MANTIQIY SAVOLLAR:
1.
Асосий ҳуқуқлар бўйича Европа Иттифоқи Хартияси ва унинг
юридик мақом.
Asosiy huquqlar bo„yicha Yevropa Ittifoqi Xartiya muqaddima, 7 ta bob va 54
moddadan iborat. Xartiyaning muqaddimasi Ittifoq insoniy qadr-qimmat, ozodlik,
tenglik va birodarlik kabi bo„linmas va umumbashariy qadriyatlar asosida qurilganligi
hamda demokratiya va huquqiy davlat tamoyillari asosida tashkil topganligini
taʼkidlaydi. U ijtimoiy, ilmiy va texnologik taraqqiyot va jamiyat rivojlanishi asnosida
inson huquqlari himoyasini yanada kuchaytirish maqsadini belgilaydi.
Yevropa Ittifoqi uchun qabul qilingan konstitutsiyaning ahamiyati nechog„lik
muhim ekanligini biz juda yahshi bilamiz. Yevropa Ittifoqi Аsosiy huquqlar
xartiyasining Konstitutsiya loyihasidan joy oladi. Bu xartiyaning joy olishining o„ziyoq
uning mavqeyini yanada oshiradi. Xartiya endilikda konstitutsiyaviy mavqega ega,
biroq uning taqdiri, ayni paytda, Konstitutsiya taqdiri bilan bog„lab qo„yildi. Yaʼni,
konstitutsiya amalga kirgan paytdan eʼtiboran Xartiya majburiy yuridik kuchga ega
bo„ladi. 2000 yil 7-11 dekabrda bo„lib o„tgan Nis Yevropa kengashida Asosiy Huquqlar
bo„yicha Xartiya tantanali ravishda eʼlon qilindi. Xartiyaning huquqiy maqomi Nis
kengashida ochiq qoldirildi. Uning matni aʼzo davlatlar tomonidan ratifikatsiya
jarayoniga ham topshirilmadi. Endilikda, Xartiya yuridik majburiy kuchga ega
bo„lmog„i uchun taʼsis shartnomalari tizimidan joy olmog„i lozim edi. Shu bois, Nis
shartnomasida “Ittifoq kelajagiga oid” 23- deklaratsiyada maxsus eslatma mavjud
boʼlib, unda integratsiya jarayoniga oid 4 ta masala qatorida “Kyoln Yevropa kengashi
xulosasiga muvofiq Nisda eʼlon qilingan Yevropa Ittifoqining Аsosiy huquqlar xartiyasi
maqomi” masalasi o„z yechimini topishi kerakligi taʼkidlangan edi.
Nis kengashida qabul qilingan Yevropa Ittifoqining Аsosiy huquqlar bo„yicha
xartiyasi Konstitutsiyaning II qismi sifatida Konstitutsiya loyihasi matnidan joy oldi.
Shu tarzda uning yuridik maqomi to„la rasmiylashdi. Xartiyaga konstitutsiyaviy maqom
berilishi, Yevropa Ittifoqi va hamjamiyatlari huquqiy tizimida inson huquqlariga asosiy
eʼtibor berilayotganligini taʼkidlash bilan birga, mazkur tizimning inson huquqlarini
himoya qilishga qaratilgan shartnomaviy zaxirasini to„la shakllantirdi.
Xalqaro huquqda xalqaro tashkilotlarning yuridik maqomi markaziy masalalardan
biridir. Buning asosiy sabablaridan biri, ular xalqaro huquqning ikkilamchi subʼektlari
hisoblansa-da, bugungi xalqaro hayotda davlatlardan kam bo„lmagan ahamiyat kasb etib
bormoqda. Hatto, o„zining aʼzo davlatlariga yoki uchinchi davlatlar yoxud
tashkilotlarga nisbatan turli shakldagi sanktsiyalar qo„llay olish vakolatlarini ham
o„zlashtirib olganlar. Аvvalo, har qanday xalqaro tashkilot xalqaro shartnoma asosida
tashkil topishi kerak.
Xartiya mazmunidan kelib chiqib quyidagilarni xulosa qilish mumkin: Xartiya
Yevropa huquqi, Yevropa Ittifoqi va hamjamiyatlari huquqi, xalqaro inson huquqlari
tizimida biror bir yangilik tug„dirmaydi, yaʼni yangi huquqiy meʼyorlar kashf etmaydi,
balki mavjud huquqlarni maʼlum maʼnoda qayta tasniflaydi, xolos. Shu bilan Yevropa
Ittifoqi va hamjamiyatlari huquqi tizimida vujudga kelgan inson huquqlari katalogini
rasmiylashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: