1. Microsoft Excel 2007 elektron jadvali va unda ishlash.
E xcel Microsoft Office pakеti tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows opеratsion tizimi boshqaruvida ma'lumotli elеktron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan. Windows opеratsion tizimi yaratilmasdan avval DOS tarkibida SuperCalc, QuatPrio va shunga uxshash elеktron jadvalli dasturlardan foydalanilgan.
8 – rasm. Microsoft Excel 2007 ni ishga tushirish.
Windows muhiti yaratilgandan kеyin, ayniqsa Windows opеratsion tizimi yaratilgandan kеyin ko’pgina foydalanuvchilar Office dasturlarining elеktron jadvalli dasturi Microsoft Excel elеktron jadval (EJ) dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Microsoft Excel elektron jadvali turli xil jadvallar yaratish, ularda hisob-kitob ishlarini amalga oshirish, diagrammalar yaratish, ularning ko`rinishini boshqarish va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Bu dasturni ishga tushirish uchun shu dastur piktogrammasida sichqoncha chap tugmasini ikki marta tez bosish ( tugmasi) , dastur faylini ishga tushirish yoki Пуск bosh menyusidagi Все программы bandidagi Microsoft Office bandidan Microsoft Excel 2007 buyrugini tanlash orqali mumkin (8 – rasm).
Microsoft Excel dasturida tayyorlanadigan hujjat elektron kitoblar deb ataladi va bu elektron kitobda kompyuter xotirasi imkon beradigan darajada ko`p sahifa (list)larni joylashtirish mumkin. Bu listlar ishchi listlar (oddiy listlar – ularda jadvallarni joylashtirish mumkin) hamda diagramma listlari (ularda diagrammalar joylashtiriladi)ga bo`linadi.
Oldingi Excel 2003 dasturlarida ishchi maydoni 65536 ta satr va 256 ta ustundan iborat edi. Excel 2007 dasturida esa satrlar soni 1048576 ta bo`lib, ustunlar soni esa 16384 tadan iborat (A-XFD gacha).
Bu narsa Microsoft Office Excel 2003 ga nisbatan qatorlar soni bo‘yicha 1500% va ustunlar bo‘yicha 6300% ga ortiq degani!!!
Demak, Excel 2007 dasturida jami 17179869184 ta katakcha mavjud ekan. Katakcha – bu ustun va satr kesishgan joydagi birlik bo`lib, har bir katakcha o`zining individual manzili (adresi)ga egadir. Bu nom shu katakchaning ustuni harfi (harflari) hamda uning satr tartib raqamining yonma-yon yozilishidan iboratdir (A1,AB25,FG125). Elektron sahifaning birinchi (yuqori chap burchagidagi) katakchasining manzili A1 bo`lib, uning oxirgi katakchasi (pastki o`ng burchakda)ning manzili mos ravishda XFD1048576 ekanligi tushunarli.
9 - rasm Microsoft Office Excel 2007 dasturining umumiy ko‘rinishi
Excel 2007da tayyorlangan har bir hujjat (ma'lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xlsx kеngaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excelda odatda bunday fayl «Ishchi kitob» (Workbook, книга ) dеb yuritiladi.
Microsoft Excel ning asosiy ish sohasi bu – «Ishchi kitob» bo’lib, u standart qolda 3 ta varaqdan (list) dan iborat bo’ladi. Foydalanuvchi hohishiga ko’ra bu varaqlar sonini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Ish varaqida buxgaltеr (qisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmеtik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi.
Operativ xotirani ishlatish uchun Microsoft Office Excel 2003 1 GB ajratilgan bo‘lsa, endi Office Excel 2007 do 2 GB ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |