24-25-semenar mashg’ulot
Mavzu: Ekologiya.Tabiatni muhofaza qilish.
Mashg’ulotning ta’lim maqsadi: Talabalarga ekologiya va tabiatni muhofaza qilish haqidagi ta’limotning vujudga kelishini tushuntirish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Ekologiya va tabiatni muhofaza qilishni tushuntirish orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantirish maqsadi: Talabalarning ekologiya va tabiatni muhofaza qilish haqidagi bilimlarni ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, jadvallar, slaydlarni ekran orqali namoyon qilish.
Mashg’ulotda foydalaniladigan texnologiya:
Lokal darajada Atamalar zanjiri, Baliq skeleti,
Klaster
Xususiy metodik Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi arra
daraja metodi
Mashg’ulotning borishi.
1.Tashkiliy qism.
2.O’tgan mavzuni og’zaki savollar yordamida so’rash va baholash.
3.Yangi mavzuni o’zlashtirishga talabalar diqqatini qaratish.
Yangi mavzuning rejasi:
1.Insonning biosferaga dastlabki ta’siri .
2.Ilmiy- tehnika revolutsiyasi davrida insonning biosferaga ta’siri.
3.Ekologik inqirozning kelib chiqishi.
4.Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha ishlab chiqilgan xalqaro dasturlar va ularning ahamiyati.
5.O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish uchun amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida.
Mavzu mazmuni:Tabiatda har bir organizm turi alohida-alohida holda mavjud emas. Ular doimo bir-biri bilan organik bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ayrim turlarning u yoki bu sabablarga ko‘ra qirilib ketishi o‘z navbatida biogeotsenozga kiruvchi boshqa turlarning o'zaro mutanosibligiga salbiy ta’sir N. I. Vavilov ko'rsatadi. Masalan, birorta o‘simlik turining qirilib ketishi, o‘z navbatida 5—7 ta hasharot va boshqa umurtqasiz hayvonlarning ham yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi.Ilmiy-texnik revolyutsiya davrida insonning tabiatga aralashuvi tobora keskin tus olmoqda. Inson yangi sanoat markazlari bunyod etganda yoki yangi yerlar ochganda, qishloq xo‘jaligi yuritganda, turmushda turli kimyoviy preparatlardan foydalanganda, ular qanday oqibatlarga olib kelishini ko‘pincha oldindan bilmaydi. Sanoatni rivojlantirish, transportning ko‘payishi bilan ularning chiqindilari, o'simlik va hayvonlarning yoppasiga nobud bo‘lishi, biosferadagi muvozanatning buzilishi ro‘y berishi mumkin. Shunga ko‘ra, turli biogeotsenozlarda muvozanat buzilishning sabab-oqibatlarini o'rganish evolyutsiyaning eng muhim muammolaridan biri bo‘lib qoladi. Uni yechmasdan turib biosferadagi jarayonlami samarali ravishda boshqarish mumkin emas.
Hoziigi vaqtda eng xavfli hodisalardan biri tabiatning tobora kambag‘allashib borayotganligidir. Bu ayniqsa, inson faoliyati uchun nihoyatda foydali bo'lgan o‘simlik va hayvon turlarining yildan-yilga kamayib ketayotganligida ko'zga yaqqol tashlanadi. Faqat 0 ‘zbekistonning o‘zida 400 dan ortiq o‘simlik turi va 400 dan ortiq hayvon zoti kamyobligi buning yorqiti dalilidir. Ularning aksariyati bir tomondan, ovlash yoki ko‘plab yig‘ish bilan, ikkinchi tomondan, tabiiy komplekslaming yo‘qolishi hisobiga ro‘y bermoqda. Keyingi vaqtda yangi navlar va zotlarning tarqalishi hisobiga xalq seleksiyasi tomonidan chiqarilgan, mahalliy sharoitga yaxshi moslashgan nav va zotlar kamayib, ba’zan esa tamomila yo‘qolib ketmoqda.Yevropada mahalliy hayvonlarning 175 ta zotidan tasi tamomila yo'qolib ketish arafasida turibdi. Vaholanki, ana shu nav va zotlar mahalliy sharoitga yaxshi moslashgan va noyob genlar to ‘plamiga egadir. 0 ‘simlik va hayvonlar tur, nav, zotlari sonining kamayishi, genetik xilma-xillikning kamayishiga sabab bo‘ladi. Har bir tur, zot va nav mavjudligini saqlash faqat amaliyotda emas, balki organik olam evolyutsiyasi jarayonining normal borishi uchun ham muhim ahamiyatga ega.Hozirgi vaqtda yowoyi va xonakilashtirilgan hayvonlar,madaniy o'simliklar genofondini saqlashning bir necha usullari ishlab chiqilgan. Biogeotsenozlami tabiiy holda saqlashga qaratilgan qo'riqxonalar, botanika bog'Iari, hayvonot bog‘lari tashkil etish, o‘simlik, hayvon hujayralari, to'qimalari, organlarini, tuxum hujayralari, spermatozoidlarini muzlatilgan holda saqlash, ulardan yangi organizmlar yetishtirish shular jumlasiga kiradi. Dunyo hayvonot bog‘larida hozir qushlarning 72 turi va sutemizuvchilarning 162 turi saqlanmoqda. Ularning 179 dan ortiq turi urchitilmoqda. Lekin bu yerda diqqat-e’tiborni faqat ularni saqlashga qaratmoq kerak emas.Chunki inbred yo‘l bilan urchitiladigan organizm avlodlarida naslning hayotchanligi pasayib ketishini hamma bilishi va shu sababli diqqat-e’tiborni tur yoki populatsiyaniig genetik xilma-xilligini saqlashga qaratish kerak. Organik olamning xilma-xilligi, turlar, populatsiya genotipining turli-tumanligi uzoq davom etgan evolyutsiya jarayonining bizga qoldirgan katta in’omi ekanligini unutmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |