Excelni ishga tushirish


Filtrlangan qatorlarning nusxalarini



Download 0,87 Mb.
bet20/28
Sana14.04.2022
Hajmi0,87 Mb.
#551289
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
Excelll

Filtrlangan qatorlarning nusxalarini
boshqa qismga ko‘chirish

Filtrlangan qatorlarning nusxalarini ekranga chiqarmasdan ish varag‘ining boshqa qismiga ko‘chirish uchun:


• Ma‘lumotlar - Filtr - kengaytirilgan filtrlar buyrug‘ini tanlash;
• paydo bo‘ladigan darchada natijalar nusxasi boshqa joyga ko‘chirilsin pereklyuchatelini o‘rnatish;
• Natija diapazoniga o‘rnatilsin hoshiyasi (maydoni)da diapazonni ishora orqali ko‘rsatish zarur.
Nusxani faq‘at shu varaq (ishlar bajarilayotgan varaq nazarda tutilyapdi) qa o‘tkazish mumkin.


Hisobotlardan ma‘lumotlarni tahlil qilish uchun
foydalanish

Ro‘yxat zarur bo‘lgan saralash va filtrlashdan o‘tkazilganidan keyin ma‘lumotlar menyusi-dagi yakunlar buyrug‘idan foydalanib turli xildagi yakuniy axborotlarni olish mumkin. Bu buyruq ro‘yxat unsurlarining har bir guruhi uchun oraliq yakunlari qatorini qo‘shadi. Bunda gurux darajasidagi yakunlarni, masalan, o‘rtacha ifodani, standart qo‘yish va hokazolarni hisoblab chiqarish uchun turli xildagi funksiyalarni ishlatish mumkin.



38-rasm.

Bundan tashqari yakunlar buyrug‘i butun ro‘yxat bo‘yicha umumiy yakunlarni chiqaradi. O‘zimizning jadvalimizga murojaat qilamiz. Biz ishga qabul qilingan sana va jins ustunlari bo‘yicha yakunlarni chiqarmoqchimiz deb faraz qilaylik. Buning uchun:


• qabul qilinish sanasi ustunida katakni ajratish;
• ma‘lumotlar menyusidan yakunlar buyrug‘ini tanlash;
• darchani rasmda ko‘rsatilganidek, to‘ldirish tugmasini bosish zarur.
Bu harakatlar bajarib bo‘lingach, jadval rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishni oladi.
Yakunlar buyrug‘ini bekor qilish uchun ma‘lumotlar - yakunlar buyrug‘ini bajarish va paydo bo‘lgan darchadagi hammasi olib tashlansin tugmasini chertish lozim.


Ma‘lumotlarni birlashtirish


Birlashtirish (konsolidatsiyalashtirish) agar jadvalning turli sohalarida joylashgan ma‘lumotlarning yakunlarini chiqarish zarur bo‘lgan hollardagina bajariladi. Yonma-yon joylashgan diapazonlardan ifodalarni birlashtirish funksiyasi yordamida oraliq yakunlarni avtomatik ravishda aniqlash paytidagidek amallar bajariladi.
Kataklarning birlashtirilishi lozim bo‘lgan diapazonlari bitta ish varag‘ida yoki har xil varag‘larda va har xil kitoblarda joylashgan bo‘lishlari mumkin. Shu varaqda yakunlarni o‘z ichiga olgan kataklar diapazonining boshlanishi bo‘lib xizmat qilishi kerak bo‘lgan katakni faollashtirish kerak. Birlashtirish jarayonini o‘rganib borar ekanmiz, biz rasmda keltirilgan kitobning uchta alohida varag‘ida joylashgan uchta jadvaldan olingan ma‘lumotlar bilan ish ko‘ramiz.
Ma‘lumotlarni birlashtirish uchun ma‘lumotlar menyusining Birlashtirish buyrug‘idan foydalaniladi. Ushbu buyruqni faollashtirish, buning oqibatida ekranda shu nomli darcha ochiladi. Unda kataklarni birlashtiradigan diapazonlarning manzilini ko‘rsatish va zarur funksiyasini tanlash lozim.

39-rasm.

Avval funksiya maydonidan ma‘lumotlar birlashtirilayotgan paytda ishlatiladigan funksiyani tanlang, so‘ngra birlashtirilishi kerak bo‘lgan, o‘z ichiga ma‘lumotlarni olgan kataklarning birinchi diapazoni koordinatalarining borish uchun ishora maydoniga o‘ting.


Birlashtirilayotgan diapazonlarning manzillarini klaviaturadan kirgizish mumkin. Ammo ularni ishora maydonida diapazonlarni ajratish yo‘li bilan ko‘rsatish ko‘proq qulaydir.
Birlashtiriluvchi ma‘lumotlari bo‘lgan varaqqa o‘ting va birinchi diapazonni yarating. Kataklarni ajratish vaqtida birlashtirish darchasi varaqning ish sohasini bo‘shata borib kiritish maydoni o‘lchamiga yopiladi. Diapazon ajratilganidan so‘ng qo‘shilsin tugmasini chertish lozim, buning oqibatida ko‘rsatilgan diapazonga ishora diapazonlar ro‘yxati maydonida paydo bo‘ladi.
Ishora maydoniga birlashtirilishi kerak bo‘lgan hamma diapazonlarning manzillarini kiriting. Agar birlashtirilayotgan diapazonlar kitobning har xil varag‘ida bir xilda joylashgan bo‘lsa, unda birinchi diapazon manzili kiritilganidan so‘ng qolgan diapazonlarni ajratish kerak emas. Yangi varaqqa o‘tish va Qo‘shilsin tugmasini bosish kifoya.

40-rasm.

Birlashtirilayotgan kataklar diapazoniga qatorlarning sarlavhalarini ham kiritish lozim. Aks holda jadvalda mo‘ljalni yo‘qotib qo‘yish mumkin.





41-rasm.

Birlashtirilayotgan diapazonlarning hammasini manzillari kiritib bo‘linganidan so‘ng Birlashtirish muloqot darchasidagi nomlar sifatida Foydalanish sohasi (maydoni)da chap ustunnnig ifodasi opsiyasini belgilang. Shunday tarzda siz nomlar bo‘yicha birlashtirish topshirig‘ini berasiz. Bunda qatorlardagi ifodalar bir xil belgilar bilan yakunlantiriladi.


Siz ro‘yxatdan avtomobillari yangi filiallarda sotilmagan firmalarning nomlarini chiqarib tashlashingiz mumkin. Bu ish umumiy natijaga hech qanday ta’sir qilmaydi.
OK tugmasi bosilganidan keyin birlashtirish natijalari joylashishi kerak bo‘lgan ish varag‘ini faollashtirish kerak.
Hosil qilingan jadval ikki ustundan iborat bo‘ladi. Birinchisiga ishlab chiqaruvchi firmalarning nomlari kiritilgan, ikkinchisida firmaning hamma filiallari tomonidan sotilgan avtomabillar soni ko‘rsatiladi.
Boshlang‘ich ifodalar o‘zgargan hollarda birlashtirishni takrorlash kerak. Agar jadvalning (diapazonlarning) boshlang‘ich tuzilmasi o‘zgarmasa, unda ma‘lumotlarni boshlang‘ich ma‘lumotlar bilan birlashtirish yo‘li bilan bu jarayonni doimiy takrorlashdan qochish mumkin. Birlashtirilayotgan va boshlang‘ich ma‘lumotlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun bu harakatni bajarish paytida Birlashtirish muloqot darchasida boshlang‘ich ma‘lumotlarni o‘z ichiga olgan aloqalar o‘rnatish opsiyasini yoqish (ulash) kerak.
Ko‘rsatilgan opsiyanig faollashishi natijasida boshlang‘ich ma‘lumotlar va birlashtirish natijalari o‘rtasida ma‘lumotlarni avtomatik ravishda yaxshilashni ta’minlovchi dinamik aloqa o‘rnatiladi.
Aloqa o‘rnatish bilan kechadigan birlashtirishning fazilati, afzalligi shundaki, bu amal bajarilgan paytda jadvalning tuzilmasini yaratish jarayoni ham sodir bo‘ladi. Birlashtirilgan ifodalar tuzilmaning ikkinchi darajasidagi ma‘lumotlar asosida hisoblab chiqariladi.
Agar boshlang‘ich ma‘lumotlar va birlashtirish natijalari bir ish kitobida joylangan bo‘lsa, yangilanish avtomatik ravishda amalga oshiriladi, agar ular turli kitoblarda bo‘lsa, yangi aloqalar buyrug‘i yordamida bajarishga to‘g‘ri keladi.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish