonini ajratadi.
Endi ikki cheklashni ko‘rsatib o‘tish zarur. Buning uchun yechim izlash muloqot darchasidagi qo‘shilsin tugmasini cherting Natijada Cheklashlarni qo‘shish muloqot darchasi ochiladi.



50-rasm.

Ushbu darcha katagiga ishora maydoniga mazmuni berilgan cheklashni qoniqtirishi kerak bo‘lgan katakning manzilini kiriting. Cheklashlar maydonida cheklash sifatida chiqadigan ifodani yoki shunday ifodali katakni ko‘rsating. Shu ikki maydon orasida katakning ifodasi va cheklash o‘rtasidagi munosabatni belgilovchi operator o‘rnatiladigan maydon joylashgan.


Birinchi cheklashni berish uchun cheklashlarni qo‘shish muloqot darchasining katakka ishora maydonini faollashtiring va C11 katagini ajrating, Cheklash maydoniga esa 35000 ifodasini kiriting. Ishlab chiqarilayotgan tovar birliklarini miqdori 35000dan oshib ketishi mumkin emasligi tufayli <=, operatorini tanlang, cheklashni o‘rnatishni yakunlayotganda qo‘shilsin tugmasini cherting. Cheklashni qo‘shish muloqot darchasi ochiq qoladi va siz mohiyati izlanayotgan o‘zgaruvchan ifodalar (uskunalar birliklari)ning butun sonlar bo‘lishi kerakligida bo‘lgan ikkinchi cheklashni belgilashga o‘tishingiz mumkin.
Buning uchun katakda ishora maydonida C4-C9 kataklariga ishorani joylashtiring va ro‘yxatdan (butun) operatorni tanlang. Cheklashlar maydonida yechim izlash darchasi yopilganidan so’ng, berilgan cheklashlarli qatorlar paydo bo‘ladi.
Endi yechimni izlash jarayoni uchun hamma parametrlar beriladi. O‘zgartirilsin va Chiqarib tashlansin tugmalari yordamida cheklashlarni o‘zgartirish va chiqarib tashlash mumkin. Foydalanuvchi parametrlarni o‘zgartira borib, aynan bir katakning o‘zi uchun optimal ifodani izlashni bir necha marta qaytarib ko‘rishi imkoniga ega bo‘lishi uchun yechimni izlash muloqot darchasidagi yozuvlar ushbu ish daftari bilan ishlashni butun seansi davomida saqlanib turadi. Agar siz yechimni izlovchi muloqot darchasida o‘rnatilgan parametrlarni saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz, kitobni saqlab qoling.
Hisoblash jarayoni boshlanishi uchun bajarilsin tugmasini bosing. Hisoblashlar yakunlanganidan so‘ng parametrlarning hosil qilingan ifodalari jadvalga kiritiladi, ekranda esa yechimni izlash tugallanganligi haqidagi muloqot darchasi paydo bo‘ladi.



51-rasm.

Agar siz jadvalga yangi natijalarni kiritishni istasangiz, iteratsiyalar natijalari ko‘rsatilsin pereklyuchatelini shu darchaga o‘rnating. Natijada, jadval yangilanadi, ammo uning dastlabki ko‘rinishini tiklash imkoniyati saqlanib qoladi, chunki dastlabki ifodalar hisobotda saqlab qolinadi.


Agar siz yechimni izlash jarayoni shuning natijalarini hisobot ko‘rinishida saqlab qolishga qaror qilgan bo‘lsangiz, siz hisobotning tipini tegishli maydondan tanlashingiz mumkin. Hisobot alohida varaqda tuziladi.
Bizning misolimiz hisobot parametrlarning boshlang‘ich va hisoblab chiqilgan ifodalari haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi. Unda, shuningdek, cheklashlar ham sanab o‘tiladi, demak, foydalanuvchi hisobotlar yordamida boshlang‘ich ma‘lumotlarni tiklashi va cheklashlarni yoki optimallashtirish mezonlarini ko‘rsatib izlashni takrorlashi mumkin.
Shunday qilib, ko‘rsatilgan harakatlarni bajarib, biz ushbu korxonada har bir mahsulotdan qancha birlik miqdorda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab oldik.



Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish