Parametrni tanlash
Jadval ma‘lumotlariga ishlov berishda, ko‘pincha, natijani ma‘lum boshlang‘ich ifodalar asosida bashorat qilish yoki, aksincha, ko‘rsatilgan natijani qo‘lga kiritish imkonini beradigan boshlang‘ich ifodalarning qanday bo‘lishini aniqlashga ehtiyoj tug‘iladi.
Parametrlarni tanlash funksiyalarining qanday ishlashini ko‘rib chiqaylik. Bizga ma‘lum muddatga belgilangan foizga joylashtirilgan (qo‘yiladigan) omonatning miqdori ma‘lum deb faraz qilaylik. Ko‘rsatilgan muddatda omonat summasi necha marta oshishini aniqlash zarur. Shuningdek, davr oxirida (saqlash davri nazarda tutilyapti) to‘lanadigan summani aniqlash lozim. Bundan keyin biz to‘lovlarni aniqlangan (ma‘lum bo‘lgan) summasi (miqdori)dan kelib chiqib omonatning miqdorini chiqarib olamiz.
42-rasm.
Bu jadvalda omonat miqdori (C4), omonat muddati (C6) va foiz stavkasi (C8) ko‘rsatilgan. O‘stirish koeffitsiyenti C10 katakgida quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
=(1+C8) ^C6
Bu formulada 1 ga C8 katakgidagi ifoda qo‘shiladi, natija esa yillar soniga teng ko‘rsatkichi (C6) darajaga ko‘tariladi To‘lovlar summasi C13 katakgida quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: = C10 * C4
Bu yerda oshirish koeffitsienti omonatni joylashtirganlik uchun omonatning miqdoridan kelib chiqib belgilangan summa miqdoriga ko‘paytiriladi. Omonatning miqdori, omonat qo‘yish muddati yoki foiz stavkasi ifodalari o‘zgarganida to‘lovlar summasi ifodasi ham o‘zgaradi. Shu modeldan foydalanib, boshlang‘ich ifodalarning pirovard natijaga qanday ta’sir qilishini bilib belgilab olishingiz mumkin.
To‘lov summalari asosida boshlang‘ich ma‘lumotlarni aniqlash zarurati tug‘ilganida esa vazifani bajarish murakkablashadi. Bu vazifani tajriba yo‘li bilan, boshlang‘ich ifodalarni ko‘zda tutilgan, istalgan natijaga erishilgunicha o‘zgartirib borib hal qilish mumkin. EXCELda bunday vazifalarni hal qilish uchun Parametrlarni tanlash funksiyasi belgilangan.
Keltirilgan misolda to‘lov summasi deyarli 400 mingni tashkil qiladi. 20 yildan so‘ng biz roppa rosa yarim million olishni xohladik deb faraz qilaylik. Bu holda yo omonatning miqdorini ko‘paytirish, yo bankdan o‘zimiz uchun kattaroq, foydaliroq foiz stavkasini "savdolashib" belgilatib olishimiz kerak. Ikkinchi variant darhol tushib qolishi munosabati bilan omonatning miqdorini oshirishga majbur bo‘lamiz.
Eslatma. Parametrlarni tanlash funksiyasi ishlatilganida maqsadli ifodali katak o‘zgartiriladigan ifodali katakka ishorani o‘z ichiga oladi.
Buni amalda ko‘rish uchun:
1. Natija ajratilgan C13 katagini ajrating.
2. Servis menyusidagi Parametrlarni tanlab muloqot darchasini ochish. Ajratilgan katakning manzili katakda o‘rnatilsin maydonida avtomatik ravishda kiritiladi.
3. Ifoda maydonida maqsadli ifoda - 500000 ni ko‘rsating.
Bizning misolimizda faqat omonatning miqdorigina o‘zgaradi, uni saqlash muddati va foiz stavkalari esa o‘zgarmay qoladi.
4. Kiritish kursorini katak ifodasini o‘zgartirib borish maydoniga o‘rnating va C4 katakgini ajrating so‘ng ajratilgan katakning manzili ko‘rsatilgan maydonda aks ettiriladi.
Hamma ko‘rsatmalar bajarib bo‘lingandan so‘ng kerakli ifodani izlash boshlanadi. Hisoblash natijalari quyidagi muloqot darchasida aks etadi.
Shunday qilib EXCEL yordamida bir yillik foiz stavkasi 5 foiz bo‘lganida 20 yildan so‘ng yarim million so‘m olish uchun qo‘yilishi kerak bo‘lgan omonatning miqdorini aniqladik.
43-rasm.
Parametrlarni tаnlаsh natijasi muloqot darchasida OK tugmaсi bоsilgаnidаn so’ng hisoblab chiqarilgan ifodalar jadvaliga kiritiladi.
44-rasm.
Agar kerakli ifodani izlash haddan tashqari uzoq davom etadigan bo‘lsa, uni pauza tugmasi yordamida vaqtincha to‘xtatish mumkin, qadam tugmasi hisoblashning oraliq natijalarini ko‘rib chiqish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |