Funksiya kiritish
Har bir funksiya bir xil tuzilishga ega. Misol uchun, SUM(A1:A4). Bu
funksiyaning nomi SUM (yig’indi). Qavs ichidagi qism (argument) shuni
anglatadiki, biz Excelga qiymat kiritiladigan A1:A4 sohani beramiz. Bu funksiya
A1, A2, A3 va A4 kataklardagi qiymatlarni qo’shadi. Har bir ish uchun qaysi
funksiya va qaysi argumentlarni ishlatishni eslab qolish oson emas. Hayriyatki,
Exceldagi Formula kiritish funksiyasi bu borada sizga yordam beradi.
Funksiya kiritish uchun quyidagi qadamlarni bajaring.
1.
Bir katakni tanlang.
2.
Funksiya Kiritish tugmasini bosing.
“Funksiya Kiritish” muloqot oynasi ko’rinadi.
3. Biror bir funksiyani qidiring yoki mavjud kategoriyalardan biror funksiyani
tanlang. Masalan, “Statistical” kategoriyasidan COUNTIF ni tanlang.
4. OK tugmasini bosing.
‘Function Arguments’ (Funksiya Argumentlari) muloqot oynasi ko’rinadi.
5. Range (Soha) katakchasi ichiga bosing va A1:C2 sohani tanlang.
6. “Criteria” katakchasi ichiga bosing va >5 ni kiriting.
7. OK tugmasini bosing.
Natija. Excel qiymati 5 dan kattaroq bo’lgan kataklar sonini sanaydi.
Eslatma: Funksiya Kiritish imkoniyatidan foydalanish o’rniga, oddiygina
=COUNTIF(A1:C2,”>5″)ni yozing. Qachonki =COUNTIF( ga yetib kelganingizda
A1:C2 ni yozish o’rniga A1:C2 sohani tanlang.
Excelda bir nechta shartlarni tekshirishga to’g’ri kelib qolsa, ЕСЛИ (IF) funksiyasi
ichma-ich bo’lishi mumkin. Testni davom ettirish uchun, yolg’on (FALSE,
ЛОЖЬ) qiymat boshqa bir ЕСЛИ (IF) funksiya bilan almashtiriladi.
Izoh: agar sizda Excel 2016 bo’lsa, osongina (УСЛОВИЯ) IFS funksiyasidan
foydalaning.
1a. Agar A1 katak 1 ga teng bo’lsa, formula “Yomon” degan qiymat qaytaradi.
= IF(A1=1,”Yomon”, IF(A1=2,”Yaxshi”, IF (A1=3,”A’lo”,” Yaroqli Ball Yo’q”)))
yoki
=ЕСЛИ(A1=1,”Yomon”,ЕСЛИ(A1=2,”Yaxshi”,ЕСЛИ(A1=3,”A’lo”,” Yaroqli
Ball Yo’q”)))
1b. Agar A1 katakni qiymati 2 ga teng bo’lsa, formula “Yaxshi” degan qiymat
qaytaradi.
1c. Agar A1 katakni qiymati 3 ga teng bo’lsa, formula “A’lo” degan qiymat
qaytaradi.
1d. Agar A1 katak boshqa qiymatga teng bo’lsa, formula “Yaroqli Ball Yo’q”.
Bu yerda yana boshqa bir misol.
2a. Agar A1 katak 10 dan kichik yoki teng bo’lsa, formula 350 qaytaradi.
=IF(A1<=10,350,IF(A1<=20,700,IF(A1<=30,1400,2000)))
= ЕСЛИ (A1<=10,350, ЕСЛИ (A1<=20,700, ЕСЛИ (A1<=30,1400,2000)))
2b. Agar A1 katak 10 dan katta va 20 dan kichik yoki teng bo’lsa, formula 700
qaytaradi.
2c. Agar A1 katak 20 dan kattaroq va 30 dan kichik yoki teng bo’lsa, formula 1400
qaytaradi.
2d. Agar A1 katak 30 dan kattaroq bo’lsa, formula 2000 qaytaradi.
Izoh: O’zingizning formulangizda chegaralarni biroz o’zgartirish uchun siz “<=”
ning o’rniga “<” belgisini ishlatishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |