Kompozitsion faoliyat
Kompozitsiya boMimi dasturda yetakchi o‘rinni egallaydi va
quyidagi qismlardan tashkil toradi:
a) rangtasvir kompozitsiyasi;
b) dekorativ kompozitsiya;
d) haykaltaroslilik kompozitsiyasi.
a) Rangtasvir kompozitsiyasi mavzu asosida, xotira va tasavvurdan
rasmlar ishlash jarayonida o‘z aksini topadi. Bunda tanlangan mavzuga
ko‘ra, uning elementlari qog‘oz yuzasida bir-biriga bogMiq holda
joylashib, yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi. Mavzuli kompozitsiyalar
îuzishda detallarning o‘rnini almashtirish, qo'shimcha detallar kiritish
orqali kompozitsiya mazmunini boyitish kabilar ham muhim ahamiyat
Icasb etadi. Mazmunni ifodalashda kompozitsiyaning asosiy qonuniyatlariga rioya qilish lozim. Bular kompozitsiyaning bir butunligi,
detallarni, shakllami, ranglami xillashtirish orqali hamma tasviriy
vositalarni bosh g‘oyaga bo'ysundirishdan iborat.
Kompozitsiyada asar yaratishning muayyan qoidasini simmetriya,
nosimmetriya, muvozanat, detallaming oichovi, shakli, rangi kabilarga
rioya qilinadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlaii asosan tevarak-atrofdagi
hayotni aks ettiruvchi mavzularda rasm ishlashga asoslanadi.
O’quvchilar mashg‘ulotning bu turida rasmni naturadan emas, baiki
xayoldan va tasavvurdan ishlaydilar. Xayoldan va tasavvurdan ishlangan
kompozitsiya narsaning o‘ziga qarab rasm ishlashga qaraganda ancha
murakkab bo‘lib, u o‘quvchidan ham, o'qituvchidan ham katta
mas’uliyat talab etadi.
Mavzuli kompozitsiya mashg‘ulotIarida, bolalar rasmda
tasvirlanishi kerak boMgan obyekt bilan tanishtirilishi, undagi ba’zi bir
narsaiaming xomaki chizmalarini ishlashlari lozim bo'ladi.
Odatda o‘qituvchi bolalarga bir yoki bir necha mavzuni tavsiya
etadi. O’quvchilar esa mavzulardan birini tanlab, shu asosda
kompozitsiya ishlaydilar. Mavzu asosida rasm chizishda o‘quvchilar
narsaiaming asliga qarab rasm ishlash, dekorativ rasm ishlash, san’atni
va borliqni idrok etish darslarida olgan bilim va malakalariga
tayanadilar. Mavzu asosida rasm ishlash darslarida bolalarning
fantaziyasi va tasawurlari faollashadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarining asosiy vazifalari
bolalarga narsaiaming shakli, rangi, ularning tuzilishi haqida
tushunchalar berish, eng qiziq mavzu tanlay olish, qog‘ozda rasmni
to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatish kabilardan iboratdir. Bulardan tashqari
perspektivaning elementar qoidalari haqida tushuncha berish (yaqindagi
narsaiaming kattaroq, uzoqdagilaming kichikroq ko‘rinishi), mavzu
asosida rasm chizishda, obraz va narsaiaming o‘zaro munosabatlarini
to‘g‘ri tasvirlashga o‘rgatish ham kompozitsiyaning vazifasiga kiradi.
Tasviriy san’at asarlaridagi kompozitsiyaning prinsipi va qonunlari
bilan o‘quvchilaming mazmunli rasm ishlash usuli o‘rtasida muayyan
umumiylik bor. Shuning uchun tasviriy san’atdagi kompozitsiyaning
hamma qonunlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tiladigan
tasviriy san’at predmetidagi kompozitsiyaga yoppasiga tatbiq etish
mumkin.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi
o‘quvchiIarda ijodiy tafakkur, tasawur va fantaziyani kerakli darajada
rivojlantirishdir.
Kompozitsiya qonuniyatlarini o‘quvchilar ongiga
yetkazishda tasviriy san’at asarlarining reproduksiyalaridan foydalanish
va ularni tahlil qilishning ahamiyati katta.
Mavzu asosida kompozitsiyalar ishlashda bo‘yoqlardan
foydalanish murakkab vazifalardan hisoblanadi. Chunki bunda
ko‘rgazmaIi vosita va metodik usullardan to‘g‘ri foydalanilgan
holdagina rangshunoslikka oid bilim, malaka va ko‘nikmalami
o‘zlashtirishga erishiladi.
Bulardan tashqari rangtasvir kompozitsiyasi
mashg‘ulotlarida bolalami rangli qog‘ozlar bilan ishlashga o‘rgatish
ijodiy ishlaming yanada qiziqarli bo‘lishiga yordam beradi.
b) Dekorativ kompozitsiya turli shakldagi naqshlaming
namunasidan ko‘chirish, mustaqil ijodiy naqsh ishlash hamda dekorativbezak ishlari singarilami qamrab oladi.
U o‘quvchüarga turmushda uchraydigan narsalaming vazifalari,
ulaming shakli, bezak elementlarining o‘zaro bog‘liqligi haqida
tushuncha berishni hamda yuksak mahorat bilan tasvirlangan narsalami
didsiz, pala-partish ishlangan narsalardan farq qila bilishga o^rgatishni,
shuningdek, ulaming badiiy didini tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi.
Dekorativ kompozitsiya darslarida bolalarga har qanday
naqshlaming elementlarini tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardan
olingani haqida tushuncha beriladi. Binobarin, naqsh ishlash mashg'ulotlarida rasm ishlovchi real shaklni o‘zgartirishi, uni soddalashtirishi,
unga yangi detallar qo‘shishi mumkinligi qayd qilinadi.
Boshlang‘ich sinflarda dekorativ tarzda qayta ishlangan tabiiy va
geometrik shakllarga asoslangan yo'lsimon, kvadrat, doira, to‘rtburchak
shakllardagi naqshlar chizdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |