Eslatma: Ikki o‘zgaruvchili jadvalda ifodalarni aniqlovchi formula ifodalarning ro‘yxatlari kesishgan joyda (Bizning misolda - 4 katakda) bo‘lishi kerak.
Shuni davom ettirib, F4-J19 katagida diapazonini ajrating va ma‘lumotlar menyusida o‘rin almashtirish jadvali buyrug‘ini faollashtirish xuddi oldingi misoldagidek, foiz stavkalarining ifodalari uchun C8 katagini ajrating. Uning manzilini ifodalarining o‘rni qatorlar bo‘yicha almashtirilsin maydonida ko‘rsating. Ifodalar o‘rni ustunlar bo‘yicha almashtirilsin maydoniga omonatnnig qo‘yilish muddati ko‘rsatiladigan G6 katagining manzilini kiriting.
O‘rin almashtirsh jadvalining muloqot darchasidagi OK tugmasi bosilganidan so‘ng ish varag‘ida o‘rin almashtirish jadvali natijalar bilan paydo bo‘ladi. C5-H19 kataklarinig diapazoni
{=jadval (C6;C8} formulasini o‘z ichiga oladi.
Bu harakatlarni o‘zingiz mustaqil bajarishga harakat qilib ko‘ring.
Bunday formulada ikkita argument ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Birinchi argument unda birinchi parametning qatorida joylashgan ifodalarning o‘rni almashtiriladigan katakka ishoradan iboratdir. Ichida ikkinchi (ustunlardagi) parametrlarning ifodalari o‘rin almashtiriladigan katakning manzili ikkinchi argumentdir.
Yechimni izlash
Yechim izlash ishi murakkab hisoblarni bajarishning kuchli yordamchi vositasidir. U natijaning berilgan ifodasi bo‘yicha optimallashtirishning ko‘rsatilgan mezonlarini qoniqtiruvchi o‘zgaruvchan ko‘plab ifodalarni topish mkonini beradi. Foydalanuvchi shunday rejim o‘rnatishi mumkinki, bu rejimda olingan o‘zgaruvchan topshiriqlar avtomatik ravishda jadvalga kiritib qo‘yiladi. Bundan tashqari, dasturning ish natijalari hisobot shaklida rasmiylashtiriladi.
48-rasm.
Eslatma: Yechim izlash jarayonini ishga tushirishdan avval, boshlang‘ich ma‘lumotlar jadvalining ma‘lumotlari o‘rtasidagi bog‘liklikni aks ettiruvchi formulalarni o‘z ichiga oluvchi jadval shaklida taqdim etilishi kerak.Yechimni izlash jarayoni ishini misollarda ko‘rib chiqaylik. Bir xillikdan qochish uchun savdo sohasidan ishlab chiqarish sohasiga o‘tamiz va ustunlarni yuklash rejasini tuzamiz. Buning uchun rasmda tasvirlangan jadvalni tuzing.
Eslatma: D ustunidagi ifodalar B va C ustunlaridagi tegishli ifodalarni ko‘paytirish yo‘li bilan hosil qilingan. G ustunidagi ifodalar D katagidagi tegishli ifodani 1 farqiga va E katagidagi tegishli ifodaga nisbatidir. F ustunidagi ifodalar G va E ustunlardagi tegishli ifodalarning natijasi (hosilasi)dir.
Endi bizning oldimizda ishlab chiqarish jarayonini belgilangan xarajatlar miqdorini oshirib yuborishga yo‘l qo‘ymay, tashkil etish vazifasi turibdi. Vazifani hal qilishda quyidagi shartlardan kelib chiqamiz:
- Foydalanilayotgan uskunalarda 3500 tovar birligida ortiq bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqarish mumkin;
- umumiy harajatlar 4,5 million so‘mdan oshmasligi lozim;
O‘zgaruvchilar sifatida har xil turdagi tovarlar birliklari miqdorining ifodalaridan foydalanamiz. Biz mahsulotlar birliklarining va har bir turdagi mahsulot birliklarining umumiy miqdorining shunday ifodalarini topishimiz kerakki, bunda korxona 4,5 million so‘m sarflab 3500 birlikdan oshiq bo‘lmagan miqdordagi mahsulot chiqarsin. Buni hal qilish uchun yechim izlash jarayonini ishga tushiring. Bu maqsadda Servis menyusidagi izlash buyrug‘ini faollashtiring. Buning oqibatida darchasi paydo bo‘ladi.
49-rasm.
Agar menyuda bu buyruq bo‘lmasa, unga servis menyusidagi boshqa buyruqni faollashtiring. Taklif qilingan sozlash usullari ro‘yxatidan yechim izlash opsiyasini toping va uni faollashtiring. OK tugmasini cherting va ushbu ustqurma sizning kompyuteringizga o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |